|
Integratsiyaning birinchi darajasi
|
bet | 48/128 | Sana | 28.02.2023 | Hajmi | 14.45 Mb. | | #43730 |
Bog'liq РАҚАМЛИ БОШҚАРИШ ТИЗИМЛАРИ УМК 2018 237 БЕТ 1 тест, O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo’nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari, 18 маъруза, 22-32, 2-ЛАБОРАТОРИЯ, Nasos stansiyalarini tasniflash, ochiq dars ishlanma 5-sinfIntegratsiyaning birinchi darajasi – kanal hosil qiluvchi va kommutatsion apparaturalarning tobora uyg`unlashishi (yaqinlashishi), ya`ni bu apparaturalarni tuzishda ishlash yagona printsiplarini qo`llash (signallarni vaqt bo`yicha ajratish); yagona element baza - O`KIS (o`ta katta integral sxemalar) gacha bo`lgan o`rta va katta darajada integratsiyalangan IMS lar, masalan, bitta kristalli EHM; umumiy boshqarish qurilmalari – maxsuslashtirilgan yoki universal EHM; ichki qurilgan o`zini - o`zi nazorat qilish va diagnostikalash tizimlari keng qo`llangan ekspluatatsiyalash.
Hozirgi kunda integratsiyaning bu darajasiga ko`p jihatdan erishilgan. IKM turidagi uzatish tizimlari, shuningdek vaqtli kommutatsiya prinsipidagi kommutatsion apparaturalar.
Integratsiyaning ikkinchi darajasi – turli xildagi xabarlarni (nutq, ma`lumot-lar) yagona diskret (raqamli) shaklda uzatishni ta`minlaydigan raqamli aloqa tar-moqlarini yaratish. Darhaqiqat, ma`lumotlar uzatish (MU) uchun keng qo`llanila-digan tonal chastota (TCh) kanallari signallarni diskret ko`rinishda uzatish imkoni-ni bermaydi (spektrlar moslashgan emas). Shuning uchun diskret signallar avval analog signallarga aylantiriladi, ularning spektri talab qilingan chastotalar soxasiga ko`chirtiriladi, analog signallar TCh kanallari bo`yicha uzatiladi, so`ngra yana analog shakl diskret shaklga aylantiriladi. Bu funktsiyalarni 11 modem bajaradi.
Integratsiyaning uchinchi darajasi – xizmati integratsiyalangan yagona raqamli tarmoqni yaratish, u nafaqat turli ko`rinishdagi xabarlarni uzatibgina qolmasdan, balki keng doirada xiz-matlarni taqdim etadi, jumladan – dialog, hujjatlilik, grafik axborotlarni uzatish va qabul qilish.
Hisoblash texnikasi va aloqa texnikasi vositalarining rivojlanish tendensiyalaridan, shuningdek element bazalarining evolyutsiyasidan kelib chiqib, IXKRT bir qator ketma-ket rivojlanish bosqichlari:
0 – bosqich. Turli ko`rinishdagi xabarlar (nutq, ma`lumotlar, grafik axborotlari), shuning-dek xar xil xizmatlar (dialog, xujjatlilik va boshqalar) uchun bo`lak tarmoqlar mavjud bo`lgan.
|
| |