• 2.5 Sath olchovchi asboblar tavsifi
  • Avtomatlashtirish va boshqaruv




    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/18
    Sana23.10.2022
    Hajmi0.58 Mb.
    #27886
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
    Bog'liq
    Hisobot
    NARGIZ DARS ISHLANMA, Asror, d99b1c22-64fe-42d9-8c1f-fd372eb035db (3), word
     
     
     
     
     


     
     
     
     
     
    5311000 – Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va 
    boshqarish 
    Лист 
     
     
     
     
     
     
    Изм. Лист 
    № докум 
    Подпись Дата 
    2.5 Sath o'lchovchi asboblar tavsifi 
    Bu asboblar bilan idishdagi suyuqlik sathi o‘lchanadi. Asbobning sezgir elementa — 
    qalqovich suyuqlik sirtida qalqib turadi va suyuqlik sathi balandligidagi o‘rni unga ta’sir 
    qiladigan kuchlar muvozanatiga bog‘liq bo‘ladi. Arximed qonuniga muvofiq, qalqovich 
    og‘irligi uning suyuqlikka botgan hajmidagi suyuqlik og‘irligiga teng bo‘ladi. Undan 
    tashqari, qalqovichni o‘rab olgan suyuqlik ustidagi muhit havo bo‘lmay, zichligi ρ0 ga teng 
    bo‘lgan modda bo‘lsa, unda qalqovich hajmidagi bu modda og‘irligi ham qalqovichni 
    pastga bosadi, uning suyuqlikka botishini oshiradi.
    Qalqovichning ko‘ndalang kesimi o‘zgarmas bo‘lsa, 
    F=ρ g S X. 
    Qalqovichli sath o‘lchagichlarda doimiy va davriy cho‘kadigan (buykali) 
    qalqovichlar ishlatiladi. 
    Doimiy cho‘kadigan qalqovichli sath o‘lchagichlarda qalqovichni yuqoriga 
    ko‘taradigan muvozanatlovchi kuch qalkovich og‘irligiga teng va o‘zgarmas bo‘ladi: 
    F = G = const. 
    Bundan foydalanib, qalqovichning suyuqlikka botgan qismining balandligini topish
    muvozanatini ta’minlaydigan qalqovich suyuqlik sathi balandligiga muvofiq siljiydi. 
    rasmda shu prinsipga asosan ishlaydigan doimiy cho‘kadigan qalkovichli sath 
    o‘lchagichning oddiy sxemasi ko‘rsatilgan. Sanoatda qo‘llaniladigan ko‘pchilik sath 
    o‘lchagichlar shu sxema asosida ishlaydi. Qalqovich 1 roliklar 2 yordamida 
    muvozanatlovchi yuk 3 bilan elastik tross (po‘lag sim) orqali bog‘langan. Yuk bilan 
    biriktirilgan strelka shkala 4 ga muvofiq 
    suyuqlik sath balandligini ko‘rsatib turadi. 
    Bu o‘lchagichning asosiy kamchiligi — shkalasining teskariligi va tross 
    og‘irligining o‘zgarishi hisobga olinmasligi, baland idishlarda hisoblash qiyinlign va 
    hokazo. 
    Qalqovichli sath o‘lchagichlarning turli modifikatsiyalari mavjud Ular bir- biridan 
    tuzilishi, o‘lchash xarakteri (uzluksiz yoki qayd qiluvchi), masofaga uzatish sistemasini 
    (pnevmatik, elektr va boshkalar) ishlatish shartlari va boshqa xususiyatlari bilan farq qiladi. 
    Idishdagi suyuqlik sathining o‘zgarishiga qarab qalqovichning siljishini 
    Kamaygirish maqsadida chiziqli xarakteristikaga ega bo‘lgan davriy cho‘kadigan silindrik 
    qalqovichdan foydalanish mumkin. 
    Davriy cho‘kadigan qalqovichli sath o‘lchagichning ishlash prinsipi qalqovich (buyka) 
    massasining suyuqlikka cho‘kish chuqurligiga qarab o‘zgarishiga 
    asoslangan. 
    Bunday sath o‘lchagichlarning sezgir elementi og‘ir jism (masalan, silindr), ya’ni idish 
    ichida vertikal osilgan va nazorat qilinayotgan suyuqlikka qisman botirilgan qalkovichdan 
    iborat. Qalqovich bikirligi С bo‘lgan va kalqovichga ma’lum kuch bilan ta’sir etadigan 


     
     
     
     
     
    5311000 – Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va 
    boshqarish 
    Лист 
     
     
     
     
     
     
    Изм. Лист 
    № докум 
    Подпись Дата 
    elastik ilgakka mahkamlangan Suyuqlik sathini 00 holatdan ga orttirilsa, itaruvchi kuch 
    ortadi. Bu buyka ni x miqdoricha ko‘tarishga olib keladi, bunda uning ko‘tarilishi bilan 
    cho‘kish ko‘payadi. 
    bunda C— ilgakning bikirligi; ρj ρg — suyuqlik va gazning zichligi;
    h— buyka qalqovich ko‘nda!ang kesiminkng yuzi.
    Suyuqlik sathini masofadan o‘lchash uchun kuch kompensatsiyasi prinsipiga 
    asoslangan, o‘zgarmas tokning 0 —5 va 0 —20 mA unifikatsiyalangan chiqish signaliga 
    (UB-E tipli) yoki 20 — 100 kPa havo bosimi mo‘ljallangan (UB-P tipli) qalqovichli sath 
    o‘lchagichlarini qo‘llaniladi va qalqovichli sath o‘lchagichlarining sath o‘lchami diapazoni 
    ushbu qatordan tanlanadi: 0 — 0,25; 0,4; 0,6; 1,0; 1,6; 2,5; 
    4,0; 6,0; 10,0; 16,0 va 20 m. Aniqlik klassi 0,6; 1,0; 1,6 va 2,5 bo‘lishi mumkin. Hisob-
    kitob operatsiyalari uchun sath o‘lchagichlari asosiy xatoliklari ± 1,0 dan 10,0 mm gacha 
    (GOST 13702 — 78) bo‘ladigan qilib tayyorlanadi. 
    Agressiv suyuqliklar sathini o‘lchashda qalqovich korroziyabardosh materialdan 
    tayyorlanadi. 
    Qalqovichli sath o‘lchagichlardan katta zichlikka ega bo‘lgan (azot, neon va b.) 
    suyuqlashtirilgan gaz sathini o‘lchashda ham, 32 MPa bosimda va 400°S gacha bo‘lgan 
    temperaturada muhitni nazorat qilishda ham foydalaniladi. 
    Qalqovichli sath o‘lchagichlar ma’lum afzalliklarga ega: qurilma sodda, o‘lchash 
    diapazoni katta, aniqligi yetarlicha katta, agressiv va qovushoq muhitlar sathini o‘lchash 
    mumkin, o‘lchashning temperatura diapazoni keng. Ularni qo‘llanishni chegaralovchi 
    kamchiliklari: idishda qalqovich borligi, metall ko‘p ketishi, kinematik qismlari borligi 
    sababli yetarli mustahkam emasligi, idishlarda bosim ostida sathni o‘lchash qiyinchiliklari. 

    Download 0.58 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish