Auditorlik tekshiruvini rejalashtirish




Download 0.65 Mb.
Sana13.03.2024
Hajmi0.65 Mb.
#170575
Bog'liq
Shokh audit
Iqtisodiyotda modellshtirish oraliq

Auditorlik tekshiruvini rejalashtirish

MURODQOBILOV SHOXRUX


REJA
1.Auditorlik tekshiruvni rejalashtirish .
2.Auditorlik tekshiruvi metodologiyasi rejası.
3.Auditorlik tekshiruvi natijalarini analiz qilish rejası
Rejalashtirish audit o’tkazishning boshlang’ich bosqichi hisoblanib, audit
o’tkazishning kutilayotgan hajmi, jadvallari va muddatlarini ko’rsatgan holda
auditorlik tashkiloti tomonidan auditning umumiy rejasini ishlab chiqishdan,
shuningdek, auditorlik tashkiloti tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektning
moliyaviy hisoboti to’g’risida xolis va asosli fikr shakllantirilishi uchun zfrur bo’lgan
auditorlik rusum-qoidalarini amalga oshirish hajmi, turlari va izchilligini
belgilaydigan auditorlik dasturini ishlab chiqishdan iborat bo’ladi.
Auditni rejalashtirishni auditorlik tashkiloti auditni o’tkazishning umumiy
qoidalariga, shuningdek quyidagi xususiy qoidalarga muvofiq o’tkazishi kerak, ya’ni:
- rejalashtirishning kompleksliligi;
- rejalashtirishning uzluksizligi;
- rejalashtirishning maqbulligi.
Auditni rejalashtirishning kompleksliligi qoidasi birlamchi rejalashtirishdan
boshlab auditning umumiy rejasi va dasturini tuzishga qadar rejalashtirish barcha
bosqichlarining o’zaro bog’langan va uyg’un bo’lishi ta’minlanishini taqozo etadi.
Auditni rejalashtirishning uzluksizligi qoidasi auditorlar guruhiga o’zaro
bog’langan topshiriqlarni belgilash va rejalashtirish bosqichlarini muddatlar hamdaxo’jalik yurituvchi turdosh sub’ektlar (alohida balansga ajratilgan tarkibiy
bo’linmalar, filiallar, vakolatxonalar, shu’ba jamiyatlar) bo’yicha balansda o’z
ifodasini topadi. Audit uzoq vaqt davriga rejalashtirilganda xo’jalik yurituvchi
sub’ektning auditorlik kuzatuvi bir yil davomida amalga oshirilsa, auditorlik
tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliya-xo’jalik faoliyatidagi o’zgarishlarni
va oraliq auditorlik tekshiruvlar natijalarini hisobga olgan holda auditni o’tkazish reja
dasturlariga o’z vaqtida tuzatishlarni kiritishi kerak bo’ladi.
Auditni rejalashtirishning maqbulligi qoidasi shundan iboratki, rejalashtirish
jarayonida auditorlik tashkiloti auditorlik tashkilotining o’zi belgilagan mezonlar
asosida audit umumiy rejasi va dasturining maqbul variantini tanlash imkoniyati
uchun rejalashtirishning variantliligini ta’minlashi kerak.
Auditni rejalashtirish paytida auditorlik tashkiloti quyidagi asosiy bosqichlarni ajratishi kerak:
2. Auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish;
1. Dastlabki rejalashtirish;
3. Audit dasturini tayyorlash va tuzish
Auditni samarali rejalashtirish uchun auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi
sub’ekt rahbariyati bilan auditni o’tkazish bo’yicha asosiy tashkiliy masalalarni
kelishib olishi kerak.
Dastlabki rejalashtirish bosqichida auditor xo’jalik yurituvchic sub’ektning
moliya-xo’jalik faoliyati bilan tanishishi va quyidagilar to’g’risida axborotga ega bo’lishi shart:
- xo’jalik yurituvchi sub’ektning xo’jalik faoliyatiga ta’sir ko’rsatadigan,
umuman, mamlakat (mintaqa)dagi va iqtisodiy vaziyatni va uning tarmoq
xususiyatlarini aks ettiradigan tashqi omillar haqidagi;
- xo’jalik yurituvchi sub’ektning xo’jalik faoliyatiga ta’sir ko’rsatadigan, uning
individual xususiyatlari bilan bog’langan ichki omillar haqidagi.
Shu bilan birgalikda, auditor quyidagilar bilan ham tanishishi kerak:
- xo’jalik yurituvchi sub’ektning tashkiliy-boshqaruv tuzilishi;
- ishlab chiqarish faoliyatining turlari va ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarning ro’yxati;
- kapital tuzilmasi va aktsiyalar kursi;
- mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasining o’ziga xosligi;
- rentabellik darajasi;
- xo’jalik yurituvchi sub’ektning asosiy xaridorlari va mahsulot etkazib
beruvchilar;
