Avtomatik tizimni ishlab chiqarishdan oldin, avvalo, ushbu obyektni




Download 152.11 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.02.2023
Hajmi152.11 Kb.
#43495
Bog'liq
kirish va xulosa
Кадастр файз шаффоф, титул-2 Курбонов Рустам, Makhammadaliyev Dilshodbek CV (2), 1-mavzu, 3.51.05.01Avtomobillarni tamirlash chilangari-90-102, 305 guruh talabasi, Янги конституция, 2 qurilma, LABORATORIYA (1), 292-300 O’roqova D, Будь в тренде, Makro iqtisodiy korsatkich amaliy, Система внутриреакторного контроля — Википедия, Á è ð è í ÷ è áóëèì


Avtomatik tizimni ishlab chiqarishdan oldin, avvalo, ushbu obyektni 
avtomatlashtirish zarurati aniqlanadi. Keyin sozlash qonuniyati tanlab olinadi. Sozlash 
va boshqarish qonuniyatlari injenerlik amaliyoti natijalaridan kelib chiqqan holda 
sharhlanadi. 
Avtomatik sozlagichlarning va boshqargichlarning maqsadi maʼlum bir fizik 
kattalikni (bu kattalik sozlanuvchi yoki boshqariluvchi kattalik deb atalib, Xchik bilan 
belgilanadi) yoki belgilangan qiymatlarda ushlab turishdan yoki oldindan belgilangan 
qonuniyat asosida oʻzgartirib borishdan iboratdir. Sozlanuvchi yoki boshqariluvchi 
oʻzgaruvchining qiymati belgilangan qiymat Xb deb atalib, uni shu qiymatga sozlovchi 
yoki boshqaruvchi qurilma olib kelishi kerakdir.
Tizimning ish jarayonida chiqishdagi oʻzgaruvchi oʻlchanib, belgilangan (berilgan) 
qiymat bilan solishtiriladi (teskari aloqa qonuniyatidan foydalaniladi). Agar chiqishdagi 
oʻzgaruvchini berilgan qiymatdan ogʻganligi aniqlansa, u holda tizimga boshqaruvchi 
taʼsir X kiritiladi. Bu taʼsir chiqishdagi oʻzgaruvchini berilgan qiymat bilan bir xil 
boʻlguncha oʻzgartiradi. 
Avtomatik tizimlarining ish rejimlari berilgan Xkir va qoʻzgʻatuvchi Z taʼsirlarga 
bogʻliqdir. Qoʻzgʻatuvchi taʼsirlar, adatda, boshqarilayotgan kattalikni berilgan 
qiymatlaridan ogʻishiga olib keladi. Dastlabki berilgan signal esa obyektning 
chiqishidagi oʻzgaruvchisini belgilangan qiymati vaqt boʻyicha yoki bir xil oʻzgarmas 
boʻladi yoki oʻzgaruvchan boʻladi. 
Avtomatik sozlash deb mashina va apparatlarda inson ishtirokisiz qandaydir fizik 
kattalikni belgilangan bir xil qiymatda ushlab turishga aytiladi. Bunday avtomatik 
tizimlar uchun eng xislatli narsa shuki, ularda mavjud boʻlgan qoʻzgʻatuvchi taʼsirlarni 
tizim juda minimal xatolikka erishguncha dahlsizlashtirish lozim. 
Avtomatik boshqarish deb mashina va apparatlarda inson ishtirokisiz qandaydir 
fizik kattalikni belgilangan qonuniyat asosida oʻzgartirib turishga aytiladi. Bu tizimlar 
uchun eng xislatli narsa qandaydir berilayotgan taʼsirlarning oʻzgarishi chiqishdagi 
parametrni oʻzgarishda aniq aks etish lozimligidir. 
Obyektga boshqaruvchi taʼsirning oldindan belgilab qoʻyishlar boʻyicha 
shakllanishi boshqarish yoki sozlashning qonuni (boshqarish algoritmi) deb ataladi. 
Chiziqli va egri chiziqli boshqarish qonunlari mavjuddir. 


Boshqarishning chiziqli qonuniyatlari sozlagichning chiziqli tenglamasi bilan 
tavsiflanadi; chiziqli qonuniyatda sozlagich kirishdagi oʻzgaruvchi qiymatiga 
proporsional boʻlgan signal ishlab chiqaradi, ayrim hollarda esa kirishdagi 
oʻzgaruvchining hosilasiga va integraliga proporsional boʻlgan signal chiqaradi. 
Shuning uchun xususiy hollarda boshqarishning chiziqli qonuniyati yoki proporsional 
(P-sozlagich) yoki integrallovchi (I-sozlagich) boʻlishi mumkin. Undan tashqari chiziqli 
qonuniyat 
proporsional-differensiallovchi 
(PD-sozlagich) 
yoki 
proporsional-
differensiallovchi (PID-sozlagich) boʻlishi mumkin, odatda, differensiallovchi 
boshqarish qonuniyati proporsional yoki integrallovchi qonuniyatlar bilan qoʻllaniladi
Boshqarishning egri chiziqli qonuniyatlari, qator hollarda, maxsus holda hosil qilinadi 
(optimal, oʻz-oʻzini rostlash va boshqa tizimlar). Bu bilan avtomatik tizimlar 
belgilangan sifat darajasiga yetkaziladi. Bu qonuniyatlar sozlagichlar tavsifining egri 
chiziqliligi bilan yoki logik elementlarning mavjudligi bilan xarakterlarishi 
mumkin.Chunki ular sozlagich tuzilishini oʻzgartiradilar. Egri chiziqli boshqarish 
qonuniyatlari avtomatik tizimlarga alohida xususiyatlar kiritadi.
Sozlash va boshqarish qonuniyatlari koʻrinishlari
Avtomatik boshqarish tizimlarida teskari bogʻlanish (aloqa) degan tushuncha bor 
boʻlib, unda sozlanayotgan chiqishdagi oʻzgaruvchining haqiqiy qiymatlari kirishga 
beriladi. Bu qiymat berilayotgan qiymat bilan solishtiriladi. Agar tizim kirishiga 
berilayotgan teskari bogʻlanish signali, vaqtning har qanday lahzalarida, faqat 
obyektning chiqishidagi oʻzgaruvchining turlanishi qiymatlariga proporsional boʻlsa, 
bunday teskari bogʻlanish dagʻal teskari bogʻlanish deb ataladi. Bordiyu, teskari 
bogʻlanish signali nafaqat chiqishdagi oʻzgaruvchi turlangandagina paydo boʻlsa, 
bunday teskari bogʻlanish moslashuvchan (qayishqoq) teskari bogʻlanish deb ataladi.
Amalda uchraydigan talay dagʻal teskari bogʻlanishlarda sozlanayotgan 
oʻzgaruvchining haqiqiy qiymatlari bilan oldindan belgilangan kattaligini solishtirib 
koʻrish imkoniyati mavjud boʻlib, ularda oʻrin olgan farqlarni mos tushmaslik-signal 
xatoligini aniqlash mumkin. Aniqlangan farq sozlagich kirishiga uzatilib chiqishdagi 
oʻzgaruvchini belgilangan qiymatlarda ushlab turishga xizmat qiladi. Bunday usul 
sozlanayotgan oʻzgaruvchini belgilangan qiymatidan ogʻish qonuniyati boʻyicha 
sozlash (Polzunov qonuniyati) deb ataladi. Bu usulni Polzunov qozondagi suv sathini 
belgilangan darajada ushlab turish uchun qoʻllagan edi. Koʻp sonli avtomatik tiziimlar 


