• Adobe Illustrator
  • TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI




    Download 1.7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/4
    Sana02.11.2023
    Hajmi1.7 Mb.
    #93020
    1   2   3   4
    Bog'liq
    1-mavzuga
    Суровнома ва таржимаи хол, Jaxoning Ekologiya хаvfsizligi4444, kerak, 1 - maruza. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va o‘rganish usullari., Таржимаи хол, M T T da ahloqiy tarbiya vositalari, TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um, Mavzu Paxta tozalash korxonalarining turlari, УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ТАЪЛИМ ФАН ВА ИННОВАЦИЯЛАР ВАЗИРЛИГИ ТЕРМИЗ ИКТИСОДИЁТ ВА СЕРВИС УНИВЕРСИТЕТИ, Chaqiruv qog`ozi-340191105477, A4.UZVIYLIK, A7.UZVIYLIK, M10.UZVIYLIK, ayirish sistemasi
    TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI 
    Avtomobillar va uning qismlari loyihalashda foydalanish mumkin bo‘lgan kompyuter 
    dasturlarini vazifalarni bajarish imkoniyatlari bo‘yicha quyidagicha sinflash mumkin: 
    - oson vazifalarni bajarish uchun dasturlar AutoCAD, TurboCAD, Compass; 
    - o‘rta darajadagi vazifalarni bajarish uchun dasturlar SolidWorks, SolidEdge, Inventor
    KOMPAS-3D, T-Flex, APM WinMachine, 3DS MAX, Blender; 
    - murakkab vazifalarni bajarish uchun dasturlar Ansys, Abaqus, ProEngineer, CATIA. 
    Murakkab vazifalarni bajarish uchun dasturiy mahsulotlar yordamida hisob-kitoblarni 
    bajarish va simulyatsiyalar jarayonlarini ham modellashtirish imkoniyati mavjud. 
    Avtomobil dizayni - avtomobilning tashqi ko‘rinishi va estetikasini nomoyon etuvchi
    asosiy unsurlardan biridir. Avtomobil dizaynini yaratishda loyihalash muhandislari tomonidan 
    bir qator dasturiy mahsulotlardan foydalaniladi. 
    Ko‘p funksiyali to‘plamiga ega Adobe Illustrator, sanoat namunalarida ishlash, 
    avtomobil loyihalarida foydalanish uchun Alias, avtomobil kuzovini yaratish uchun 3DS MAX
    3D grafikalar bilan ishlash uchun juda kuchli va ko‘p funksiyali Blender dasturlari shular 
    jumlasidandir.
    TADQIQOT NATIJALARI 
    Blender - bu ochiq manbali 3D dasturiy mahsulot bo‘lib, avtomobil dizaynini loyihalash 
    uchun keng ko‘lamli funksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Dastur funktsiyalari soni bo‘yicha 
    nisbatan qimmat bo‘lgan 3DS MAX va Cinema 4D-dan kam emas. Unda teksturalash, raster 
    grafik tahrirlash, suyuqlik va tutun simulyatsiyasi, zarrachalarni simulyatsiya qilish, soft bodyni 
    simulyatsiya qilish, animatsiya, match harakati, motion grafikasi, videoni tahrirlash kabi bir 
    qator amallarni bajarish imkoniyati mavjud[3].
    Dasturning ushbu imkoniyatlarini hisobga olgan holda Gazel NN avtomobil dizaynini 
    loyihalash ishlari bajarildi.
    Yangi avtomobil kuzovini ishlab chiqish jarayoni unga komponovka eskizini
    tayyorlashdan boshlanadi. Bu vazifa odatda 1:10 yoki 1:5 o‘lchamdagi masshtabda bajariladi. 
    Unda 5 va 95 persentilli manekenlarning joylashuvidan foydalanib, avtomobilning asosiy 
    dastlabki o‘lchamlari aniqlanadi (tom chizig‘ining balandligi, nisbati, umumiy o‘lchamlar, asosiy 
    o‘lchamlar, asosiy hajmlarning o‘zaro joylashishi, ularning dastlabki nisbatlari), shuningdek 
    o‘rindiqlar, eshiklar, derazalar, magistral, dvigatel va transmissiya bloklarining taxminiy 
    joylashuvi, yo‘lovchilar uchun optimal o‘tirish burchaklari va tananing asosiy o‘lchamlari va 
    shakllanish chiziqlari keltiriladi (1-rasm). 
    1-rasm.
    Avtomobil eskizi 


    SCIENCE AND INNOVATION
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
    UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
    67 
    Eskiz sxemasidan foydalanib, kerakli avtomobil proektsiyalarining chizmalari quriladi va 
    3D modellashtirish dasturiga import qilinadi (2-rasm). Shift+A tugmasi bosiladi Add Image 
    bo'limidan References tugmasi bosiladi. 
    2-rasm.
    Avtomobilning eskizlaridan foydalanib quti(sahna) hosil qilish. 
    Avtomobil proektsiyalarining chizmalari qurilib, 3D modellashtirish dasturiga import 
    qilingandan so‘ng, eskizga yuza qo‘shish vazifasi bajarib olinadi.
    3-rasm.
    Yuza qo‘shish jarayoni. 


    SCIENCE AND INNOVATION
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
    UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
    68 
    Shift+A tugmalarini bosib yuza qo‘shib olinadi. Avtomobilni loyihalash jarayonida bir 
    nechta yuzalar detallarning soniga qarab qo‘shib borilaveradi. Ushbu tekisliklarni MIRROR 
    funksiyasi bilan akslab olinishi zarur.
    4-rasm.
    Tekislikni akslantirish jarayoni. 
    Navbatdagi vazifa tekislikarda poligon(yuza) hosil qilish bo‘lib, uni CTRL+R tugmasi 
    bosish orqali bajaramiz. Ushbu tugmalar bosilgandan so’ng G+Z tugmalari bosilib tekislik z o‘qi 
    bo‘ylab tepaga ko‘tariladi. 
    5-rasm.
    Vertics(nuqtalar) koordinatalarini X,Y,Z o‘qlari bo‘ylab o’zgartirish 


    SCIENCE AND INNOVATION
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
    UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
    69 
    Tekislik X,Y,Z orqali kuzatilib, Vertics(nuqtalar) koordinatalarini X,Y,Z o’qlari bo’ylab
    o’zgartiriladi. 
    6-rasm.
    EXTRUDE E tugmasi bosilib avtomobil kuzovining tashqi ko‘rinishini hosil qilish 
    Avtomobil kuzovini hosil qilgach uning yuzalarini atrof bilan ta'sirini kuzatish, ya’ni 
    bo‘yash bajariladi.Buning uchun Materials bo'limidan Add tugmasi bosilib o'zimizga ma'qul 
    rang tanlanadi. 
    7-rasm.
    Tayyorlangan avtomobil kuzovi 


    SCIENCE AND INNOVATION
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
    UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
    70 

    Download 1.7 Mb.
    1   2   3   4




    Download 1.7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

    Download 1.7 Mb.
    Pdf ko'rish