|
Aqsh media talimining kinotalim bilan uygunlashuv masalasi
|
bet | 3/3 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 424,29 Kb. | | #104667 |
Bog'liq AQSH MEDIA TALIMINING KINOTALIM BILAN UYGUNLASHUV MASALASIMassachusets texnologiyalar instituti mashg‘ulot xonalaridan biri. Foto: Sanjar Rustamov / «Gazeta.uz».
Safar davomida Massachusets texnologiyalar instituti hamda uning qoshidagi Raqamli ta’lim texnologiyalari markazida onlayn ta’limni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdik. Qariyb barcha mashg‘ulot xonalari videkameralar bilan ta’minlangan bo‘lib, o‘qituvchi-professorlarning darslari yozib olinadi va internetga joylashtiriladi. Ayrim talabalar kunduz kuni darsga qatnashish imkoniyati bo‘lmasa, kechqurun mashg‘ulotlarni tomosha qilib, kerakli bilimlarni o‘zlashtirishlari mumkin.
Birgina MIT onlayn kurslarida o‘tgan davr mobaynida butun dunyodan 3 million nafarga yaqin kishining ta’lim olib, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallagani ushbu sohaning katta istiqbolga ega ekanini ko‘rsatadi. Internetga ulanish imkoniyatlarining yanada ortishi, aloqa sifati ortib, narxlari arzonlashishi bilan yaqin kelajakda, xususan O‘zbekistonda ham onlayn ta’limga bo‘lgan ehtiyoj ortishini bashorat qilish mumkin. Shu bois milliy onlayn ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, bepul onlayn kurslarni tashkil etish, bilimlarni tekshirish va sertifikatlar berish mexanizmlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyum bilan uchrashuv o‘tkazdi.
“Bugun Amerika Qo‘shma Shtatlari elchisi janob Daniel Rozenblyum bilan uchrashdim. Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvda Mass-media fondi va AQSh elchixonasi hamkorligida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qator loyihalarni muhokama qildik”, deb ma’lum qildi Allamjonov o‘z Telegram-kanalida.
May oyi oxirida Allamjonov “Ozod Yevropa Radiosi / Radio Svobodnaya Yevropa (“Ozodlik radiosi”) mediakorporatsiyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Jyeymi Flay va “Ozodlik”ning o‘zbek xizmati bosh muharriri Pahlavon Sodiq bilan uchrashuv o‘tkazgandi.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilingan va har ikki tomon uchun dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilgan.
|
| |