Vaqt va o`lchov birliklarini o`rgatish metodikasi




Download 42.63 Kb.
bet6/7
Sana28.10.2022
Hajmi42.63 Kb.
#28399
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Asosiy miqdorlar ustida ishlash metodikasi
5-sinf-informatika-va-at, Excel, Tadqiqotlari
Vaqt va o`lchov birliklarini o`rgatish metodikasi

Insonning butun umri vaqt bilan, qadrlash o‟quvi bilan bog‟liq. Vaqt beto‟xtov o‟tadi,uni to‟xtatish ham, qaytarish ham mumkin emas. SHuning uchun vaqt oraliqlariniqabul qilish, voqealarni davom etishi bo‟yicha taqqoslash ham qiyin. Vaqtni qabulqilishimiz mukammal emas, vaqtning u yoki bu oralig‟ida nima bo‟layotganligigabog‟liq ravishda vaqt dam tez dam sekin o‟tayotgandek bo‟lib tuyuladi. SHuninguchun vaqt o‟rganish qiyin bo‟lgan miqdorlardan biridir. Bolalarda vaqt haqidatasavvurlar uzoq kuzatishlar, turmush tajribalarining jamlanib borishi jarayonida astasekinrivojlanadi. Vaqt haqidagi dastlabki tasavvurlarni bolalar maktabgacha bo‟lgan59davrda oladilar. Tun va kunning, yil fasllarining almashinishi, bolalar hayotidagirejimli momentlarning takrorlanishi vaqt haqidagi tasavvurlarni shakllantiradi.
Voqealarning vaqt bo‟yicha ketma-ketligi ham (nima avval bo‟lgan edi, nima keyin bo‟lgan edi) va xodisalarning davomiyligi haqidagi tushuncha ham bolalar tomonidanqiyin o‟zlashtiriladi. Birinchi sinf o‟quvchilarida vaqt haqidagi tasavvurlarmaktabgacha yoshdagi bolalardagi kabi eng avvalo ularning amaliy faoliyatlaridashakllanadi; kun rejimi, tabiat kalendarining yuritilishi, hikoyalar, ertaklaro‟qiganlarida va kinofilьmla ko‟rganlarida voqealarning ketma-ket kelishini qabulqilinishi, har kuni dafarlarda ish kunining yozib borilishi-bola vaqt o‟zgarishiniko‟rishga, vaqt o‟tishini his qilishga yordam beradi. Dastur 1-sinfda bolalarni haftakunlari va ularnig kelish tatibi bilan tanishtirishni ko‟zda tutadi. SHu bilan birgadastur yildagi oylarning nomlarini va ularni kelish tartibini bilib olishlarini, tanishvaqt oraliqlarini taqqoslashni ya‟ni nima uzoq davom etadi: darsmi yoki tanaffusmi,o‟quv choragimi yoki kanikulmi, yoshi bir xil, yoshi kichik, yoshi har xil kabitushunchalarni o‟rgatishni nazarda tutadi. Bolalarda yig‟ilgan bunday tasavvurlarikkinchi sinfda vaqt o‟lchovlarini o‟rganishga zamin bo‟ladi. Berilgan mavzunio‟rganishga bag‟ishlangan birinchi darsda bolalarda yil, oy, hafta haqidagitasavvurlarni shakllantirishga doir ishlar bajariladi. Yil, oy, hafta bilan tanishtirishdao‟qituvchi tabelь kalendardan foydalanadi. Bolalar tabelь–kalendarь yordamida biryilda o‟n ikki oy borligi, davomiyligi bir xil bo‟lgan oylarning nomini
o‟zlashtiradilar, ajratadilar: aprelь , iyunь, sentyabr, noyabr 30 kundan, qolgan 7 oy
esa 31 kundan, oddiy yilning fevrali 28 kundan, kabisa yili esa 29 kundan iborat. SHubilan birga kalendardan oyning tartib raqamini aniqlash o‟rgatiladi. Masalan yilningbeshinchi oyi qanday ataladi? Iyulь, avgust, oktyabr tartib bo‟yicha nechanchi oylar?
Agar oy va chislo ma‟lum bo‟lsa, haftaning kunini aniqlaydilar va aksinchahaftaning kunlari ma‟lum bo‟lsa, bu kun oyning qaysi chislosiga to‟g‟ri kelishini
aniqlash mumkin?
Bolalarni kalendarь bo‟yicha quyidagi savollarga javob berishga o‟rgatiladi:- Bu yil Mustaqillik bayrami, Navro‟z bayrami, Xotira kunlari haftaningnechanchi kunigan to‟g‟ri keladi?
- YAnvar, mart, may, dekabr yilning nechanchi oylari?
- Yilda ikkinchi, to‟rttinchi, sakkizinchi bo‟lib keluvchi oyning nomi nima?
- Kalendardan biling-chi bahorgi kanikulь necha kun davom etarkin? (bahorgi
kanikulь 21 martdan boshlanib 1 aprelgacha davom etadi.)
