• 4.7-rasm.Mustaqil qo‘zg‘atishli O‘TD ni ishga tushirish diagrammasi
  • -rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli O‘TD ni o‘tish rejimlaridagi toki va momentini yakor zanjiridagi rezistorlar yordamida chegaralash




    Download 147.64 Kb.
    bet3/5
    Sana24.10.2022
    Hajmi147.64 Kb.
    #27956
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    E.Y.15var
    Avazov Orifjon (Tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish bo’yicha tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari), Документ Microsoft Word, Kasbim faxrim maqola, Bayonnoma, Наука и тд., Teoria polya mp (1), Psixologik xizmat. Nishanova Z.T, Z.S. Yunusjonova psixologik parvarish, Argos savollari, pult-upravleniya-podyomnoj-mashinoj-pu-pm (2), ISH REJA BETLIGI 2023-2024, Ustama papka yuzi, Test kaliti
    4.6-rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli O‘TD ni o‘tish rejimlaridagi toki va momentini yakor zanjiridagi rezistorlar yordamida chegaralash.


    Rtu=[(U+E)/Ij]-Rya=(2U/Ij)-Rya (4.22)

    Dvigatel toki va momentini rostlash uchun, bapzida yakor zanjiriga rostlanuvchi rezistor kiritiladi, bu ikki yoki undan ortiq sunHiy xarakteristikalarni xosil qilish imkonini beradi, tok va momentlarni o‘zgarish chegaralarini toraytiradi va shu bilan birga ularni rostlash aniqligini oshiradi. Bu xollarda rezistor mos sondagi bosqichlarga bo‘linadi va bu bosqichlar tezlashishi yoki sekinlashishi davomida ketma-ket yakor zanjiridan chiqariladi yoki unga ulanadi. Qo‘shimcha rezistor bosqichlarining soni m yakordagi tokni o‘zgarish chegaralari bilan bog‘langan (I1 = Ij va I2)


    m=lg (I2/I1)/lg (I1 Rya/U) (4.23)

    bunda I2 - o‘tish toki.


    Dvigatelni ishga tushirish uchun foydalaniladigan ikki yoki undan ortiq sunHiy xarakteristikalar to‘plami ishga tushirish diagrammasi deyiladi (4.7-rasm). Uni xisoblash va qurishda berilgan ko‘rsatkichlar bo‘lib: ruxsat etilgan tok Ij yoki moment Mj, yuklama toki Is yoki moment Ms; tok (moment)ni o‘zgarish chegaralari yoki sunHiy xarakteristikalar soni m (u ishga tushirish rezistorlarining bosqichlari soniga mos tushadi) xisoblanadi.

    4.7-rasm.Mustaqil qo‘zg‘atishli O‘TD ni ishga tushirish diagrammasi

    Bu diagrammani, Ij, Is va xarakteristikalar soni m=2 ga teng deb berilgandagi qurishning tartibi bilan tanishamiz.



    1. Dvigatelni tabiiy xarakteristikasi 1 quriladi (4.7, a-rasm);

    2. Abssissasi I1=Ij=(2,0 - 2,5)In yoki M=Mj ga mos vertikal chiziq o‘tkaziladi.

    3. a va v nuqtalari orqali koordinatalari (o, 0) va (0, Ij) bo‘lgan sunHiy xarakteristika 3 o‘tkaziladi. Bu xarakteristika yakor zanjiriga ishga tushirish rezistorining ikkala bosqichi Ryak1 , Ryak2 to‘la ulanganiga mos bo‘ladi (4.7, b-rasm).

    4. O‘tish toki I2 quyidagi ifoda orqali topiladi I2=(1,1 - 1,2 ) Ic va bu tokka mos vertikal chiziq o‘tkaziladi.

    5. Bu chiziqni xarakteristika 3 bilan kesishish s nuqtasidan tok I1 ga teng abssissaga ega bo‘lgan vertikal chiziq bilan d nuqtada kesishadigan gorizontal chiziqni o‘tkazamiz.

    6. a va d nuqtalari orqali sunHiy xarakteristika 2 o‘tkaziladi, e nuqta orqali esa -yana bir, tabiiy xarakteristika 1 bilan f nuqtada kesishuvchi gorizontal chiziq o‘tkazamiz.

    7. c, d, e, f nuqtalarning abssissalari I1 va I2 bo‘lgan vertikal chiziqlarga aniq tushirish uchun I2 tokining qiymatini tanlash amalga oshiriladi.

    Dvigatel xarakteristika 3 bo‘ylab ishga tushiriladi. Tezlik 1 ga teng bo‘lganda va tok I2 qiymatigacha kamayganda, K1 kontakt yordamida Ryak1 yakor zanjirdan chiqariladi va dvigatel xarakteristika 2 ga o‘tib, u bo‘yicha tezlashishni davom ettiradi. Tezlik 2 ga teng bo‘lganda esa, K2 kontakti orqali Ryak2 yakor zanjiridan chiqariladi va dvigatel tabiiy xarakteristika 1 bo‘ylab tezlashadi.
    4.7-rasmda ko‘rsatilgan xarakteristikalarni olishni tapminlovchi rezistorlarning qarshiligini xisoblash (4.17) formulasi orqali amalga oshiriladi.

    Download 147.64 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 147.64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli O‘TD ni o‘tish rejimlaridagi toki va momentini yakor zanjiridagi rezistorlar yordamida chegaralash

    Download 147.64 Kb.