Avtomatik boshqarish tizimlarini




Download 1.23 Mb.
bet1/37
Sana21.01.2024
Hajmi1.23 Mb.
#142350
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Ismoilova Mohina davomi, HMTT(BOBUR), Alisherov Aminjon diskret, 2023-yil Yo\'l xaritasi 11-DMTT, kreativ fikir, Komila Kurs ishi TO\'MA 222, 3 kriptografiya xaqida, Tashkiliy tuzilma, portal.guldu.uz-Shaxsiy sug‘urtaning mazmuni va turlari, Python dasturlash tili, 1701370462, bernulli tenglamasi, KUNLIK CHEKLIST, Rostlagichlarni tanlash, Jarayonlarni loyihalash uchun asosiy meyoriy hujjatlar



AVTOMATIK BOSHQARISH TIZIMLARINI
TADQIQ ETISH USULLARI FANIDAN MA’RUZA MAVZULARI


MUNDARIJA



  1. “Avtomatik boshqarish tizimlarini tadqiq etish usullari” faniga kirish. Kirish.

  2. Texnologik obyektni boshqarish sistemalarini qurish prinsiplari.

  3. Sanoat korxonalarida qо‘llaniladigan avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalarining turlari. Korxonalarni avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari.

  4. Zamonaviy texnologik obyektlar va ulardagi texnologik jarayonlarni boshqarishni xususiyatlari.

  5. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari (TJABS). Ularni qо‘llanilishi, maqsadi, funksiyalari va turlari.

  6. Zamonaviy boshqarish sistemalarining turlari, xususiyatlari va ularni qurishni asosiy tamoyillari.

  7. Integrallashgan va korporativ avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalari.

  8. Avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalarining iyerarxiya (pog‘ona)lari. MRP, ERP, MES- sistemalari. Dasturiy va texnik sistemalar.

  9. TJABTlarning ishlatilishi, maqsadi, funksiyalari va turlari.

  10. Boshqaruvning texnologik obyekti. Boshqaruv mezonlari. Boshqaruv ta’sirlariga qо‘yiladigan cheklanishlar.

  11. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalarining informatsion va boshqaruv funksiyalari.

  12. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalari.

  13. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalarining funksional strukturasi va elementlari.

  14. Hisoblash majmuasisiz ishlaydigan TJABT.

  15. Informatsion vazifani bajaruvchi hisoblash majmuali TJABT.

  16. «Maslahatchi» rejimida boshqaruv funksiyalarini bajaruvchi hisoblash majmuali TJABT.

  17. Markaziy boshqaruv qurilmasi (supervizor) funksiyasi.

  18. Markaziy boshqaruv qurilmasi (supervizor) funksiyasini bajaruvchi hisoblash majmuali TJABT.

  19. Bevosita raqamli boshqaruv funksiyasini bajaruvchi hisoblash majmuali TJABT.

  20. TJABTning boshqa turlari.

  21. TJABTlarning tarkibi va texnologik funksiyalari.

  22. TJABTning asosiy komponentalari. TJABTning asosiy komponentalari va bu komponentlarning о‘zaro aloqalarini soddalashtirilgan sxemasi.

  23. TJABTning tashkiliy strukturasi. Distansion boshqarish, signalizatsiya, himoya, blokirovka texnologik funksiyalari.

  24. Supervizor va distansion boshqaruv mexanizmlari.

  25. Texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishni avtomatlashtirishga tayyorlash.

  26. Texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, mexanizatsiyalashtirish va dispetcherlashtirish.

  27. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishni asosiy yо‘nalishlari.

  28. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni zamonaviy strukturasi.

  29. Texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni bosqichlari va zamonaviy strukturasi.

  30. Sanoatni avtomatlashtirishni usullari va vositalarini qisqacha xarakteristikasi.

  31. Texnologik jarayonlarni lokal boshqaruv darajasida avtomatlashtirish.

  32. Lokal boshqaruv darajasidagi avtomatlashtirishni klassifikasiyasi va asosiy masalalarini tasnifi.

  33. Texnologik jarayonlarni bir konturli va kо‘p konturli boshqaruv tizimlarini strukturasi.

  34. Diskret jarayonlarni boshqarish tizimlarini qurish.

  35. Zamonaviy boshqarish tizimlarining xususiyatlari.

  36. Murakkab tizimlarni boshqarish jarayonlariga xos bо‘lgan informatsiyalardagi noaniqliklarning turlari va bu noaniqliklarni hisobga olish usullari va vositalari.

