|
Atоmlarning elеktrоn qavatlari
|
bet | 3/6 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 375,7 Kb. | | #155180 |
Bog'liq 4 (1)Magnit kvant soni (me). Biz ko'rdikki, orbital kvant soni ℓ berilgan qavatdagi orbitalar shaklining turli-tumanligini ko'rsatadi. Biroq har bir elektron qavatda bir xil formadagi bir necha orbital bo'lishi mumkin. Lekin, bu orbitalarning shakli (formasi) bir xil bo'lgani, ular fazoda turli xil joylashishi mumkin. Berilgan elektron qavatdagi orbitalarning bu oriyentasiyalarning soni magnit kvant soni bilan aniqlanadi (me). Magnit kvant soni -ℓ, 0, +ℓ qiymatlarni qabul qilishi mumkin. Masalan, agar ℓ=0 (doiraviy orbital) bo'lsa, me=0 dir.
Bu demak, doiraviy orbital bo'lgan paytda uning atomning magnit o'qiga nisbatan oriyentasiyasi (joylashishi) atigi 1tadir degan so'zdir. Bu s qavatcha uchun xarakterlidir, orbitalsi 1ta doiraviy orbitaldan tashkil topgan. ℓ ning qiymati qancha katta bo'lsa,(ya'ni orbital qancha cho'zilgan bo'lsa) me shuncha ko'p qiymatlarni qabul qiladi. ℓ=1 bo'lsa, me =-1,0,+1 ya'ni p qavatcha 3ta elliptik orbitalni o'z ichiga oladi. Bu orbitalar fazoda turlicha joylashgandir. ℓ=2 bo'lsa, me =-2,-1,0,+1,+2 ya'ni d qavatchada 5ta elliptik orbital bo'lib, bu orbitalar fazoda turlicha joylashgan. ℓ=3 bo'lsa, me =-3,-2,-1,0,+1,+2,+3. Demak, (ℓ=3 f qavatchaga to'g'ri keladi) f qavatchada 7 ta elliptik orbital bor bo'lib, bu orbitalar fazoda turli xil joylashgan.
Ko'rinib turibdiki, ℓ ning qiymati oshishi bilan me (ya'ni orbitalar soni) arifmetik progressiya bilan oshayapti 1,3,5,7.. ℓ ning biror qiymatiga muvofiq keladigan bir xil shakldagi orbitalar sonini quyidagicha formuladan aniqlash mumkin.
me=2ℓ+1
Yuqorida biz ko'rib chiqqan 3a kvant sonlar (n, ℓ,me)dan foydalanib electron qavatlardagi orbitalar sonini hisoblab chiqish (ularning formasini ham e'tiborga olgan holda) mumkin.
Shunday hisoblash tablitsada keltiriladi.
2–jadval
Elektron qavat
|
Shu qavatga muvofiq kel-n bosh kvant soni
|
Elektron qavatchalar
|
Elektronlarning
maksimal soni
|
|
Orbital tipi (qavatcha)
|
Orbital kvant son
|
Orbitalar soni
|
Berilgan qavatchada
|
Elektron qavatcha
|
|
|
| |