Avtomobil yoʻli Avtomabil yo'llarini transport foydalanish




Download 162.56 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.04.2023
Hajmi162.56 Kb.
#48330
Bog'liq
Avtomobil yoʻli - Vikipediya
ЭТК тажриба Тр. Двигател, elektr ta\'minoti — копия, Документ Microsoft Word, Nomahram erkak ayol bilan doʻst boʻlishi mumkinmi (1), Turistik mahsulotni siljitish, «qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab , 2-mavzu sezgilar klassifikatsiyasi va sezgilarning o‘zgaruvchan, 196-guruh Olimboyeva Saboxon, pirimqul-qodirovning-ona-lochin-vidosi-asarida-ayol-timsoli, 14762 1 B1067005CB503C390908CA0272101C1972917BC4, 001 I kurs Geometriya 1 mavzu Eng sodda geometrik shakllar nuqta, togri chiziq va tekislik, 9-Laboratoriya ishini bajarish bo\'yicha namuna (1), 11-laboratoriya ishini bajarish bo\'yicha namuna, 1704866317


Avtomobil yoʻli
Avtomabil yo'llarini transport foydalanish
ko'rsatkichini baholash uslubi
Avtomobil yoʻli – avtomobil transporti
qatnoviga moʻljallangan muhandislik
inshooti. Avtomobil yoʻli ahamiyatiga
qarab xalqaro, davlat (respublika) va
mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan
yoʻllarga boʻlinadi. Xalqaro Avtomobil
yoʻli ga mamlakatlarni, yirik sanoat
markazlarini bogʻlovchi va katta iqtisodiy
ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kiradi.


Davlat ahamiyatidagi yoʻllarga yirik
sanoat markazlari, muhim temir yoʻl
stansiyalari, pristanlar va boshqa bilan
bogʻlovchi yoʻllar, mahalliy yoʻllarga esa
viloyat, qishloq, jamoa xoʻjaliklari yoʻllari
kiradi. Avtomobil yoʻli muhandislik
inshooti sifatida quyidagi elementlardan
tashkil topadi: yer poyi koʻtarmasi; yoʻl
toʻshamasi; qatnov qismi; yoʻl cheti; sun’iy
va chiziqli inshootlar va boshqa jihozlar.
Avtomobil yoʻli tabiiy yoki tuproq
koʻtarmasi, asos va qoplamalardan
iborat. Asos (oʻrta qatlam) qum, shagʻal,
tosh, shlak va shahrik. materiallardan
qilinadi. Avtomobil yoʻlining ahamiyatiga
qarab, quyidagi qoplama xillari ish-
latiladi: a) yer sirtiga qumoq tuproq,


shagʻal sochilgan past navli qoplamalar;
b) qoramoy shimdirilgan shagʻal yoki
may-dalangan tosh yotqizilgan
qoplamalar; v) maydalangan tosh va
shagʻalga qoramoy aralashtirilgan yengil
qoplamalar; g) asfalt-beton, sement-
beton singari kapital qoplamalar.
Yoʻllarning ken-gligi avtomobillarning ikki
va undan ortiq qator boʻlib yurishiga
imkon beradi. Bir qatorniig kengligi 3 m
gacha oli-nadi. Chekka yoʻllarning eni 2 –
2,5 m boʻladi. Harakat qulayligini
ta’minlash maqsadida ba’zan yoʻlning
oʻrtasi ma’lum kenglikda
koʻkalamzorlashtiriladi. Avtomobil yoʻli
qurilishida sun’iy inshootlar (tonnellar,
koʻpriklar, tayanch devorlar, himoya