shu prinsip boʻyicha ishlaydi. Koʻratilgan sozlash usuli asosiy teskari bogʻlanish manfiy 
ishorali boʻlganda qoʻllanilishi mumkin, yaʼni topshiriq beruvchi signali bilan 
chiqishdagi oʻzgaruvchining ishoralari qarama-qarshi boʻlsa! Ogʻish prinsipi boʻyicha 
sozlash, deyarli har doim chiqishdagi oʻzgaruvchining turlanishi sababi qanday 
boʻlishidan qatʼiy nazar, amalga oshaveradi. Zamonaviy, yuqori sifatli barcha avtomatik 
boshqarish tizimlari teskari bogʻlanishli prinsip boʻyicha ishlashadi. Bu prinsip 
avtomatik tizimlarning asosiy qonuniyatidir. Bunda tizimning barcha elementlari yopiq 
zanjirni boshqaruvchi konturni, tashkil etadi. Boshqaruvchi taʼsir esa kontur boʻyicha 
maʼlum bir yoʻnalish boʻylab uzatiladi. Boshqaruvchi tizimlarda shunday holatlar 
mavjudki, ularda qoʻllaniladigan qurilmalar qoʻzgʻatuvchi taʼsiz funksiyasida bevosita 
faoliyat koʻrsatib, uni taʼsirini kompensatsiyalaydi. Sozlashning bunday usuli 
qoʻzgʻatish boʻyicha sozlash qonuniyati deb ataladi. Ammo bunday sozlashda, boshqa 
faktorlar taʼsirida oʻzgargan, chiqishdagi oʻzgaruvchini ogʻishi hisobga olinmaydi va 
toʻldirilmaydi. Qoʻzgʻatuvchi taʼsir funksiyasida boshqaruvchi taʼsir koʻrsatuvchi 
qurilmani kompensatsiyalovchi bogʻlanish deb atash mumkin. Agar bordiyu, bir necha 
qoʻzgʻatuvchi yoki toʻydiruvchi taʼsirlar oʻrin tutadigan boʻlsa, sozlagich ularning har 
biri uchun kompensatsiyalovchi bogʻlanishga ega boʻlishi lozim; faqat shundagina 
chiqishdagi oʻzgaruvchini belgilangan darajada ushlab turish mumkin. Tabiiyki, bu 
hollarda sozlagichning konstruksiyasi murakkablashadi, xilma xil elementlar uchun 
ehtiyoj tugʻiladi.Avtomatik tizimlarini ishlab chiqish va loyihalashning quyidagi 
bosqichlaridan tashkil topgandir: boshqariluvchi obyektni oʻrganish, uni tavsiflarini 
aniqlash, parametrlarini, ish sharoitlarini, taʼsirlarni aniqlash; tizimga qoʻyiladigan 
talablarni sharhlash; funksional sxemani tanlash; avtomatik tizimning ishlash qonuniyati 
sxemasini ishlab chiqish; talablarga binoan, uning elementlarini, parametrlarini tanlash 
va hisoblash; tuzilish sxemasini tuzish; tizimning turgʻunligini tadqiqot qilish; dinamik 
tizimga qoʻyiladigan talablarni hisobga olgan holda korreksiyalovchi qurilmaning 
parametrlarini tanlash (boshqarish jarayoni sifatida); tizimni laboratoriya sharoitlarida 
tadqiqot qilish yoki modellovchi qurilmalarda tekshirish hamda sxemaga kerakli 
tuzatishlar kiritish; loyihalash, tayyorlash va tizimni tajriba yoʻli bilan ishlatib koʻrish; 
tajribaviy ishlatish natijalarini umumlashtirib tizimni takomillashtirish uchun kerakli 
tavsiyanomalarni tuzish. 


Boshqarish obyekti turgʻun (barqaror), noturgʻun (barqaror emas) va betaraf 
(dahlsiz) boʻlishi mumkin. Agar u tashqi taʼsir toʻxtatilganidan soʻng, statik tavsifi bilan 
aniqlanadigan, dastlabki muvozanat holatiga qaytsa, turgʻun obyekt deb ataladi. 
Noturgʻun obyektlarda tashqi taʼsirlar tugatilgan taqdirda ham chiqishdagi oʻzgaruvi 
oʻzgaraveradi va u dastlabki muvozanat holatiga qaytmaydi. Dahlsiz obyektlarda tashqi 
taʼsir toʻxtagandan soʻng ixtiyoriy qandaydir muvozanat holati oʻrin olib, u dastlabki 
muvozanat holatidan farq qiladi va keltirilgan taʼsirlarga bogʻliq boʻladi. Yana shuni 
aytib oʻtish joizki, bir obyekt bir paytning oʻzida ham turgʻun, ham noturgʻun va ham 
xarakterlovchi daxlsiz holatlarda boʻlishi mumkin. Maslan, asinxron elektr dvigateli 
aylanish tezligiga nisbatan sirpanishning kritik qiymatidan kichik birliklarida turgʻun, 
katta qiymatlarida noturgʻun boʻlishi mumkin. 
Avtomatlashtirish va boshkarish texnika tarakkiyotining asosiy yunalishlaridan 
biri bulib, u ishlab chikarish samaradorligini oshirish, maxsulot sifatini yukori darajaga 
kutarish, xarajatlarni kamaytirish, ishlab chikarish jarayonida xavfsizlikni taʼminlash va 
atrof-muxitni muxofaza kilish uchun xizmat kiladigan asosiy omil bulib xisoblanadi 
XULOSA 
Men bu kurs ishidan shuni xulosa qilib aytishim mumkinki. Berilgan aniqlik 
asosida sistemaning va oldingi kuchaytirgichning zaruriy uzatish koeffitsientlarini 
aniqlashda va k=1 , k<1,yoki k>1 bo’lsh mumkin 
Agar k = 1 bo‘lsa, to‘ldiruvchi ta'sir Z boshqariladigan kattalikka hech qanday ta'sir 
ko‘rsatmaydi, ya’ni sistema Z ga nisbatan invariant. 
Ushbu sistemaning afzalliklari shundan iboratki, uni qo‘llash orqali bitta yoki bir 
nechta to‘ldiruvchi ta’sirlarning sistema aniqligiga ta'sirini kamaytirishi yoki yo‘qotishi 
mumkin. Shu bilan birga obyektning matematik tavsifi bolishi shartligi va sistemaning 
aniqligi uning o‘zi ishlab chiqaradigan ta’sirlardan tashqari barcha toydiruvchi 
ta’sirlarga bog’liqligi uning kamchiliklari sirasiga kiradi.. 
Ochiq tizimning zaruriy logarifmik xarakteristikalari loyihalashtirilayotgan 
tizimga qoʻyilgan quyidagi talablar orqali quriladi: kerakli kuchaytirish koeffitsiyenti, 
tizimning astatizm darajasi, oʻtkinchi jarayon vaqti, oʻta rostlash qiymati. 
LACHXning past chastotali qismi ochiq tizimning kuchaytirish koeffitsiyenti va 
astotizm 
darajasi bilan aniqlanadi. Bu qism ogʻmaligi -20 дб/декга teng boʻlib, 


