Avtogreyderlar umumiy tuzilishi va asosiy parametrlarini aniqlash Tayanch so‘zlar: «Avtogreyder»




Download 0.76 Mb.
bet1/3
Sana04.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#94072
  1   2   3
Bog'liq
Маъруза (6)
1-амалий иш, atm 2, 001dars

Avtogreyderlar umumiy tuzilishi va asosiy parametrlarini aniqlash


Tayanch so‘zlar: «Avtogreyder», «Parametr».
Reja:


1.Avtogreyderlar, tasnifnomasi, to‘zilishi va vazifasi.
2.Avtogreyderlar asosiy parametrlarini tanlash va hisoblash.
3.Avtogreyderlarning ishlash texnologiyasi.
Avtogreyderlar gruntni teqislaydigan va unga shakl beradigan o‘zi yurar mashina bulib, ularning ish jixozi pnevmogildirakli yuritish uskunasining ketingi va old ko‘priklari orasiga joylashgan, to‘la aylanuvchan pichoqli ag‘dargichdan iborat.
Avtogreyderlar konstro‘qtiv massasiga ko‘ra engil (9 t gacha), o‘rtacha(13 t gacha) va ogir (19 t gacha) avtogreyderlarga, ABV gildirak formulasiga asosan aniqlanadigan gildirak sxemasiga ko‘ra turlarga bo‘linadi (bu erda A – etaklanuvchi yoki boshqaruvchi gildirakli o‘qlar soni, B – etaklovchi gildirakli o‘qlar soni va V – umumiy o‘qlar soni).
Xozirgi avtogreyderlarning barcha yig‘ish birliklari va agregatlari (5.1- rasm), shu jumladan dvigatel 8, gidrouskunalar transmissiyasi bilan birgalikda xaydovchining kabinasi 7 va avtogreyderning asosiy hamda almashadigan ish uskunalari asosiy rama 4 ga maxkamlangan, rama esa o‘z navbatida bir tomoni bilan boshqaruvchi gildiraklarga ega bo‘lgan oldingi ko‘prik 18 ga, ikkinchi tomoni esa juft gildiraklarning buylama-muvozanatli osmasiga ega bo‘lgan orqadagi turt gildirakli ko‘prik 10 ga kotiriladi.

5.1- rasm. Avtogreyderni umumiy ko‘rinishi.
Avtogreyderlar turli qiyaliklarda ishlaganda xarakat ustivorligini oshirish va burilish radiusini kamaytirish maqsadida oldingi gildiraklarini xar ikkala tomonga yonboshlatib o‘rnatish mumkin. Avtogreyderlarning asosiy ish uskunasi tortish ramasi 16, burilish doirasi 15 va almashadigan ikki tigli pichoqlarga ega ag‘dargich 14 dan iborat. Tortish ramasining old qismi mashina ramasi bilan sharnirli birlashgan, orqa qismi esa gidrotsilindrlar 5 ga osib qo‘yilgan, ular yordamida ag‘dargich ag‘dargich transport (ko‘tarilgan) va ish holatiga (tushirilgan) keltiriladi. Ular asosiy ish jixozlaridan tashqari kushimcha almashadigan usksnalar bilan ham ta’minlanadi chunonchi, gruntni surish va tekislash uchun ag‘dargichni o‘zaytirgich va kengaytirgichlar bilan, tuproq uyumi yoki cho‘qurliklarning nishablarini tekislash va zovurlarni tozalash uchun otkosniklar (ag‘dargichga kotiriladi) bilan, yo‘l koplamlarini bo‘zish va qattiq gruntlarni 250 mm cho‘qurlikkacha yumshatish maqsadida kamrov kengligi 930 … 1400 mm bo‘lgan kirkovshiklar bilan, bularning o‘rniga almashtirib qo‘yish mumkin bo‘lgan buldozer va ikki ag‘dargichli qor tozalagich bilan jixozlanadi va ular mashinaning oldi tomonidan quyilib, gidrotsilindr 2 bilan boshqariladi. Mashinaning gidravlik boshqarish sistemasi ag‘dargichni burish doirasi bilan birga planda 3600 ga burish, ag‘dargichni mashinaning buylama o‘qiga nisbatan xar ikki tomonga chiqarish (300 … 800 mm gacha), ag‘dargichni nishablarni tekislash paytida yon tomonga chiqarish hamda bir yo‘la ag‘dargichni turli ish xolatlariga sozlash imkonini beradi.
Avtogreyderlarning gruntni qirqish va surishdagi ish unumi (m3/soat):
Pe = 60 . F . L . kv /(L/ vur + tqayt)n,
bu erda F – bir utishda xosil bo‘ladigan grunt qirqimi qismining yuzi;
o‘rtacha avtogreyderlar uchun F = 0,5 … 0,09 m3; ogir avtogreyderlar uchun F = 0,07 … 0,12 m3; L – ishlash uzunligi, m; vur – avtogreyderning utishlari soni; tqayt – o‘rtacha burilish vaqti.
Avtogreyder yurish gildiraklarining osmasi ish rejimlarida ish organi erni sifatli tekislash uchun bikr bo‘lishi lozim. Ketingi o‘qlarda gildiraklar osmasi buylama balansirlarda bulib, bu mashinani noteqis yo‘lda xarakatlanayotganda uning ramasiga tushadigan dinamik nagro‘zkalarni bartaraf etish va gildiraklarning grunt tishlashishini yaxshilash uchun zarur.
A vtogreyderlar ketingi gildiraklari yoki barcha gildiraklari etakchi qilib ishlab chikariladi. Fakat ketingi gildiraklari etakchi bo‘lgan avtogreyderlar to‘zilishi sodda, ularni tayyorlash oson va ishlatishga kulaydir. Ular ish unumi jixatidan, shuningdeq, barcha gildiraklari etakchi bo‘lgan avtogreyderlardan kolishmaydi.

5.2- rasm. Qor kurashda qo‘llaniladigan Avtogreyder ishchi jixozi


Barcha gildiraklari etakchi bo‘lgan avtogreyderlarning asosiy afzalligi shundaki, ular utish qiyin yo‘l uchastkalaridan yura oladi. Ularning yurish qismi gruntga mashina massasini o‘zi orqali o‘zatuvchi oltita gildirakli oldingi va ketingi ko‘priklardan to‘zilgan. Etakchi gildiraklar er ishlarini bajarish, shuningdeq, avtogreyderlarning yuk ortib xarakatlanishida tortish kuchini xosil kiladi. Ketingi turtta gildirak boshqarilmaydi, oldingi ikkita gildirak boshqariladi. Aylanma xarakat va burovchi moment bosh o‘zatma redo‘qtorlaridan balansirning etakchi shesternyasiga o‘zatuvchi yarim o‘qlar eguvchi momentdan yarim ozod yoki butunlay ozod qilib ishlanadi.
Xarakatlanuvchi aravachalar gildiraklarga aylanma xarakat va burovchi momentni o‘zatish sxemasi ba’zi elementlarining tayyorlanishi jixatidangina farq kiladi.
Otvalni ko‘tarish, tushurish va chetga chiqarish mexanizmi otvalni ish yoki transport holatiga o‘rnatish, shuningdeq, qirqish chuqurligini o‘zgartirishga xizmat kiladi. U otvalni vertikal bo‘yicha zarur xolatga o‘rnatish uchun ikkita va otvalni chetga chiqarish uchun bitta gidrotsilindrdan iborat. Gidrotsilindlar qorpusi richag va asosiy rama kronshteyniga maxkamlangan. Silindr shtoklari tortish ramasi bilan sharaviy sapfalar vositasida ulangan. Tortish ramasi asosiy ramaga xajmdor sharaviy tayanch bilan maxkamlangan.
Ish organlari gidravlik boshqariladigan engil va o‘rtacha avtogreyderlarda otvalni zarur xolatga o‘rnatish gidroyuritma bilan va qisman kulda bajariladi.
Avtogreyderning kushimcha ish organlari: kirkovshchik (yumshatgich) va buldozerdir.
Kirkovshchikdan zichlanib qolgan gruntni yumshatish va shagal-chakik toshdan iborat koplamalarni remont qilishda, ularni bushatib chikishda foydalaniladi.
O‘rtacha va ogir avtogreyderlarda kirkovshchik o‘rniga buldozer o‘rnatish mumkin. Buldozer kirkovshchikni ko‘tarish va tushurish mexanizmi yordamida boshqariladi. Engil avtogreyderlarda buldozer otvali osmasi buldozer otvali bilan birga asosiy ramaning oldingi qismiga sharnirli osilgan mayatnik yoki parallelogramm shaklidagi konstruksiyalarni xrsil qiluvchi zvenolardan yasaladi.
Qirqish burchagini o‘zgartirish uchun quyidagi ishlarni bajarish kerak:
otval pichoqda turish uchun u erga tushurilishi lozim;
chikish tishlari seqtorlar tishlaridan ajraladigan qilib tishli muftadagi gaykani bo‘shatish kerak;
otvalni er ustida qirqish burchagiga mos keladigan balandlikka ko‘tarish kerak.
Otvalni qiyaliklarga ishlashga moslab o‘rnatish.
Otvalni ko‘tarish gidrotsilindrlari richaglari va qiyalik greyder yurishi bo‘ylab ung tomondan qirqishda chikarma tortish ramasi gidrotsilindrlarining xolatlari:
Qiyalik burchagi 90 bo‘lganda;

  • ung richag vertikalga nisbatan (soat stelkasi xarakati bo‘ylab) 35 burchak ostida urnatiladi;

  • chap richag 180 burchak ostida urnatiladi;

  • tortish ramasini chetga chiqarish gidrotsilindri dastlabki xolatga urnatiladi.

Qiyalik burchaklari 40 va 90gacha bo‘lganda:

  • ung richag taxminan 65 burchak ostida urnatiladi:

  • tortish ramasini chetga chiqarish gidrotsilindri kronshteynning eng cheqka sharaviy barmogiga osiladi.

Qiyalik burchagi 0 dan 40 gacha bo‘lganda otvalning to‘la ish uzunligidan foydalanib bulmaydi.
Otvalni transport holatiga o‘rnatish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:

  • osish sistemasini dastlabki xolatga keltirish;

  • tortish ramasini asosiy ramaga takalguncha ko‘tarish;

  • otvalni shunday burish kerakki, uning uchi bevosita oldingi gildirak oldida joylashsin;

  • tortish ramasini shunday to‘g‘rilash kerakki, pichoqning qirqish kirrasi gorizontal teqislikka parallel bulsin.

Gidravlik boshqariladigan ogir DZ-98 avtogreyderlarda qirqish burchagini o‘zgartirishdan boshqa barcha operatsiyalar kabinadan chikmay bajariladi.
DZ-14 avtogreyder mexanikaviy tuproqli va shagalli yo‘llarni va aerodromlarni kurishda, ogir tuproqli yo‘llarning yonlaridan chikkan tuproqlarni bir joyga tuplashda, maydonchalarni tekislashda va boshqa shunga uxshash ishlarni bajarishda ishlatiladi.
Avtogreyderlarda xar bir ish turi uchun otvalning maksimal ish unumiga erishiladigan optimal vaziyati bor (jadval).
Avtogreyder otvalining tavsiya etiladigan urnatilish burchaklari


Ish turi

Burchaklar, graduslarda


kamrash


qirqish

O‘z uzunligi bo‘yicha otvalning ogishi

Qazishda:
plug bilan yumshatilgan er
kirkovshchik bilan yumshatilgan er
YUmshatilmagan, engil tuproqli er
Gruntni surish bilan birga uni tekislashda:
ogir tuproqli er
engil tuproqli er
Ayrim ishlarda:
tekislash
shibbalash bilan birga tekislashqiyaliklarni kesish


30 gacha
35 gacha
45 gacha


40 – 45
35 – 45

45 – 55
55 – 90
60 - 65


40 gacha
40 gacha
35 gacha


35 gacha
40 – 50

40 – 50
40 – 60
35


11 gacha
13 gacha
15 gacha


11 gacha
13 gacha

18 gacha
3 gacha
70 gacha




Download 0.76 Mb.
  1   2   3




Download 0.76 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtogreyderlar umumiy tuzilishi va asosiy parametrlarini aniqlash Tayanch so‘zlar: «Avtogreyder»

Download 0.76 Mb.