• Layers
  • Autocad dasturida qatlamlar




    Download 23.96 Kb.
    Sana17.04.2023
    Hajmi23.96 Kb.
    #51906
    Bog'liq
    Autocad dasturida qatlamlar (2) (1)
    Inersiya kuchlari. Noinersial sanoq tizimlari, ALLANBOYEVA GULBAHOR, AXBOROT XAVFSIZLIGI TUSHUNCHASI, 17.05, Konveyrli ishlov berish ish tartibini o\'rganish”, Aleksandr Pushkin. Baliqshi ham altin baliq haqqinda ertek (2015), 3. Аномальное магнитное свойтва кремния 2015, ank, шартнома № Бозорова Рушана, Xamrayev Alisher Mehmonxona hisobot, Astranomiya, Sinxron generatorlarni qo‘zg‘atish tizimlari Generator-fayllar.org, Mustaqil ish talablari, 2 Акцияга асосланган тўлов


    AutoCAD dasturida qatlamlar:
    Qatlam tushunchasi*. AutoCAD dasturida muhandislik loyihalarini bajarishning qulay imkoniyatlaridan biri chizmaning har bir jarayonini qatlamlar asosida bajarishdir. Xususan murakkab loyihalarni bosqichlarga bo’lib, har bir bosqichni alohida qatlamga joylashtirish, chizmalarni tuzishda muhandisloyihachini chigallik va chalkashliklardan xoli etadi, loyiha jarayonini esa AutoCAD dasturida ijod maydoniga aylantiradi. AutoCAD dasturida qatlam – bu shaffof chizma muhiti bo’lib, unda ob’ektlar ma’lum bir xususiyatlarga ega bo’ladi va boshqa qatlam muhitiga tegishli bo’lmaydi. AutoCAD dasturida yaratiladigan loyihani ko’rinishi va undagi chizmani o’qish noqulaylik va tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin, lekin AutoCAD dasturi bunday loyihalarni bevosita tahlil eta oladi va har bir qatlamga tegishli ma’lumotlarni kompyuter xotirasida alohida saqlaydi. Layers panelidan Layer Properties Maneger tugmasi orqali qatlam hosil qilish oynasiga o’tiladi. Bu oynada New Layr (Alt + N) – yangi qatlam hosil qilish. Delete Layr (Alt + D) – hosil qilingan qatlamni o’chirish, On ustuni – hosil qilingan qatlamni berkitish, chiziq turi, qalinligi, rangi va boshqa qatlam buyruqlari mavjud.
    Qatlamlar bilan AutoCAD dasturida turli operatsiyalarni bajarish mumkin:

    • AutoCAD dasturida har bir qatlam o’zining personal nomiga ega va ularni biri biridan farqlash mumkin.

    • Har bir qatlamga chiziq rangi, turi va qalinligini o’rnatish mumkin.

    • Har bir qatlamni ko’rinar yoki ko’rinmas holatga keltirish mumkin.

    • Har bir qatlamga chop etish parametrlarini o’rnatish mumkin.

    • Har bir qatlamni qulflab ob’ektlarni tahrirlashdan himoyalash mumkin.

    Ushbu operatsiyalar loyihachiga keng imkoniyatlarni beradi. Ya’ni bir qatlam asosida boshqa bir qatlamni yaratish va loyihalashda xalaqit beradigan yoki qiyinlashtiradigan qatlamni vaqtincha o’chirib qo’yish mumkin.
    Download 23.96 Kb.




    Download 23.96 Kb.