ordinatasi 20lgK va abssissasi nuqtadan oʻtadi, bunda - astotizm tartibi, K – tizimning 
kerakli kuchaytirish koeffitsiyenti. Korrektlovchi element sodda boʻlishi bu qism iloji 
boricha berilgan tizim LACHXsi bilan ustma-ust tushishi kerak. 
Sisteman turgun yoki noturgun xolt bo’ycha organib chiqdim . Kur ish bajarish 
davrida men o’zimn soham bo’ycha kerak lik bilimlarga ega boldim .Tizim 
korreliksiyon funksiyalar bo’ylab va sistema apelatuda chastat funk siyaalr yordam da 
o’rganib chiqdim .Tizimn rostlash qanday shakilda bolish kerak ekan lign organdim
XXI asr xalq xoʻjaligining barcha sohalariga kirib borib, oʻzining mustahkam 
oʻrnini egallagan avtomatika bu bir fan va texnikaning yoʻnalishi boʻlib, oʻz ichiga 
avtomatik boshqarishning nazariyotini va amaliyotini hamda avtomatik tizimlarini 
tuzilishi qonuniyatlarini va u asoslagan texnik jihozlarni oladi. Avtomatika yuqori 
darajadagi aniqlikda texnologik jarayonlarni amalga oshirishni taʼminlash bilan bir 
qatorda mehnat unumdorligini sezilarli darajada oshiradi, ishchi-xizmatchi 
xodimlarning sonini kamaytiradi, jarayonlarni effektivligini koʻtaradi, ishlab 
chiqariladigan mahsulot sifatini yaxshilaydi va eng muhimi, inson oyogʻi yetishi qiyin 
boʻlgan yerlarda (atom ishlab chiqarishda, fazoda, va h.k) kerakli ish jarayonlarini 
amalga oshira oladi. 
Avtomatik tizimlarini bir necha belgilariga qarab siniflarga boʻlish mumkin. 
Masalan, ishlash tartibiga koʻra ochiq, yopiq va mujassamlangan siklda ishlaydigan 
tizimlar yoki chiqishdagi oʻzgaruvchining oʻzgarish qonuniyatiga qarab esa 
moʻtadillashtiruvchi avtomatik tizim va kuzatuvchi avtomatik tizimlarga ajratish 
mumkin. 
Qoʻllaniladigan terminologiyaga koʻra avtomatik tizimning shu uch asosiy sinfi 
umumiy nomda – avtomatik boshqarish tizimlari (ABT) deb ataladi. Avtomatik sozlash 
(rostlash) tizimlari (AS(R)S) esa ABT ning xususiy holidir. 
Tizimlarni yana boshqa koʻrsatkichlariga qarab ham siflarga boʻlish mumkin: 
Nazariyotning asosiy sohalaridan biri algebraik, differensial, farqli va boshqa 
tenglamalarni baʼzi ehtimollik nazariyasini, axborotlarni oʻzgaruvchan hisoblashlarni 
tadbiq etish yoʻli bilan yechish va taxlil qilishdir. 
Avtomatik boshqarish nazariyotining amaliy vazifalariga quyidgai usullarni ishlab 
chiqish kiradi: 



