– Modul. Texnologik jarayonlarni boshqarishning integratsiyasi




Download 14.45 Mb.
bet68/128
Sana28.02.2023
Hajmi14.45 Mb.
#43730
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   128
Bog'liq
РАҚАМЛИ БОШҚАРИШ ТИЗИМЛАРИ УМК 2018 237 БЕТ
1 тест, O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo’nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari, 18 маъруза, 22-32, 2-ЛАБОРАТОРИЯ, Nasos stansiyalarini tasniflash, ochiq dars ishlanma 5-sinf, Расписания АРТ апрел, Mavzu Go\'daklik davrida psixik rivojlanishda kattalar bn emotsi-fayllar.org, mustaqil ta\'lim BT sirtqi 2-kurs (96 soat), Tadqiqotlari, 1-topshiriq rgb-yorug’lik diodi. Impuls kengligining mo, Tcpip protokoli tarixi, labaratoriya 4 linux server

8 – Modul. Texnologik jarayonlarni boshqarishning integratsiyasi

25 - Ma’ruza : Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarining integratsiyasi


Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish — texnika taraqqiyotining aso-siy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ilmiy tadqiqotlarga tobora kengroq kirib borib, fan va texnikani rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek, inson boshqarishga qodir bo’l-magan yangi, yuqori intensiv jarayonlarni amalga oshirish, tabiatda ma’lum bo‘lmagan yangi, samarali materiallarni yaratish imkonini beradi.
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish — uzluksiz rivojlanuvchi tizim bo‘lib, u ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari va fan-texnikaning ko‘pchilik sohalari bi-lan uzviy bog‘langandir. Ishlab chiqarishni avtom atlashtirishda yuqori samaradorlikka erishish-ning bevosita sharti — asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash hi-soblanadi.
Avtomatlashtirishni rivojlantirish jarayoniga quyidagi ko‘p sonli qonuniy va tasodifiy omillar ta’sir ko‘rsatadi: texnologiya va qurilmaning holati hamda avtomatlashtirishga tayyor-garligi, xomashyo, yarimtayyor mahsulotlar va energetik resurslarning sifati hamda barqarorligi, xodimlarning malakasi, ishchi va mutaxassislar faoliyatini tashkil etish va hokazo. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish faqat ishlab chiqarish texnikasini takomillashti-rish hamda mehnat sharoitlarini yaxshilash bilangina emas, balki ishlab chiqarish rentabelligini oshirish, birlik mahsulotga ketadigan moddiy va mehnat xarajatlarini pasaytirib, uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini orttirish bilan bog‘liq.
Iqtisodiy omillar avtomatlashtirish obyektini tanlab olishda asosiy omil hisoblanadi. Sanoat-da avtomatlashtirishning iqtisodiy samaradorligini orttirish omillari juda ko‘p. Hozirgi sharoitda avtomatlashtirishning iqtisodiy samaradorligiga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar sonini kamaytirish hisobigagina erishishga ko‘p hollarda imkon bo‘lmaydi, chunki zamonaviy zavodlar, korxonalar, bo‘linmalarga nisbatan kam miqdordagi odamlar bilan xizmat ko‘rsatiladi. Shuning uchun iqtiso-diy samaradorlikni oshirish omillariga quyidagilarni kiritish mumkin: mahsulot sifatini oshirish, xomashyo va turli xil energiya sarfini, ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytirish, ishlab chiqa-rish ritmini oshirish, mehnat unumdorligini va chiqarilayotgan mahsulot hajmini oshirish, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar mehnat sharoitini ishlab chiqarishda kishilarning hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan hududlardagi zararli ishlarni yo‘qotish hisobiga yaxshilash. Loyihalanayotgan va qurilayotgan yangi ishlab chiqarish korxonalarida avtomatlashtirish texnologiya bilan uzviy ra-vishda bog‘lanishi kerak. Jadal texnik taraqqiyot tufayli ,,yosh“ ishlab chiqarish ma’lum davrdan so‘ng eskiradi va yangilashni talab qiladi, shu jumladan, amaldagi texnologik jarayonlarni nazo-rat qilish va avtomatlashtirish tizimlarini yanada zamonaviy hamda takomillashganlari bilan al-mashtirishni talab qiladi.