- tashkilot ixtiyorida qoladigan foydani taqsimlash tartibi;
- mavjud sho’ba va tobe korxonalar;
- xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan tashkil etilgan nazorat tizimi;
- xodimlarga ish haqi to’lashni shakllantirishning tamoyillari.
Auditor xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy-xo’jalik faoliyatini audit qilishda
muayyan axborotlarni olishi kerak. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt to’g’risida axborot
olish manbalari quyidagilardir:
- korxonaning Nizomi;
- korxona ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risida hujjatlar;
- korxonaning kuzatuv va ijro organlari majlislari, aktsiyadorlar yoki
shunga o’xshash boshqa boshqaruv organlari yig’ilishlarining bayonlari;
- korxonaning hisob yuritish siyosatini tartibga soluvchi hujjatlar va unga kiritilgan o’zgartirishlar;
- buxgalteriya hisoboti;
- statistika hisobotlari;
- korxona faoliyatini rejalashtirish hujjatlari (rejalar, smetalar, loyihalar);
- korxonaning kontraktlari, shartnomalari, bitimlari;
- auditor maslahatchilarining ichki hisobotlari;
- ichki firma yo’riqnomalari;
- soliq tekshiruvlari materiallari;
- sud da’volari materiallari;
- xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishlarini
tartibga soladigan hujjatlar, uning filiallari va shu’ba jamiyatlari ro’yxati;
- xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati va ijrochi xodimlari bilan
suhbatlardan olingan ma’lumotlar;
- xo’jalik yurituvchi sub’ektni, uning asosiy uchastkalari, omborlarini
ko’zdan kechirishda olingan axborot.
Dastlabki rejalashtirish bosqichida auditorlik tashkiloti auditni o’tkazish
imkoniyatini baholaydi. Agar auditorlik tashkiloti auditni o’tkazishni mumkin deb
hisoblasa, u auditni o’tkazish uchun shtatni shakllantirishga o’tadi.
Auditorlar guruhiga kiradigan mutaxassislar tarkibini rejalashtirish paytida
auditorlik tashkiloti quyidagilarni hisobga olishi shart:
- auditning har bir bosqichi: tayyorgarlik, asosiy va yakunlash bosqichi ish
vaqti byudjetini;
- guruh ishining taxmin qilinayotgan muddatlarini;
- guruhning miqdoriy tarkibini;
- guruh a’zolarining mansab darajasini;
-. guruh xodimlarining vorisligini;
- guruh a’zolarining malaka darajasini.
Auditorlik tekshiruvi metodologiyasi rejasini tuzish uchun quyidagi qadamlar taklif etiladi:
1.Kirish qismi: Reja boshlang'ich bo'lib, auditorlik tekshiruvi metodologiyasining maqsadi va umumiy maqsadlarini ta'riflaydi.
2.Metodologik asoslar: Auditorlik tekshiruvi metodologiyasining asosiy prinsiplari va ko'rsatgichlari ta'riflanadi. Bu bo'limda auditorlikning qo'llaniladigan umumiy metodlari va qoidalari ko'rsatiladi.
3.Tekshiruvning bosqichlari: Auditorlik tekshiruvi jarayonining har bir bosqichida qanday ishlar bajarilishi kerakligi, nima qilish lozimligi haqida tushunchalar beriladi. Bu qism jarayonning tuzilishi, maqsadi, va bir-biriga bog'liqligi to'g'risida ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
4.Tekshiruvning muhim turlari va usullari: Bu bo'limda auditorlikning alohida turlari (masalan, moliyaviy, operatsion, rivojlanish, sifatni ta'minlash) va ularning bajarilishi uchun foydalaniladigan usullari (analizlar, testlar, natijalarni ta'qib qilish) tushuntiriladi.
5.Ma'lumotlar to'plami va analiz: Auditorlik tekshiruvi jarayonida kerakli ma'lumotlarni qanday to'plab, ularga qanday kirish, tahlil qilish va ta'lim etish lozimligi to'g'risida ko'rsatmalar qilinadi.
6.Natijalar va takliflar: Tekshiruv natijalariga asosan, auditorlik tekshiruvi metodologiyasining natijalariga qarab takliflar, tavsiyalar va harakatlar belgilanadi.
7.Yakun: Reja yakun qismi, olingan ma'lumotlar, natijalar va metodologiyalar to'g'risidagi qisqacha bir muloqot va keyingi harakatlarni belgilab qo'yadi.
E’tiboringiz uchun raxmat!
Download 0.65 Mb.




Download 0.65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Auditorlik tekshiruvini rejalashtirish

Download 0.65 Mb.