yoʻlaklari) barpo etiladi. Avtomobil yoʻlida
suv oʻtkazuvchi va drenaj qurilmalari
boʻladi. Harakat xavfsizligini ta’min-lash
uchun yoʻl belgilari, koʻrsatkichlar, himoya
vositalari va transport oqimini boshqarish
qurilmalari oʻrnatiladi. Shuningdek,
Avtomobil yoʻlida texnika xizmati
koʻrsatuvchi stansiyalar, yonilgʻi
stansiyalari va boshqa joylashadi.Jahon
standartlari boʻyicha Avtomobil yoʻlilari
mamlakat umumiy transport tarmogʻidagi
ahamiyati va hisobiy harakat jadalli-giga
koʻra besh toifaga boʻlinadi. Eng yuqori (I)
toifadagi avtomobil yoʻlida har ikkala
yoʻnalishda oʻrtacha sutkalik harakat
jadalligi 7000 dan koʻproq avtomobilga,
hisobiy tezlik 150 km/so-atga, eng past


toifadagi yoʻlda harakat jadalligi
sutkasiga 100 ga yaqin avtomobilga va
hisobiy tezlik 60 km/so-atga
moʻljallanadi. Xalq xoʻjaligida
avtomagistrallarning ahamiyati katta.
Jahondagi Avtomobil yoʻlilarining umumiy
uz. 20,8 mln. km (qattiq qoplamalilari 14
mln. km dan ortiq, 1990). Qattiq
qoplamali Avtomobil yoʻli uzunligi (ming
km) AQShda 6243 (1986), Buyuk
Britaniyada 356, Fransiyada 741,
Germaniyada 496, Yaponiyada 782,
Hindistonda 759 (1990). 20-asr boshida
Oʻzbekistonda 27 ming km yoʻl boʻlib,
asosan ot-arava, karvon va yoʻlovchilarga
moʻljallangan, shundan faqat 2 ming km
ga shagʻal yotqizilgan edi. 1920-yilga


qadar yoʻl ishlari bilan munta-zam
shugʻullanadigan davlat tashkiloti
boʻlmagan. 1922-yil noyabrda Turkiston
mahalliy transport boshqarmasi, 1925-yil
iyunda viloyat yoʻl boshqarmalari tashkil
etildi. Boshqarmalar viloyat yoʻl qurilishi
va ulardan foydalanishga oid masalalar
bilan shugʻullangan. 1932-yildan yoʻl
qurilishida bitum va shagʻal aralashmasi
keng qoʻllanildi. 1928 – 32 yillarda
respublikada birinchi boʻlib uz. 62 km
boʻlgan qora qoplamali Buxoro –
Gʻijduvon – Qiziltepa yoʻli, soʻngra
Samarqand – Panjakent, Toshkent –
Pskent – Murotali, Qoʻqon – Shoʻrsuv –
Andijon – Kuyganyor va boshqa yoʻllar
qurildi.1929-yilda Respublika XKS


huzurida yoʻllar va avtomobil trans-porti
bosh boshqarmasi, 1930-yilda
"Oʻzyoʻlqurilishtrest" aksiyadorlik jamiyati
tashkil etildi. 1941-yil gacha uz. 708 km
boʻlgan Katta Oʻzbekiston trakti, hashar
yoʻli bilan Toʻytepa – Angren, Samarqand
– Jizzax – Navoiy, Fargʻona –
Gorchakova kabi qoplamasi yaxshilangan
yoʻllar qurildi. 1953-yil Oʻzbekiston
Avtomobil transporti vazirligi hamda
OʻzSSR MS huzuridagi yoʻllar bosh
boshqarmasi negizida Oʻzbekiston
Avtomobil transporti va tosh yoʻllar
vazirligi tashkil etildi. 1950 – 55 yillarda
Zarafshon Avtomobil yoʻli, 1957-yil
Toshkent – Qoʻqon (Qamchiq dovoni
orqali) Avtomobil yoʻli foydalanishga