Amaldagi ishlab chiqarish korxonalaridagi avtomatlashtirish tizimlarini takomillashtirishda, shuningdek, texnologiya va jihozlarni yangilashda mustaqil iqtisodiy baho-lashlar bo‘lishi mumkin. Texnologik jarayonlarning murakkablashuvi va jadallashuvi tufayli zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini boshqarish ularni mikroprotsessor texnikasi va boshqa-ruvchi hisoblash texnikasini qo‘llab, keng avtomatlashtirish asosidagina samarali bo‘lishiga eri-shiladi. Avtomatlashtirish talablari texnologik jarayonlar loyihalanayotgan bosqichdayoq hisob-ga olinganda — avtomatlashtirish katta samara beradi. Yuqorida aytilganlardan, texnologik jara-yonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirishning ilmiy-texnik, iqtisodiy jihatlari sanoat taraqqiyo-tini, mehnatkashlarning madaniyati va turmush darajasini ko‘tarishni ta’minlashda katta ahami-yatga ega boiishi kelib chiqadi. Biroq, sanoatni avtomatlashtirishda muvaffaqiyatga erishishning muhim sharti — oliy ta’lim muassasalarida, loyiha institutlarida va ishlab chiqarishni avtomat-lashtirish masalalarini yuqori ilmiy-texnik darajada hal qilishga qodir korxonalarda avtomatika bo‘yicha ko‘p sonli malakali kadrlar, mutaxassislar yetishtirishdan iborat. Hozirgi kunda respub-likamizdagi oliy o‘quv yurtlarida olib borilayotgan tadbirlarning asosiy maqsadi — mutaxassis-lar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashdir. Bu ishlarni jadallashtirishda ta’lim, fan va ishlab chi-qarishning uzviy aloqada boiishi asosiy omildir. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avto-matlashtirish bo‘yicha muhim vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun yuqori malakali kadrlar kerak. Bunday kadrlar tubdan yangi ilmiy g‘oyalarga va yuksak texnik yechimlarni hal etish, o ‘z ona tili — davlat texnologik jarayonlar haqida texnika tilida tushunarli gaplasha olish va yuksak saviyada yozishmalar olib bora olish qobiliyatiga ega bo’lishlari zarur.
Xalq xo‘jaligini fan –tex-nika taraqqiyoti asosida jadallashtirish — bozor iqtisodiyoti sharoitidagi muhim vazifalardan hi-soblanadi. Bu ulkan ishlarni bajarish kadrlarning malakasiga bog’liqdir. Xalq xo‘jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda „Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashti-rish’’ fani katta ahamiyatga ega.Bu fan talabalarga o‘z ixtisosliklarini nazariy jihatdan chuqur egallashga, ularning bilimlarini mustahkamlashga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va texnologik jarayonlardan unumli foydalanish yoilarini o‘rgatadi.
Avtomatlashtirish borasida eng mas’uliyatli ishlar esa, shubhasiz, kadrlar zimmasiga tushadi. Bugungi kun kadrlari yangi texni-ka va texnologiyadan foydalanish,texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni keng joriy etishga, ishlab chiqarish zaxiralarini aniqlash va uni jadallashtirishga, o‘z ona tili — Davlat tilini yuksak texnika va texnologiya saviyasi darajasida bilishga qodir bo’lishlari kerak. Shuning uchun texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish asoslarini shu soha mutaxassislarigina emas, balki texnolog-konstruktorlar, iqtisodchilar va boshqalar ham bilishlari muhim.
TJABTni yaratish va joriy qilish murakkab va mehnattalab jarayon. Bu boshqarishning ilg‘or va rnurakkab uslublarini joriy qilish, TJABT ning ko‘p komponentliligi, ayrim ta’minotlar-ni ishlab chiqishda yondashishning tizimliligi, qo‘yilgan vazifalarning va texnik vositalar maj-muasining murakkabligi bilan izohlanadi. Vazifani shu narsa ham murakkablashtiradiki, bunda mazkur turdagi tizim larni ishlab chiqishda yangi texnikani joriy qilishning odatdagi sxemasidan foydalanib bo‘lmaydi: tajriba namunasini yaratish, uning ish xususiyatini, loyihani tekshirish na-tijalariga ko‘ra tuzatish, oxirgi variantni yaratish. Avtomatlashtirilgan texnologik kompleks (ATK) ishga tushirilmaguncha boshqaruv tizimining ish xususiyatini