Aprel aqsh sug’urta bozorining o’ziga xos xususiyatlari turayev Ulug'bek G'ayrat o'g'li




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana03.12.2023
Hajmi0,59 Mb.
#110180
1   2   3   4   5
Bog'liq
Konferensiya-2022-APREL-1-qism-135-139

137 
2023 APREL 
mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarni 
bajarish maqsadida: 
 
2022-yil 1-iyuldan boshlab sug‘urtaning barcha turlarini (klasslarini) elektron 
shaklda amalga oshirishga ruxsat beriladi. Barcha sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta polislari 
Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi Sug‘urta to‘lovlarini 
kafolatlash jamg‘armasi bilan birgalikda yuritadigan yagona avtomatlashtirilgan axborot 
tizimida ro‘yhatga olinadi; 
 
2023-yil 1-yanvardan boshlab majburiy sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha 
sug‘urta polislarini qog‘oz blankalarda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi. 
2022-yil 1-yanvardan 2025-yil 1-yanvarga qadar hayot sug‘urtasi sohasida faoliyat 
yuritayotgan sug‘urta tashkilotlarining mazkur faoliyati qismi uchun hisoblanadigan foyda 
solig‘i bo‘yicha belgilangan soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi. 
2022-yil 1-yanvardan 2024-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchi tomonidan o‘z 
xodimlari uchun baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urta qilish va tibbiy sug‘urta turlari 
bo‘yicha tuzilgan sug‘urta shartnomalari asosida O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta 
faoliyatini amalga oshirishga litsenziyasi bo‘lgan yuridik shaxslarga yo‘naltiriladigan 
mablag‘lar jismoniy shaxslarning jami daromadi sifatida qaralmaydi. 
Jismoniy shaxslarning uzoq muddatli hayot sug‘urtasi shartnomasi bo‘yicha 
yo‘naltirilgan mablag‘lari hamda ularga to‘langan sug‘urta to‘lovi (sug‘urta tovoni) 
O‘zbekiston Republikasi Soliq kodeksiga asosan soliqqa tortilmasligi belgilandi. 
Sug‘urta to‘lovlarini kafolatlash jamg‘armasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta 
bozorini rivojlantirish agentligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyunga qadar transport vositalari 
egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha yagona axborot tizimi 
negizida barcha sug‘urta polislarini ro‘yhatga oluvchi va ularning aylanmasini nazorat 
qiluvchi yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda – Yagona axborot 
tizimi) joriy etilishini ta’minlaydilar. 
Sug‘urta shartnomalarini Yagona axborot tizimi orqali rasmiylashtirish sug‘urta 
tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi. 
Moliya vazirligi sug‘urta tashkilotlari tomonidan ixtiyoriy pensiya sug‘urtasi hamda 
uzoq muddatli (besh yil va undan ortiq) hayot sug‘urtasi turlari bo‘yicha sug‘urta 
mukofotlari hisobidan shakllangan mablag‘larni investitsiya qilish maqsadida inflyatsiyaga 
bog‘langan davlat qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab 
chiqadi. 
Hayot sug‘urtasi sohasidagi milliy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda 
xalqaro tajribani Respublikada joriy qilish yuzasidan Yaponiyaning The Foundation for The 
Advancement Of Life & Insurance Around The World (FALIA), Oriental Life Insurance 
Cultural Development Center (OLICD) va boshqalar rivojlangan mamlakatlarning xalqaro 
hayot sug‘urtasi jamg‘armalari (uyushmalari) bilan tajriba almashinuvi amaliyoti yo‘lga 
qo‘yiladi. 



Download 0,59 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aprel aqsh sug’urta bozorining o’ziga xos xususiyatlari turayev Ulug'bek G'ayrat o'g'li

Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish