elementlarini bogʻlashni bajarish zarur. Bloklarni bogʻlash uchun kursor bilan blokning
«chiqish»ini belgilash, sоʻngra sichqonchaning chap tugmachasini bosgan holda chiziqni
(liniyani) keyingi blok kirishiga keltirish kerak. Shundan sоʻnggina klavishani qоʻyib
yuborish mumkin. Tarmoqlanish nuqtasini hosil qilish uchun kursorni ulanish chizigʻida
kerak bоʻlgan tugunga olib kelish va sichqonchaning оʻng klavishasini bosgan holda
chiziqni tortish zarur. Chiziqni оʻchirish uchun оʻchirilishi lozim bоʻlgan chiziqni tanlash
talab etiladi (bloklar ustida bajarilgani kabi), sоʻngra klaviaturadagi
Delete klavishasini
bosish lozim. 2.6- rasmda bloklar оʻrtasida bogʻlash amali bajarilgan model sxemasi
keltrilgan.
File/Save_As…'>2.10.-rasm. Bloklar оʻrtasida bogʻlanish bajarilgan model sxemasi
5.
Hisoblash sxemasini tuzgandan sоʻng uni oynadagi
File/Save As… menyu punktini
tanlab, hamda fayl nomi va papkani kоʻrsatib, diskda fayl kоʻrinishida saqlash lozim.
Shuni inobatga olish kerakki, fayl nomi 32 simvoldan oshmasligi, harfdan boshlanishi
hamda kirill va maxsus simvollardan tashkil topmagan bоʻlishi kerak. Shu talablar fayl
yоʻli uchun ham ahamiyatli (fayl saqlanadigan papkalarga). Sxemani qayta tahrirlash
jarayonlarida saqlash uchun
File/Save menyu punktidan foydalanish yetarli.
Simulink
qism dasturini qayta ishga tushirganda sxemani yuklash kutubxona nazorat qiluvchi
sahifadagi yoki
MatLAB asosiy sahifasidagi
File/Open menyu punkti yordamida amalga
oshiriladi.
Modelning оʻtkinchi xarakteristikasini olish
1.
Sistemaning birlik pogʻonali taʻsirga bоʻlgan reaksiyasi
h(t) – оʻtish funksiyasini olish.
Modelning kirishiga birlik pogʻonali taʻsir hosil qilib beruvchi blok (
Step) qоʻyiladi va
chiqishda shu funksiyaning grafiini kоʻrsatuvchi (
Scope) bloki qоʻyiladi.
2.
Sistemani ishga tushirish uchun
Simulink sahifasi instrumentlar panelidagi (
Start)
tugmasi bosiladi. Оʻtkinchi jarayon grafigini kоʻrish uchun esa
Scope bloki ustiga kursor
keltirilib, sichqonchaning chap tugmachasi ikki marta tez bosiladi.
Yopiq sistema оʻtish funksiyasini olish uchun modelda teskari bogʻlanish zanjiri amalga
oshiriladi va ikkinchi punkt takrorlanadi (2.11-rasm).