|
Asar nusxasi — asarning har qanday moddiy shaklda tayyorlangan ko‘chirmasi; Asarni omma oldida namoyish etish
|
bet | 1/3 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 19,76 Kb. | | #143410 |
Bog'liq АтамаларДокумент Microsoft Word
Asar nusxasi — asarning har qanday moddiy shaklda tayyorlangan ko‘chirmasi;
Asarni omma oldida namoyish etish — asarning asl nusxasi yoki nusxasini bevosita yoxud plyonka, diapozitiv, televizion kadr yordamida yoki biron-bir boshqa texnika vositalari orqali ekranda ko‘rsatish, shuningdek audiovizual asarning ayrim kadrlarini ularning ketma-ketligiga rioya etmasdan omma uchun ochiq joyda yoki ayni bir oila a’zolari bo‘lmagan shaxslarning keng doirasi hozir bo‘lgan joyda ko‘rsatish;
Asarni oshkor qilish — muallifning roziligi bilan amalga oshirilgan, asarni chop etish, omma oldida namoyish etish, omma oldida ijro etish, efirga uzatish yoki boshqacha usulda yuborish yo‘li bilan ilk bor asardan barchaning voqif bo‘lishi uchun imkon beradigan harakat;
Audiovizual asar — bir-biri bilan bog‘langan (ovoz jo‘rligida yoki ovoz jo‘rligisiz) tasvirlarning yozib olingan turkumidan iborat bo‘lgan, tegishli texnika vositalari yordamida ko‘rib va eshitib (ovoz jo‘rligida bo‘lganida) idrok etish uchun mo‘ljallangan asar, shu jumladan dastlabki yoki keyingi qayd etish usulidan qat’i nazar kinematografiya asarlari va kinematografiyanikiga o‘xshash vositalar bilan ifodalangan barcha asarlar (tele- va videofilmlar, diafilmlar, slaydfilmlar hamda boshqa asarlar);
Audiovizual asarni tayyorlovchi — shunday asarni tayyorlash tashabbusi va mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Barchaning e’tiboriga yetkazish — asarlarni yoki turdosh huquqlar obyektlarini simlar yoki simsiz aloqa vositalari orqali telekommunikatsiya tizimlaridan foydalanuvchilar o‘z tanloviga ko‘ra istalgan joyda va istalgan vaqtda ulardan foydalana olishi mumkin bo‘lgan tarzda barchaning e’tibori uchun yuborish;
Barchaning e’tibori uchun yuborish — asarlarni yoki turdosh huquqlar obyektlarini efirga uzatish, kabel orqali yuborish, shuningdek ularni yuborish joyida vakillari bo‘lmagan omma eshitib va (yoki) ko‘rib idrok etishi uchun, shu tarzda eshitish yoki ko‘rish mumkin bo‘lgan asarlar yoki turdosh huquqlar obyektlari amalda idrok etilishi-etilmasligidan qat’i nazar, har qanday boshqacha usullarda yetkazish (nusxalarni tarqatish bundan mustasno);
Yozuv — ovozlar va (yoki) tasvirlarni qayta-qayta idrok etish, takrorlash yoki yuborish imkonini beradigan biron-bir moddiy shaklda texnika vositalari yordamida qayd etish;
Ijro — asarni (shu jumladan xalq ijodiyoti asarini), fonogrammani, ijroni, sahna asarini o‘yin, ifodali o‘qish, kuylash, raqsga tushish orqali jonli ijro yoki texnika vositalari yordamida takdim etish;
Ijrochi — aktyor, xonanda, sozanda, raqqos yoki rol o‘ynaydigan, kuylaydigan, o‘qiydigan, ifodali o‘qiydigan, raqsga tushadigan, talqin etadigan, musiqa asbobini chaladigan yoxud adabiyot yoki san’at asarini (shu jumladan xalq ijodiyoti asarini) o‘zgacha tarzda ijro etadigan boshqa jismoniy shaxs, shuningdek spektaklning sahnalashtiruvchi rejissori va dirijyor;
|
| |