Avtomatika asoslari va ishlab cнiqarisн jarayonlarini avtomatlasнtirisн




Download 8.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/135
Sana17.02.2023
Hajmi8.51 Mb.
#42632
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
Bog'liq
2TuczTUqh8lCqqv8KsXLL9QNNj3XCCvH725ZXFai
MAXALLA PAPKASI, 40 biletlar ingliz tili, 6 sinf uchun, Д А Л О Л А Т Н О М А, DIZAYN, photo 2024-03-24 10-43-56, 111, 222, KURS ISHI BLANKALARI bOSHLANG\'ICH TA\'LIM (2) (3)



O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Vaxidov Abdunabi Xudoyberdievich 
 
AVTOMATIKA ASOSLARI VA ISHLAB CНIQARISН 
JARAYONLARINI AVTOMATLASНTIRISН
 
Qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlarining 
5430100 – “Qishloq xo‘jaligini 
mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun
uchun darslik 
 
TOSNKЕNT- 2014 y. 



 
 
UDK 621.211 – 52(075.8) 
 
Takrizchilar: t.f.d. prof. S.F. Amirov. t.f.n. dots., R.T.Gazieva 
 
KIRISH 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizning 
o‘z davlat mustaqqiligini qo‘lga kiritish arafasida va undan keyingi dastlabki 
oylarda olib borgan jo‘shqin va serqirra siyosiy-ijtimoiy faoliyatini aks ettiradigan, 
“O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” deb nomlangan kitobi tayyorlanib, 
2011 yilda nashrdan chiqdi. Unda davlatimiz rahbarining ayni shu murakkab 
tarixiy davrda so‘zlagan ma’ruza va nutqlari, suhbat, maqola va intervyulari o‘rin 
olgan /1/. 
Ushbu kitobdan o‘rin olgan chiqishlarning ahamiyatga loyiq g‘oyat muhim 
jihati shundaki, ularda muallif doimo o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘yib, marrani 
baland olib faoliyat yuritgani alohida ko‘zga tashlanadi. Yurtimizdagi mavjud 
holatini shunchaki nomiga emas, aksincha, tubdan o‘zgartirish, O‘zbekistonni 
nafaqat iqtisodiy, balki tom ma’nodagi suveren va mustaqil, kelajagi buyuk 
davlatga aylantirish, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lib, 
dunyo hamjamiyatidan mustahkam o‘rin egallash, xalqimiz uchun dunyoda hech 
kimdan kam bo‘lmagan hayot sharoitlari yaratishdek bugungi kunda real voqelikka 
aylangan ulug‘ maqsadlarni bu mard va jasur inson o‘sha yillardayoq ko‘ngliga jo 
etib, shu yo‘lda butun borlig‘i bilan intilib yashaganini ana shu chiqishlar isbotlab 
turibdi. 
Yuqoridagilarni amaldagi isboti sifatida Muhtaram Prezidentimiz Islom 
Karimovning 
mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari 
va 2014 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor 
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida 
quyidagilar ta’kidlab o‘tildi.



Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o‘sdi, sanoat mahsulotlari 
ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq xo‘jaligi – 6,8 foizga, chakana savdo 
aylanmasi – 14,8 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi prognoz ko‘rsatgichidan past 
bo‘ldi va 6,8 foizni tashkil etdi.
Yurtimizda qabul qilingan 2011-2015 yillarda sanoatni ustuvor darajada 
rivojlantirish dasturi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik yangilashga doir tarmoq dasturlarining izchil amalga oshirilishi 
natijasida sanoat tarkibida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan, raqobatdosh 
mahsulotlar tayyorlayotgan qayta ishlash tarmoqlarining o‘rni tobora ortib 
bormoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat 
mahsulotlarining 78 foizdan ortig‘i aynan ana shu tarmoqlar hissasiga to‘g‘ri 
kelmoqda.
2013 yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2000 yilga 
nisbatan 2,3 barobar ko‘paydi. Faqat o‘tgan yilning o‘zida qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari ishlab chiqarish 6,8 foizga, jumladan, dehqonchilik – 6,4 foizga, 
chorvachilik – 7,4 foizga o‘sdi.
Qishloq xo‘jaligining o‘zida keng ko‘lamli o‘zgarishlar va sifat jihatdan 
yangilanishlar yuz bermoqda. Yurtimizda ekin maydonlarini optimallashtirish va 
qishloq xo‘jaligi ekinlarini rayonlashtirish borasida har tomonlama puxta 
o‘ylangan siyosat olib borilayotgani eng muhim xomashyo va eksportbop mahsulot 
bo‘lmish paxta yetishtirishning nisbatan barqaror hajmini saqlagan holda, boshqa 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni bir necha barobar ko‘paytirish 
imkonini berdi. Eng muhimi, xalqimizni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘liq 
ta’minlashga zamin tug‘dirdi, kerak bo‘lsa, ularni chet mamlakatlarga eksport 
qilishga imkon bermoqda. Xususan, g‘alla yetishtirish 2000 yilga nisbatan 2 
barobar, kartoshka – 3,1 marta, sabzavot – 3,2 barobar, uzum – 2 marta, go‘sht va 
sut – 2,1 karra, tuxum – 3,4 barobar oshdi.
O‘tgan 2013 yilda mirishkor dehqon va fermerlarimizning fidokorona 
mehnati bilan misli ko‘rilmagan natijalarga erishildi – 7 million 800 ming tonna 
g‘alla, 8 million 400 ming tonna sabzavot yetishtirildi. Mamlakatimizning ulkan 



xirmoniga 3 million 360 ming tonnadan ortiq paxta xomashyosi yetkazib berildi 
/ 2 
/. 
Agrar sohada ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, uning moddiy - texnik 
bazasini rivojlantirish ilmiy-texnik taraqqiyotning asosiy omillaridan biri 
hisoblandi. Qishloq va suv xo‘jaligi tizimini boshqarishning texnik jixatlarini, 
bugungi kunda, energiyaning eng qulay, shu bilan birga noyob turi hisoblangan 
elektr 
energiyasisiz, 
va 
o‘z navbatida ishlab chikarish jarayonlarini 
avtomatlashtirishsiz tasavvur etish qiyin.
Qishloq va suv xo‘jaligidagi ko‘plab tarmoqlarda qo‘llanilayotgan ilg‘or 
texnologiyalar ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlaridan 
foydalanishni talab qiladi. Shuning uchun soha bo‘yicha tayyorlanayotgan 
mutaxassislar avtomatika asoslari, texnik vositalari, funktsional elementlari, 
avtomatik nazorat, avtomatik rostlash, avtomatik boshqaruv tizimlari, operativ 
xizmat tarmog‘i xamda kishlok xujaligi ishlab chikarish jarayonlarini 
avtomatlashtirish haqida maxsus bilimga ega bo‘lishlari zarur. 

Download 8.51 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Download 8.51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomatika asoslari va ishlab cнiqarisн jarayonlarini avtomatlasнtirisн

Download 8.51 Mb.
Pdf ko'rish