  37. Murakkab boshqarish tizimlarini tahlil etishning zamonaviy usullari va vositalari.

  38. Murakkab boshqaruv sistemalarini tadqiq etish usullari va vositalari.

  39. Murakkab boshqaruv tizimlari. Asosiy tushunchalar.

  40. Murakkab boshqaruv tizimlarini tadqiq etishning asosiy maqsadi, vazifalari va formal sxemasi.

  41. Dasturiy va texnik sistemalarni tahlil qilish usullari va vositalari.

  42. Sistemali tahlil va matematik modellashtirish murakkab boshqaruv sistemalarini tadqiq etishning ilmiy asosi.

  43. Sistemalar va sistemalar tahlili nazariyasining asosiy ta’riflari va tushunchalari.

  44. Sistemotexnika va sistemologiya.

  45. Model, modellashtirish ularning turlari va ilmiy tadqiqotlardagi roli.

  46. Konseptual modellashtirish. Modellashtirishning metodologik asoslari. Asosiy tushunchalar va ta’riflar.

  47. Tadqiqot obyektining umumlashgan matematik modeli.

  48. Murakkab boshqaruv tizimlarining modellari.

  49. Murakkab informatsion-boshqaruv tizimining konseptual va matematik modellarini umumlashgan sxemalari.

  50. Informatsion va jarayon modellari. Texnik va iqtisodiy tizimlarni modellashtirishning xususiyatlari.

  51. «Texnologik jarayon», «Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasi» tizimining modeli.

  52. Boshqariluvchan texnologik jarayon. «Texnologik jarayon», «Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasi» tizimining matematik modeli.

