Arxivlangan fayl-bu faylning ixchamlangan, siqilgan holati




Download 16.53 Kb.
Sana08.11.2022
Hajmi16.53 Kb.
#29460
Bog'liq
Arxivlangan fayl
Ergashev , 7 sinflar-uchun-oylik-testlar, 7-1, 7-1matematika, 7-algebra, paygambarlar tarixi 1 ziyouz com, Emotsional holatlar Qurbonova Iroda(PSIXOLOGIYA), Transport masalasi, 2, Mustaqil ish115, oneID, Loyhalashtirish, Taqdimot (4), Loyhalashtirish kitob

vArxivlangan fayl-bu faylning ixchamlangan, siqilgan holati. Amalda fayllar bilan ishlashda, yahni fayllarni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga ko’chirishda, diskka joylashda, saqlab qo’yishda, elektron pochta orqali axborot yuborishda bunday fayllar bilan ishlash zarurati tug’iladi.

Fayllarni arxivlash - fayllarni arxivlash jarayoni orqali siqilgan, ixchamlangan holatda diskda saqlash demakdir. Arxivlash qattiq disk ishdan chiqishi yoki faylning tasodifan o’chirilishi sodir bo’lgan hollarda joriy faylni qayta tiklash uchun yordam beruvchi vosita sifatida ham qo’llaniladi.

Umuman arxivlash - bu uzoq muddat saqlanuvchi fayllar, kam qo’llaniladigan, eski hujjatlar, har xil materiallar, adabiy va ilmiy maqolalar, rasm va boshqalarni saqlash uchun qo’llaniladi. Arxiv bir qancha qismlardan iborat bo’lishi va unda har bir fayl alohida ko’rinishda saqlanishi mumkin. Bunday arxiv fayllari ko’p tomli deb ataladi. Shunday arxivlardan katta hajmli ma’lumotlarini qismlarga bo’lib disketalarga sig’adigan, qulay ko’rinishga keltirish uchun foydalanish mumkin. Bunda har bir qism fayl ham arxiv fayli deb ataladi.

Arxiv hosil qilish jarayoni arxivlash (arxivatsiya) deyiladi. Siqilgan faylni eski holiga qaytarish arxivlarni ochish (razarxivatsiya) deyiladi. Arxivlashni fayllar guruhi, to’liq fayllar strukturasi bo’yicha yoki papkalar bo’yicha ham qilish mumkin. Arxivlanuvchi fayllarda papkalar ko’p bo’lsa, ularni oldin bitta papkaga yig’ib olish ishni osonlashtiradi. Elektron pochta va Internet muhitida arxivlangan holdagi ma’lumotlarni almashish bir qator qulayliklar yaratadi.

Arxivlash jarayonida ayrim fayllar juda yaxshi ixchamlanishi, bahzi hollarda arxivlash natijasida boshlang’ich fayl 10-20 baravar siqilishi ham mumkin. Masalan, dastur fayllariga nisbatan tekst va rasm fayllari ancha yaxshi ixchamlanadi.

hozirgi kunda har xil arxivatorlar bir-biridan siqish darajasi, tezligi, foydalanishda qulayliklari, imkoniyat darajasi bo’yicha farq qiladi. Foydalanuvchi har xil turdagi arxiv fayllarini kengaydeyiladi.

Arxivlangan fayl arxivda qaysi fayllar borligini bildiruvchi sarlavhaga ega bo’ladi. Arxiv sarlavhasida unda saqlanuvchi har bir fayl uchun quyidagi ma’lumotlar saqlanadi:

  • fayl nomi;


  • fayl saqlanuvchi katalog haqida ma’lumot;


  • faylning oxirgi marta qayta ishlangan sanasi va vaqti;


  • faylning diskdagi va arxivdagi o’lchami;


  • arxivning to’liqligini tekshirishda ishlatiladigan har bir faylning tsiklik tekshirish kodi.



Download 16.53 Kb.




Download 16.53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Arxivlangan fayl-bu faylning ixchamlangan, siqilgan holati

Download 16.53 Kb.