Bunday savollarni yana davom ettirish mumkin, yilda oyning kelish tartibinibelgilashda rim raqamlaridan foydalaniladi. Sutka tushunchasi sutkaning bolalargayaqin bo‟lgan qismlari-ertalab, kunduzi, kechqurun, tun (yoki eralabdan kechgacha bo‟lgan kun va tun) orqali ochib beriladi. Bundan tashqari davomiyligining tartibihaqidagi tasavvurga tayaniladi: kecha, bugun, ertaga, ertadan keyin, oldingi kun,indini, o‟tgan kuni.Bolalarga kecha ertalabdan bugun ertalabgacha o‟tgan vaqt oralig‟i sutka debataladi deb tushuntiriladi. Tabelь-kalendardagi chislolar sutkalarni ifodalashinisutkalar kechasi soat 12 da boshlanishi tushuntiriladi: shundan keyin soat va minuttushunchasi o‟rgatiladi. Bolalarning bu vaqt oraliqlari haqidagi aniq tasavvurlariularning amaliy faoliyatlari, kuzatishlari asosida shakllantiriladi. Masalan: 1 soat bitta60dars bilan katta tanaffusning davom etishidir. Bir minutning qancha davom etishinishakllantirish uchun mashqlar kiritiladi. Bu mashqlar yordamida bolalar bir minutdanima qilish mumkinligini bilib oladilar. Masalan bir minutda qancha sanay olasan?Nechta misol echa olasan? O‟rtacha qadam bilan bir minutda necha metr bosishmumkin? Soat va minut bilan tanishtirishga bag‟ishlangan birinchi darsdayoq vaqto‟lchovlari orasidagi munosabatlar aytiladi: bir sutka yigirma to‟rt soatdan, bir soatoltmish minutdan iborat. Bu bosqichda soat bilan tanishtirish asosiy ish bo‟libhisoblanadi. Soatning demonstrasion modeli yordamida o‟qituvchi soatning tuzilishi,ishlashini, hamma soatlar shunday yasalganini, ya‟ni katta strelka bir kichikchiziqchadan ikkinchi kichik chiziqchagacha bir minutda o‟tishini, kichik strelka esabir katta chiziqdan ikkinchi katta chiziqgacha bir soatda o‟tishini aytadi. SHuninguchun katta strelkani minut strelkasi kichik strelkani esa soat strelkasi deyiladi.
SHundan keyin o‟qituvchi bolalarga vaqt hisobi yarim kechadan yoki tushdanboshlanishini aytadi. Bolalar vaqtni soatga qarab aniqlashni o‟rganishlari uchunsiferblatli soat modellaridan foydalanadilar. So‟ngra soat modellaridan foydalanishgadoir mashqlar tavsiya qilinadi: masalan belgilangan vaqtini aytish va o‟qituvchiaytgan vaqtni belgilash taklif qilinadi. So‟ngra vaqtni soat va minutlar bilananiqlashning turli ifodalanishi o‟rgatilinadi: masalan: “9-u 30 minut, soat 9 dan 30minut o‟tdi, 9 yarim”, “soat 4-u 45 minut, 15 ta kam 5, chorakam 5”. SHu bilan birgadastur bolalarni kunduz yoki kechani birdan o‟n ikkigacha bo‟lgan soatlarningaytilishi ham o‟rgatiladi. YA‟ni soat modelida birdan o‟n ikkigacha bo‟lgan sonlarbor. SHuning uchun vaqtni aytishdan oldin hozir ertalab yoki kechqurun, kunduziyoki kechasi ekanligini aniqlab olish lozim. Masalan kunduz soat 4 yoki kechasi soat4. Sutka tungi soat 0 dan boshlanadi. Soat 0 dan kunduz soat 12 gacha sutkaningbirinchi yarmi o‟tadi. Bir soatdan keyin soat 13 (yoki kunduz soat 1) bo‟ladi. Sutkaboshidan 24 soat o‟tgandan keyin soat yana soat 0 ni ko‟rsatadi. 3-sinfda o‟quvchilaro‟zlari uchun yangi vaqt birliklari-sekund va asr bilan tanishadilar. Sekundningdavomiyligi haqida aniq tasavvurlarga ega bo‟lishi uchun bolalarga 1 sekunda 1-2qadam bosish, 1 metr o‟tish mumkinligi, 1 sekund ichida nima qilish mumkinligio‟rgatiladi. Asr tushunchasini kiritish ancha murakkab, chunki bolalar bu ulkan vaqtoralig‟ini fikran qamrab olishlari ancha qiyindir. O‟qituvchining vazifasi vaqtningyilga nisbatan eng katta o‟lchov birligi asrni tushuntirishda shunday misollarnitanlashdan iboratki, ular bolalarga ozgina bo‟lsa ham 100 yilga teng vaqt oralig‟I davomiyligi qancha bo‟lishi haqida tasavvur bersin. Demak, 100 yil vaqt oralig‟I davomiyligi haqida tasavvurni bolalar o‟z yoshlarini, yaqin kishilarning yoshlarini asrbilan taqqoslash asosida oladilar. Asr ko‟rilayotgan vaqt birliklari oarsidagi engyirigidir. “Vaqt o‟lchovlari” mavzusini o‟rganish uchun bir qator darslar ajratiladi.Bu darslarning vazifasi vaqt o‟lchovlari haqidagi bilimlarni kengaytirish va ularnisistemaga solishdan iborat. Bu mavzuni o‟rganish vaqt o‟lchovlari jadvalini tuzish vauni o‟zlashtirishdan boshlanadi:
1 asr = 100 yil 1 sutka = 24 soat
1 yil = 12 oy 1 soat = 60 minut
1 oy = 30 yoki 31 sutka 1 minut = 60 sekund
Fevral oyi 28 yoki 29 sutka.
