– Ma’ruza: O’lchash axborotlariga ishlov berish asoslari




Download 14.45 Mb.
bet24/128
Sana28.02.2023
Hajmi14.45 Mb.
#43730
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   128
Bog'liq
РАҚАМЛИ БОШҚАРИШ ТИЗИМЛАРИ УМК 2018 237 БЕТ
1 тест, O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo’nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari, 18 маъруза, 22-32, 2-ЛАБОРАТОРИЯ, Nasos stansiyalarini tasniflash, ochiq dars ishlanma 5-sinf, Расписания АРТ апрел, Mavzu Go\'daklik davrida psixik rivojlanishda kattalar bn emotsi-fayllar.org, mustaqil ta\'lim BT sirtqi 2-kurs (96 soat), Tadqiqotlari, 1-topshiriq rgb-yorug’lik diodi. Impuls kengligining mo, Tcpip protokoli tarixi, labaratoriya 4 linux server

11 – Ma’ruza: O’lchash axborotlariga ishlov berish asoslari.


Zamonaviy AO‘Т, ularning funksional qismlari (FQ) orasida axborot signallari almashish usullariga qarab markazlashtirilmagan va markaz-lashtirilgan AO‘Т ga bo‘linadi. Markazlashtirilmagan boshqarishga ega bo‘lgan AO‘Т da axborot har bir 209 FQ yordamida ketma-ket o‘zgartiriladi. (Rasm). Bunday AO‘Т sodda va arzon bo‘lsa-da, imkoniyatlari chegaralangan.



Markazlashtirilmagan AO‘Т struktura sxemasi
Markazlashtirilgan AO‘Т da bitta alohida boshqarish qurilmasi – kontroller mavjud bo‘lib, ma’lum dastur bo‘yicha barcha FQ ish faoliyati vaqt bo‘yicha moslashtirilib turiladi. Bu turdagi AO‘Т magistral va radial tizimlarga bo‘linadi. Magistral strukturali AO‘Т da (Rasm) FQ ish faoliyati bir vaqtda boshqariladi. Magistral sxema yordamida kontrollerdan nafaqat boshqaruvchi signal, balki uning manzili (adresi) ham uzatiladi. Radial AO‘Т da (5.3- rasm) FQ ning o‘zaro aloqasi kontroller ishlab chiqaradigan boshqaruvchi signal yordamida amalga oshiriladi. Bu turdagi AO‘Т da ehtiyojga qarab FQ soni oshirilishi mumkin. Biroq, bu butun tizimni ishlash jarayoniga salbiy ta’sir etadi. Radial-magistral strukturali sxemalar axborotni o‘zgartirish tezligi AO‘Т ning axborot hajmlari va o‘zgartirish tezligini oshirishga imkoniyat beradi.

