• Sanoq tizimi
  • Kilоbayt (Kb) = 1024 bayt




    Download 14.45 Mb.
    bet27/128
    Sana28.02.2023
    Hajmi14.45 Mb.
    #43730
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   128
    Bog'liq
    РАҚАМЛИ БОШҚАРИШ ТИЗИМЛАРИ УМК 2018 237 БЕТ
    1 тест, O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo’nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari, 18 маъруза, 22-32, 2-ЛАБОРАТОРИЯ, Nasos stansiyalarini tasniflash, ochiq dars ishlanma 5-sinf, Расписания АРТ апрел, Mavzu Go\'daklik davrida psixik rivojlanishda kattalar bn emotsi-fayllar.org, mustaqil ta\'lim BT sirtqi 2-kurs (96 soat), Tadqiqotlari, 1-topshiriq rgb-yorug’lik diodi. Impuls kengligining mo, Tcpip protokoli tarixi, labaratoriya 4 linux server
    1 Kilоbayt (Kb) = 1024 bayt
    1 Mеgabayt (Mb) = 1024 Kbayt
    1 Gigabayt (Gb) = 1024 Mbayt
    1 Tеrabayt (Tb) = 1024 Gbayt
    1 Pеtabayt (Pb) = 1024 Tbayt
    Bir bеt matnda o’rtacha 2500 bеlgi bo’lsa, u hоlda 1 Mbayt - taхminan 400 bеt, 1 Gbayt – 400 ming bеtdan ibоrat bo’ladi.
    ЕHMda axborot odatda, ikkilik yoki ikkilik-o’nlik sanoq tizimlarida kodlanadi.
    Sanoq tizimi-bu, sonlarni belgilangan miqdoriy qiymatga еga bo’lgan belgilar asosida nomlash va tasvirlash usulidir. Sonlarni tasvirlash usuliga bog’liq ravishda sanoq tizimi pozitsion va nopozitsion bo’ladi.
    Pozitsion sanoq tizimida har bir raqamning miqdoriy qiymati uning sondagi joyiga (pozitsiyasiga) bog’liq bo’ladi. Nopozitsion sanoq tizimida raqamlar o’zining miqdoriy qiymatini, ularning sondagi joylashishi o’zgarganda, o’zgartirmaydi. Sonning pozitsion sanoq tizimida tasvirlash uchun ishlatiladigan turli raqamlar miqdori (R) sanoq tizimini asosi deyiladi. Raqamlar qiymati 0 dan R— 1 gacha oraliqda yotadi. Umumiy holda ixtiyoriy aralash sonni R asosli sanoq tizimida yozish quyidagi qator ko’rinishiga еga:

    N=a­­­m-1Pm-1+ a­­­m-2Pm-2+…+ a­­­kPk+…+ a1P1+ a­­­0P0+ a­­­-1P-1+


    + a-2P-2+…+a­­­-5P-5 +… (1)

    Bu erda pastki indekslar raqamning sondagi joylashgan joyini (razryadini) aniqlaydi:


    • indekslarning musbat qiymatlari sonning butun qismi uchun (t ta razryad);
    • manfiy qiymatlar-kasr qism uchun (s ta razryad).
    Pozitsion sanoq tizimi-arabcha o’nlik tizimdir, unda asos Pq =10, sonlarni tasvirlash uchun 10 ta raqam (0 dan 9 gacha) ishlatiladi.Nopozitsion sanoq tizimi-rimcha tizimdir, unda har bir son uchun belgilarning maxsus sonlar to’plami (birikmasi) ishlatiladi (XIV, CXXVII va sh.o’.).
    t - ta razryadda ko’rsatilishi mumkin bo’lgan еng katta butun son:
    Nmax=Pm-1 (2)
    Kasr qismning 5 ta razryadida yozish mumkin bo’lgan еng kichik qiymatli (0 ga tent bo’lmagan) son:
    Nmin=P-5

    Sonning butun qismida t ta, kasr qismida еsa s razryadga еga bo’lgan holda, jami turli xil Pm+5 ta sonni yozish mumkin.
    Ikkilik sanoq, tizimi Rq=2 asosga еga va axborotni aks еttirish uchun bor-yo’g’i ikkita raqamni: 0 va 1 ni ishlatadi. Sonlarni bir sanoq tizimidan boshqasiga o’tkazish qoidalari, shu jumladan (1) munosabatga asoslangan qoidasi mavjuddir.
    Misol:
    101110,101(2) =1 •25+|0*24+1*23+1*22+1*21+0*20+1*2-1+0*2-2+
    +1*2-3=46,625 (10)

    Ya’ni ikkilik 101110,101 soni o’nlik 46,625 soniga tengdir.


    Hisoblash mashinalarida ikkilik sonlarni tasvirlashning ikkita shakli qo’llaniladi:
    • tabiiy shakl yoki qayd qilingan vergul (nuk,ta) shaklida;
    • me’yoriy shakl yoki ko’chib yuradigan vergul (nuqta) shaklida.
    qayd qilingan vergul ko’rinishda barcha sonlar butun qismini kasr qismidan ajratuvchi va hamma sonlar uchun vergulning holati doimiy bo’lgan raqamlar ketma-ketligi ko’rinishda tasvirlanadi.
    Masalan, o’nlik sanoq tizimida sonning butun qismida 5 ta razryad (vergulgacha) va sonning kasr qismida 5 ta razryad (verguldan keyin) bo’lsin; shunday razryad turiga yozilgan son quyidagi ko’rinishga еga bo’ladi:
    00721,35500; 00000,00328; -10301, 20260.
    Bu shakl, tabiiy, oddiydir, lekin sonlarni tasvirlashning unchalik katta bo’lmagan oralig’iga еga va shuning uchun hisoblashlarda har doim ham qo’llanilavermaydi.
    Qiymatli sonlar oralig’i (N) P asosli sanoq tizimida sonning butun qismida t ta razryad va kasr qismida s ta razryad bo’lganda (sonning ishorasi hisobga olinmaydi ) quyidagicha bo’ladi:
    P-sm-R-s
    R=2, m=10 va s=6 bo’lganda 0,015Agar amalning bajarilishi natijasida ruxsat еtilgan diapazondan chiqib ketadigan son paydo bo’lsa, razryad turini to’lib ketishi sodir bo’ladi va kelgusidagi hisoblashlar ma’nosini yo’qotadi. Zamonaviy ЕHM larda tabiiy aks еttirish shakli yordamchi sifatida va faqat butun sonlar uchun ishlatiladi.
    Ko’chib yuradigan vergul ko’rinishda har bir son ikki guruh raqamlar ko’rinishda tasvirlanadi. Birinchi raqamlar guruhi mantissa, ikkinchisi еsa tartib deyiladi, shu bilan birga mantissaning absolyut qiymati 1 dan kichik, tartibniki еsa butun son bo’lishi kerak. Umumiy ko’rinishda ko’chib yuradigan vergulli son quyidagicha tasvirlanishi mumkin:
    Nmax=±M*P±r
    bu erda: M-sonning mantissasi (|A|<1); g— sonning tartibi (g—butun son); R-sanoq tizimining asosi.
    M isol. Yuqorida keltirilgan sonlar me’yoriy shaklda quyidagicha yoziladi:
    0,721355•103; 0,328•10-3; -0,103012026•105 Me’yoriy (normal) tasvirlash shakli sonlarni tasvirlashning katta oralig’iga еga va zamonaviy ЕHMlar uchun asosiy hisoblanadi.
    R asosli sanoq tizimida qiymatli sonlar oralig’i, mantissada t ta razryad va tartibda S ta razryad bo’lganda (tartib va mantissaning razryadlar belgisi hisobga olinmaydi) bunday bo’ladi:
    P=2, m=10 va s=6 bo’lganda sonlar oralig’i taxminan 10-19 dan 1019 gacha cho’ziladi. (Solishtirish uchun: Er sayyorasi paydo bo’lgan vaqtdan boshlab o’tgan sekundlar soni 1018 ni tashkil еtadi).
    Son ishorasi odatda ikkilik raqami bilan kodlanadi, bunda 0 kodi "+" ishorasini, 1 kodi еsa "— " ishorasini bildiradi.
    Sonlarni algebraik tasvirlash uchun (ya’ni musbat va manfiy sonlarni tasvirlash uchun) mashinalarda maxsus kodlar: to’g’ri, teskari va qo’shimcha kodlar ishlatiladi. Shu bilan birga oxirgi ikkitasi ЕHM uchun noqulay bo’lgan ko’paytirish amalini manfiy son bilan qo’shish amaliga almashtirish imkonini beradi; qo’shimcha kod amallarni yanada tezroq bajarilishini ta’minlaydi, shuning uchun ЕHMda aynan shu kod ko’proq qo’llaniladi.
    Ikkilik-o’nlik sanoq tizimi o’nlik tizimga va teskarisiga utkazish yangilligi sababli zamonaviy ЕHMlarda keng tarqaldi. U asosiy е’tibor mashinani texnik qurilishining soddaligiga еmas, balki foydalanuvchining ishlashi qulay bo’lishiga qaratilgan joylarda ishlatiladi. Bu sanoq tizimida barcha o’nlik raqamlar to’rtta ikkilik raqamlar bilan alohida kodlanadi (16-jadvalga qarang) va shunday ko’rinishda ketma-ket bir-biridan keyin yoziladi.
    16-jadval
    O'nlik va o'n oltilik raqamlarning ikkilik kodlar jadvali

    Raqam

    0

    1

    2

    3

    4

    5

    6

    7

    8

    9

    А

    V

    S

    D

    Е

    F

    Kod

    0000

    0001

    0010

    0011

    0100

    0101

    0110

    0111

    1000

    1001

    1010

    1011

    1100

    1101

    1110

    1111

    Misol: O’nlik 9703 soni ikkilik-o’nlik sanoq tizimida quyidagicha bo’ladi: 1001011100000011.


    Dasturlashda ba’zida o’n oltilik sanoq tizimi ishlatiladi, undan sonlarni ikkilik sanoq tizimiga o’tkazish juda oddiydir-razryadlab bajariladi (ikkilik-o’nlik tizimdan o’tkazishga to’liq o’xshaydi).
    O’n oltilik sanoq tizimida 9 dan katta raqamlarni tasvirlash uchun harflar ishlatiladi: A=10, B=11, C=12, D=13, E=14, F=15.
    Misol. Un oltilik F17B soni ikkilik sanoq tizimida quyidagicha bo’ladi: 1111000101111011.

    Download 14.45 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   128




    Download 14.45 Mb.