tizimlarini sintezlash – bu tizimlar elementlarini oʻzaro taʼsiri sxemasini tanlab 
olish imkoniyatini bersinki, natijada u statika va dinamikadagi holatiga qoʻyiladigan 
talablarni toʻla-toʻkis qondirsin; 

tizimlarni tahlil qilish; bu tahlil tiziim oldiga qoʻyilgan talablarni bajaradimi – 
yoʻqmi aniqlab. Dinamik xususiyatlarini yaxshilash yoʻllari koʻrsatib berilishi; 

avtomatik tizimlarini tajriba yoʻli bilan tekshirish. 
Avtomatik boshqarish nazariyotining rivojlanishi zamonaviy texnik jihozlarga 
tayangandir. Shu bilan bir paytda murakkab matematik apparatdan foydalanishga toʻgʻri 
keladi. Bu yerda yeng kuchli qurol tajriba yoʻli bilan tadqiqot qilish va 
modellashtirishdir. Bu esa hisoblash ishlarini yengillashtiradi.  
Bordiyu, texnik qurilmaning ish jarayonini tavsiflovchi kattaliklar ish jarayonida 
belgilangan qiymatlaridan sezilarli darajada ogʻsa, unday hollarda qurilma sozlovchi yoki 
boshqaruvchi aʼzolari bilan taʼminlanadi. Sozlovchi aʼzo yordamida bir xilda oʻzgartirmay yoki 
kerakli tarzda oʻzgartirib chiqishdagi oʻzgaruvchini sozlaydi yoki boshqaradi. Bunday texnik 
qurilmalar sozlovchi yoki boshqaruvchi obyektlar deb ataladilar. 
Obyekt ustidan sozlash yoki boshqarish operatsiyasini, inson ishtirokisiz, sozlovchi yoki 
boshqaruvchi qurilma avtomatik sozlash yoki boshqarish asbobi deb ataladi. Shunday asbob va 
obyektlar yigʻindisi avtomatik boshqarish tizimini tashkil etadi. 
Boshqarish obyektining ishi nazorat qiluvchi (ish jarayoni davomida oʻlchanib turiluvchi) 
taʼsirlar Z(z1, z2,....zr), nazorat qilinmaydigan tashqi taʼsirlar F(f1, f2,....fm) va boshqaruvchi 
oʻzgaruvchi Xchiq(xchiq1, xchiq2,....xchiqn) lar toʻplamiga bogʻliqdir. 
Agar obyektning matematik ifodalanishi maʼlum boʻlsa, u holda boshqariluvchi 
oʻzgaruvchilarni obyektga taʼsir etayotgan barcha tashqi taʼsirlar bilan bogʻliqligini bildiruvchi 
tenglamalar tizimi ham maʼlumdir. Shuning uchun berilgan tashqi taʼsirlar boʻyicha 
boshqariluvchi oʻzgaruvchi Xchiq(Z,F,X) ni aniqlash mumkin. Oddiy obyektlarda birgina 
boshqaruvchi taʼsir Xkir va bir boshqariluvchi oʻzgaruvchi Xchiq boʻladi, holos.
Har bir boshqarish obyektining ishi statikada va dinamikada koʻrib chiqilishi mumkin. 
Statik rejimlarda tashqi Z, F taʼsirlar va boshqariluvchi Xchiq tasirlar oʻzgarmas boʻlib, vaqtga 
bogʻliq emas yoki vaqtning qisqa lahzalarida oʻzgarmas deb qabul qilinadi. Garmonik 
taʼsirlarda esa obyektning garmonik signallarini amplitudasi va fazasi bilan tavsiflanadigan 
kvazistatsionar rejim tahlil qilinadi. 


Obyekt statikasi oʻrganilayotganda obyektning statik tavsifi deb atalmish Xchiq=f(x) 
bogʻliqlik koʻrib chiqiladi. hosila ishorasini oʻzgartirsa monoton koʻrinishida yoki ishorasini 
faqat ayrim qiymatlarida nolga teng boʻlsa, ekstremal koʻrinishlarga ega boʻladi.

Download 152.11 Kb.




Download 152.11 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomatik tizimni ishlab chiqarishdan oldin, avvalo, ushbu obyektni

Download 152.11 Kb.
Pdf ko'rish