umuman tekshirish mum-kin emas. Bu TJABT ni ishlab chiqishda dastlabki qarorlarning javobgarligini orttiradi. TJABT va BTO ning birgalikda amal qiluvchi to‘plami(majmuasi) avtomatlashtirilgan texnologik komp-leks (ATK) deyiladi. BTOda vaqt o'tishi bilan muhim o‘zgarishlar yuz bergani sababli katta mu-rakkabliklar yuzaga keladi, bu esa boshqarishning joriy etilgan vazifalarini amonaviylashtirishni taqozo etadi. TJABT ning o ‘zi ham takomillashtiriladi — kelajakda TJABT normal ishlashi uchun boshqarish vazifalari ortadi va o‘zgaradi, ATK evolutsiyasi oldindan rejalashtirilishi ke-rak, bu qo‘shimcha qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Yuqorida sanab o ‘tilganlarning hammasi TJABT ni yaratishning umumiy prinsiplariga majburan rioya qilishni talab qiladi. Ularni qarab chiqamiz. Yangi vazifalar prinsipi shundan iboratki, bunda TJABT ni tadbiq qilishda boshqaruv hisoblash kompleksi (BHK)ga azaldan an’anaga kirib qolgan boshqarish vazifalarini rad etish mumkin emas; ularni hisoblash texnikasining imkoniyatlarini hisobga olgan holda takomillashti-rish kerak. Buning uchun mehnat, moddiy va energetik resurslarni aniqlash maqsadida BTO ni mufassal tahlil qilish kerak. Tahlil natijalariga muvofiq, hisoblash texnikasi yordamida hal qili-nishi mumkin bo‘lgan vazifalar ro‘yxati tuziladi. Bu masalalarning hal etilishi boshqaruvning to‘liqligini, o‘z vaqtida bo‘lganligini va optimalligini ta’minlashi kerak. Tizimli yondashish prin-sipi shundan iboratki, birinchidan, ATK ning ikkala tashkil etuvchilariga bir vaqtda (tizimli)yon-dashish; boshqarish tizimiga ikkinchi darajali deb, BTO ning ustqurmasi deb qarash kerak emas. BTO ni yaratishda uni boshqarish imkoniyatlari va zaruratini hisobga olish kerak: uni hududlar-ga ajratish, qo‘shimcha aralashtirgichlar, isitkichlar, nasoslar va hokazolar o ‘rnatish, ikkinchi-dan, TJABT ni yaratishda alohida ta ’m inotlarni ishlab chiqishga tizim li va rejali yondashish zarur. Tizimli uzluksiz rivojlantirish prinsipi shundan iboratki, bunda tizimda xotiraning zaxira-dagi hajmlari va obyekt bilan aloqa qiluvchi qurilmalar, zaxira qilib kiritilgan datchiklar va membranali ijro mexanizm (M IM ) lari bilan ifodalanuvchi uning rivojlanish imkoniyatlari kiri-tilishi kerak. Aks holda TJABT BTOning rivoji uchun to‘sqinlik qilishi mumkin. Maksimal ongli turlantirish prinsipi shundan iboratki, bunda ishlab chiqilayotgan qarorlar, o‘zgarishlar minimal bo‘lganda faqat ishlab chiqilayotgan TBO uchungina to‘g‘ri kelib qolmay, balki boshqa obyekt-lar uchun ham to‘g‘ri kelsin. Prinsipni amalga oshirishning asosiy prinsipi — tipaviy (umumiy) qarorlarni ishlab chiqish va bu qarorlardan TJABT ni ishlab chiqishda keng foydalanishdir (bu ishlab chiqishga ketadigan harajatlarni ikki marta kamaytiradi). Yagona axborot bazasi prinsipi mashinali eltuvchilarda (disklarda, tasmalarda) tizim hal qiladigan hamma masalalar uchun umu-miy axborot bazasini yaratishdan iborat. Bu bilan axborotning takrorlanishiga, turlicha tushun-chalarga (masalan, bitta kattalik bir necha m a’lumot massivlarida turli xil qiymatga ega bo‘lgan-da) chek qo‘yiladi va boshqarishning aniq vazifalari uchun ishchi massivlarining shakllanishi uchun sharoit yaratiladi. Tizimining o‘tkazish xususiyatlarining kelishilganlik prinsipi shundan iboratki, bunda tizim o‘tkazish xususiyati teng qiymatli elementlardan ishlab chiqilishi kerak. Bir tomondan, obyekt bilan aloqa qurilmasi(OAQ) datchiklar va ijro mexanizmlari soniga teng bo‘li-shi, ikkinchi tomondan, boshqaruvchi hisoblash kompleksi (BHK) ning hisoblash quvvatlariga teng bo‘lishi kerak, xotira hajmlari BTO ning axborot quwatiga mos kelishi kerak va hokazo.

Download 14.45 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   128




Download 14.45 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



– Modul. Texnologik jarayonlarni boshqarishning integratsiyasi

Download 14.45 Mb.