  53. Boshqaruv sistemalarining pog‘onaliligi. Asosiy boshqaruv funksiyalarining tarkibi.

  54. Tо‘plamlar va noaniq tо‘plamlar nazariyalarini murakkab boshqarish sistemalarini tahlil etishda qо‘llash.

  55. Boshqarish sistemalarining nazariy-tо‘plamli modeli.

  56. Noaniq tо‘plamlar nazariyasining asosiy tushunchalari va ta’riflari.



KIRISH


Hozirgi kunda butun dunyoda shu bilan birga O’zbekistonda ham ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish har jabhada rivojlanib bormoqda. Odam hayoti uchun xafli bo’lgan ishlab chiqarish korxonlarida xafsizlikni oshirish dolzarbligi va masofadan boshqarishni rivojlantirish asosiyligini yo’qotmagan. Boshqarish tushunchasi bilan inson o‘z hayoti mobaynida har soatda duch keladi. Boshqarish turli - tuman hollarda qo'llanilib, har bir holda o‘z mezonini, maqsadini va usulini o'zgartiradi. Masalan, davlat va xalq xo‘jaligini boshqarishni, soha va korxonani boshqarishni, ishlab chiqarish uchastkalari, texnologik jarayon, alohida qurilma va dastgohni boshqarishni, ishlab chiqarishga oid bo‘lmagan sohadagi boshqarishni, tirik mavjudotdagi va jonsiz tabiatdagi boshqarishni farqlash mumkin. Davlatni, xalq xo‘jaligini, ishlab chiqarish sohalarini boshqarishni ijtimoiy hodisa deb qarash mumkin. U butun ijtimoiy mexanizmning maqsadga muvofiq ishlashi doirasida insonlar faoliyatini aniq bir maqsadni ko‘zda tutgan holda tartibli boshqarishni ta’minlaydi. Korxonalami, sexlami, uchastkalami, texnologik jarayonlami boshqarish moddiy ishlab chiqarish jarayonining unumli ishlashini ta'minlashga qaratilgan. Har bir boshqariluvchi sistema o‘z darajasidagi qonun - qoidalarga bo‘ysunadi. Shu bilan birga unga bu sistemani o‘z ichiga oluvchi darajasi yuqoriroq bo'lgan sistema parametrlari ham ta'sir etadi. Demak, boshqarish masalasi maqsad va samaradorlikning turli mezonlarini o‘zida mujassamlashtirgan holda boshqariluvchi sistemaning darajasiga qarab o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlar shaklidagi fikr - mulohazalar faqat maqsad mezonlari, boshqarish masalasi va mazmuniga tegishlidir. Ammo har xil darajali sistemalardagi boshqarish jarayonlarini tashkil qilishda chuqur o‘xshashlik va umumiylik mavjud. Bunga sabab boshqarish jarayoni doimo axborot jarayoni ekanligidir. Ma'lum darajali sistemada boshqarish jarayonini axborot jarayoni sifatida ko‘rilishi boshqarishni bajarishdan aniq ajratishga imkon beradi. Boshqarish - kelayotgan axborotni qayta ishlash yo‘li bilan olingan yechimga asoslangan buyruq axborotni hosil qilishdir. Boshqarishning mohiyati akademik A.I. Berg asarlarida yetarlicha asoslab berilgan. Uning ta'biricha, boshqarish - sistemani, uning parametrlariga ta’sir etish yo‘li bilan yangi, oldindan belgilangan holatga o‘tkazish jarayonidir. Haqiqatan ham, har qanday sistemaning holati uning o‘zgaruvchilari yoki koordinatalarining vaqt va fazoda o'zgaruvchan parametrlari orqali aniqlanadi. Sistemaning u yoki bu parametriga ta'sir etish yo‘li bilan uni 3 www.ziyouz.com kutubxonasi dastlabki holatidan boshqarish maqsadlariga muvofiq oldindan aniqlangan boshqa holatiga o‘tkaziladi. Inson ishtirokisiz amalga oshiriladigan boshqarish avtomatik boshqarish va uning nazariy asoslari esa avtomatik boshqarish nazariyasi deyiladi. Avtomatik boshqarish nazariyasi injenerlik bilimlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Avtomatik boshqarish tizimlari sistemalarni umumiy tuzilishini va ularni tadqiq qilish usullarini o‘rganadi. Bu usullar sistemalardagi fizik tabiati har xil bo‘lgan jarayonlar uchun yaroqli bo‘lib, xalq xo‘jaligining turli sohalarida boshqarish sistemalarini loyihalashda nazariy asos hisoblanadi. Avtomatik rostlash deganda berilgan jarayonni xarakterlovchi kattalikni doimiy ravishda o‘zgarmas tarzda ushlab turish yoki uni oldindan berilgan qonuniyat bo‘yicha o‘zgarishini ta’minlash tushuniladi. U obyekt holatini yoki unga ta'sir qiluvchi ta'sirlami o‘lchash asosida obyektni rostlovchi organiga ta’sir qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Avtomatik sistemalami loyihalashda ularga turli-tuman talablar qo'yiladi. Bu talablami quyidagi turkumlarga ajratish mumkin:
- sistema barqarorligi qiymatiga qo‘yiladigan talablar;
- barqarorlashgan tartibda rostlanuvchi parametming og‘ish qiymatiga qo‘yiladigan talablar;
- o‘tkinchi jarayonlarda sistema holatiga qo‘yiladigan talablar. Avtomatik boshqarish nazariyasida quyidagi ikkita masalani yechishga to‘g‘ri keladi:
- mavjud avtomatik boshqarish sistemasini tadqiq qilish;
- berilgan talablar bo‘yicha sistemani loyihalash - sistemani sintezlash masalasi. Birinchi holda sistemaning unga qo'yilgan talablami qay darajada qanoatlantira olishi aniqlanadi va bu masala sistemaning tahlili (analizi) deb yuritiladi. Ikkinchi holda esa masala avtomatik sistemani qurishni, avtomatik boshqarish sistemalariga qo‘yilgan talablar bajarilishini ta’minlovchi boshqarish prinsipi va sxemjisini, ulaming alohida elementlari va parametrlarini tanlashni o‘z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda sistemalami tahlil qilish va sintezlash masalalari bir xil darajada ishlab chiqilmagan.O‘tish jarayonlari turli darajali oddiy differensial tenglamalar yordamida tavsiflanuvchi chiziqli avtomatik sistemalami tadqiq qilish usullari yetarli darajada ishlab chiqilgan. Zamonaviy kompyuter dasturlarini qo‘llash chiziqli bo‘lmagan sistemalami modellash yoki sistemalami tavsiflovchi chiziqli bo‘lmagan tenglamalami sonli yechimi orqali tadqiq qilish imkonini kengaytiradi. Avtomatik sistemalami sintezlash usullari oxirgi o‘n yillikda rivojlandi. Ammo chiziqli bo’lmagan sistemalarni sintezlashning umumiy usullari hozirgacha yetarli ishlab chiqilmagan. Avtomatik boshqarish nazariyasi unga yaqin texnik va ilmiy sohalar bilan chambarchas bog'langan va bu sohalar natijalaridan o‘z masalalarini yechishda foydalanadi. Avtomatik boshqarish nazariyasiga taalluqli masalalar doirasi juda keng. Shuning uchun ham avtomatik boshqarish tizimlarini o'rganishni avtomatik boshqarish sistemalarining umumiy xususiyatlari va ulami tadqiq qilishning umumiy usullari bilan tanishishdan boshlash lozim.



Download 1.23 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Download 1.23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomatik boshqarish tizimlarini

Download 1.23 Mb.