Magistral AO‘T struktura sxemasi

Radial AO‘T struktura sxemasi
AO‘Т ni kelajakda takomillashtirish mikroprotsessor va mikro EHM larni qo‘llash, ya’ni o‘lchash-hisoblash majmualarini yaratishni taqozo etadi. Energetik sistemalarda murakkab hisoblash va mantiqiy masalalarni yechish lozim bo‘lgani uchun axborot hisoblash kompleksi tarkibida murakkab mikroprotsessor sistemalari qo‘llaniladi.
O‘lchash vositalaridan farqli o‘laroq, ТO‘Т ning aloqa kanallariga tashqi omillar ta’siri ko‘proq bo‘ladi. Tashqi omillar asosan uch xil bo‘lib, ular:
1) fluktatsion – amplitudasi va vaqt intervali har xil bo‘ladigan impulslar;
2) sinusoidal – sanoat qurilmalari va tarmoqlaridan induksiyalangan signallar;
3) impulsli – atmosferada sodir bo‘ladigan hodisalar, har xil elektr qurilmalardan hosil bo‘ladigan amplitudasi va vaqt oralig‘i turlicha bo‘lgan impuls signallar. Bu omillar ta’sirida qo‘shimcha xatoliklar yuzaga keladi.
Analog ТO‘Т (AТO‘Т). AТO‘Т da o‘lchanayotgan kattalik uzluksiz elektr signalga aylantirilib, aloqa kanali orqali o‘lchash vositalari (O‘V) ga uzatiladi. AТO‘Т da axborot tok, kuchlanish, chastota va faza o‘zgarishi orqali uzatiladi. Тokli AТO‘Т da axborot o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan tok ko‘rinishida uzatiladi. Kuchlanishli AТO‘Т da aloqa kanalida tok kamayishi tufayli signalni uzoq masofaga uzatish birmuncha qiyin. Тokli AТO‘Т kompensatsiyali va nokompensatsiyali turlarga bo‘linadi. Impulsli ТO‘Т. Bunday ТO‘Т da AТO‘Т dan farqli o‘laroq, o‘lchanayotgan kattalik avval proporsional vaqt oralig‘iga o‘zgartiriladi.
Impulsli ТO‘Т da oralig‘i turlicha bo‘lgan har xil o‘lchash kattaliklarini uzatish imkoniyati mavjud. Ko‘p kanalli ТO‘Т shu prinsipda ishlaydi. O‘lchanayotgan kattalik impulsning qaysi parametriga o‘zgartirilishiga qarab, impulsli ТO‘Т vaqt-impulsli, amplituda- impulsli va axborot uzatish qobiliyati yuqori bo‘lgan impuls-chastotali ТO‘Т ga bo‘linadi. Raqamli ТO‘Т. Bunday ТO‘Т da signal aloqa liniyasi orqali impulslarning ma’lum kombinatsiyasi uzatiladi. Raqamli impulsli ТO‘Т dan farqi shundaki, o‘lchanayotgan kattalik raqamli kodga almashtiriladi. Bunda ko‘pincha ikki-o‘nlik sanoq tizimi qo‘llaniladi.
Raqamli o‘lchash axborotini uzatishda tashqi muhit ta’sirini kamaytirish uchun xatolarni izlaydigan va to‘g‘rilaydigan raqamli kodlardan foydalaniladi. Lekin bunday usulni qo‘llash apparaturaning murakkablashib narxining qimmatlashishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda xatolarni izlaydigan va ularni mikroprotsessorli vositalar yordamida to‘g‘rilaydigan maxsus dasturlar mavjud.
Axborot-o‘lchash tizimlari bajaradigan funksiyalar
Releli himoya – asosiysi va zaxiradagi, teleulab-uzish, elektr shignallarining himoyasi va boshqalarni nazorat etish;
– normal rejimlardan farq qiladigan rejimlarni boshqarish – kuchlanishni avtomatik boshqarish, reaktiv quvvatlarni avtomatik boshqarish, o‘ta yuklanishdan va anormal rejimlardan himoyalash, zaxirani, ya’ni rezervni avtomatik qo‘shish;
– avtomatik boshqarish – tezkor avtomatik qayta ulash, sekin avtomatik qayta ulash, kommutatsiyali apparatlarni dasturiy ulash;
– jihozlarni boshqarish – energoobyektning birlamchi sxemasini displeyda tasvirlash, tezkor qayta ulashlar, elementlarni tanlash, avariya va avariyaoldi signallariga ishlov berish, generatorlarini sinxronlash;
– o‘lchashlar – sarflanayotgan elektr energiyani o‘lchash, boshqa elektr o‘lchashlarni olib borish va hokazo;
– nazorat etish va ro‘yxatlash – shikastlangan joyni topish, o‘tkinchi va avariya jarayonlarini yozib olish, sxemani nazorat etish, rejimlarni tahlil etish, parametrlarni ro‘yxatlash va hokazo;
– texnikaviy funksiyalar – qabul qilish sinovlari, texnikaviy tashxis va hokazolar.
Informatsiyani uzatish struktura sxemasidan ko‘rinib turibdiki, har qanday masalani hal qilish uchun kerak bo‘lgan barcha ma’lumotlarni olish mumkin. Nimstansiyalarni aniq boshqarish uchun barcha bajariladigan funksiyalarning ishonchliligi 98-99 foizdan kam bo‘lmasligi zarur. Тurli sistemali o‘lchov asboblarining natijaviy xatoligi 1 foizdan ko‘p bo‘lmasligi lozim.

Download 14.45 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   128




Download 14.45 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



– Ma’ruza: O’lchash axborotlariga ishlov berish asoslari

Download 14.45 Mb.