Oddiy yil 365 sutka, kabisa yili 356 sutka. Bir necha dars vaqt o‟lchovlari
qatnashgan ismli sonlarni qo‟shish va ayirish bilan bolalarni tanishtirishga
bag‟ishlanadi.
4 soat 13 minut-59 minut = 3 soat 14 minut
194
56
253
194 minut = 3 soat 14 minut
1 soat-34 minut = 60 minut-34 minut = 26 minut.
Boshlang‟ich sinflarda vaqt o‟lchovlariga oid masalalar quyidagi mazmundabo‟ladi:
I. Hodisaning boshlanishi va boshlanishi bilan oxiri orasidagi o‟tgan vaqtga ko‟ra
uning oxirini topishga oid masalalar.
II. Hodisaning boshlanishini uning oxiri va boshlanishi bilan oxiri orasidagio‟tgan vaqtga ko‟ra topishga doir masalalar.
III. Berilgan hodisalar orasida o‟tgan vaqtni hisoblashga oid masalalar. Bu o‟zaro
teskari masalalarni bir vaqtga kiritiladi va echishga o‟rgatiladi.
Xulosa
Kurs ishini bajarish jarayonida boshlang’ich sinf matematika darslarida matematik diktantlardan samarali foydalanishning yo’l- yo’riqlari, usullari, qonun-qoidalari bilan tanishib chiqdik.
Natijada, quyidagi xulosalarga keldik:
1. Darslarni yanada qiziqarli, samarali va mazmunli o’tqazish maqsadida interfaol, o’yin metodlaridan foydalanish sezilarli darajada yuksak natijalarga erishishga yordam beradi;
2. O’quvchilarning ijodiy-aqliy qobiliyatlarini yanada rivojlantirishda matematik diktantlardan samarali foydalanishning amaliy chora-tadbirlarini izlash;
3. Maktablarda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish uchun salohiyatli, malakali kadrlar bilan ta’minlash;
4. Maktablarning moddiy texnik bazasini yaxshilash, AKT texnalogiyalari bilan yetarlicha ta’minlash bolalarning savodxonlik darajasini, ijodiy qobilyatlarini sezilarli darajada oshiradi.
Boshlang'ich sinflarning dasturida matematik material bilan uzviy bog'liqlikda turli miqdorlarni ham o'rganish nazarda tutilgan. Miqdorlarsiz tabiatni, borliq olamni o'rganish mumkin emas. Chunki miqdorlarda turli narsalarning, borliq dunyoning xossalari aks etgan. Miqdor tushunchasi narsa yoki hodisaning xossasi bo'lib, bu tushunchalar o'quvchilarning butun o'qishi davrida shakllanadi.
Biz o'quvchilarga uzunlik, jismning massasi (og'irlik), hajmi, vaqt, figuraning yuzi kabi miqdorlar to'g'risida tushuncha berishimiz kerak. Bu tushunchalarni o'rganish arifmetik material bilan qo'shib o'qitiladi.
Masalan: o'lchashni o'rganish, sanashni o'rganish bilan, o'lchov birliklari sanoq sismavzusi bilan, ismli sonlar abstrakt sonlarni nomerlash bilan miqdorlar ustida amallar arifmetik amallar bilan parallel o'qitiladi. Miqdorlarni o'qitish matematikani hayot, sharoit bilan bog'liq holda o'qitib, politexnik bilimlar berish demakdir.
Hisoblash va yasash ishlarini bajarilishini, mehnat tarbiyasini, estetik ta 'lim berishni kuchaytiradi. Ayniqsa miqdorlarni ko'rgazmali, aynan o'zini va laboratoriyalarda tushuntirish imkoni mavjud. Atrof muhitdagi mavjud miqdorlar va ularni o'lchashni amaliyotda ko'radilar, kuzatadilar, haqiqatligiga ishonadilar. Hisoblash ishlarini yakka bajaradilar. Miqdorlarni tushuntirishda figuralar modellar, chizmachilik va o'lchash asboblaridan keng foydalanish kerak.
Kesma uzunligini eng avvalo taqqoalash bilan kesmalarning 'teng', 'katta', 'uzun', 'qisqa', 'kalta' kabi tushunchalarini beramiz. Amaliy ishlar bilan bir-birining ustiga qo'yib taqqoslaydigan uzunliklarni tayoqcha yoki metallar yordamida solishtiradilar. Turli xil o'lchov birliklarini tanlash mumkin.



Download 42.63 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 42.63 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vaqt va o`lchov birliklarini o`rgatish metodikasi

Download 42.63 Kb.