topshirildi (uz. 240 km). 1957-yil
respublika avtomobil yoʻllari tarmoqlari
roʻyxati oʻtkazildi.60-80-yillarda Toshkent
– Chinoz, Toshkent avtomobil halqa yoʻli,
Samarqand halqa yoʻlining 1-navbati,
Nurota – Boymurot – Oqtov, Qoʻqon ay-
lanma yoʻllari va boshqa foydalanishga
top-shirildi. Yoʻl qurilishida yangi mashina
va mexanizmlarni qoʻllash kengaydi, yoʻl
qurish industriyasining asfalt-beton,
134koʻpriklar qurish uchun yigʻma temir-
beton konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi
korxonalari ishga tushirildi. 80-yillarning
2-yarmidan xalq xoʻjaligida yuklarning
90% dan koʻprogʻi avtomobil transportida
tashildi.Sobiq Ittifoq davrida
Oʻzbekistonda qurilgan Avtomobil yoʻlilari


xalqaro andozalar ta-lablariga toʻliq javob
bermagan.Respublika mustaqillikka
erishganidan keyin Oʻzbekiston
Respublikasining Prezidenti Islom
Karimovning ichki va tashqi transport
kommunikatsiyasi, jum-ladan avtomobil
yoʻllarini zamonaviy asosda rivojlantirish
konsepsiyasiga binoan Koʻshni davlatlar
va Jahon okea-niga chiqishni
ta’minlaydigai eng qisqa va ishonchli
transport yoʻllarini bar-po etish, mavjud
avtomobil yoʻllarini xalqaro andozalarga
moslash. yoʻllarni saqlash va ta’mirlash,
yangi barpo eti-layotgan sanoat
markazlarini xalqaro magistrallar bilan
bogʻlaydigan yoʻllar qurilishi masalalariga
e’tibor kuchaydi. 1992-yil 3-iyulda


"Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida" Oʻzbekiston
Respublikasi Qonuni qabul qilindi. 1993-
yil fevralda Oʻzbekiston avtomobil
yoʻllarini qurish va undan foydalanish
davlat-aksiyadorlik konserni
("Oʻzavtoyoʻl") ish boshladi (1969 – 1993-
yillarda vazirlik). Konsern tarkibida
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va
viloyatlar avtomobil yoʻllari
boshqarmalari, 154 tuman avtomobil
yoʻllari boshqarmalari, 512 yoʻllarni
asrash va ulardan foydalanish boʻlimlari,
"Oʻzyoʻlloyiha" yoʻl va inshootlar qurish,
qayta qurish va ta’mirlash loyiha-qidiruv
instituti, koʻprik temir-be-ton qurilmalari
zavodi va boshqa korxonalar
bor.Oʻzbekiston Xitoy va Pokistonga


chiqish imkoniyatini beruvchi Andijon –
Oʻsh – Ergashtom – Kashqar avtomobil
yoʻlini ishga tushirishda qatnashmoqda
(2000). Respublikaning oʻzida Fargʻona
vodiysi bilan Toshkent vohasini Qamchiq
dovoni (tonnel) orqali bogʻlaydigan yirik
Avtomobil yoʻli hamda Qoʻngʻirot –
Beynov avtomagistrali qurilishi jadal olib
borilmoqda, umumiy uzunligi 1250 km
dan ortiq boʻlgan Andijon–Toshkent–
Nukus–Qoʻngʻirot avtomagistrali qurilishi
loyihalashtirilmoqda (2000). Respublika
rivojlangan yoʻl xoʻjaligi va zamonaviy
talablarga javob beradigan xalqaro,
respublika, mahalliy ahamiyatga ega
boʻlgan avtomobil yoʻllariga ega.
Mamlakatdagi avto-mobil yoʻllarining


jami uz. 146,4 ming kmdan ortiq. Umumiy
foydalaniladigan avtomobil yoʻllarining
uz. 43,4 ming km, jumladan 3237 km
xalqaro, 18767 km davlat (respublika),
21459 km mahalliy (viloyat) ahamiyatiga
ega boʻlgan yoʻldir. Shuningdek respublika
idoralar (korxo-na, jamoa xoʻjaliklari,
xoʻjalik tashkilotlari)ga qarashli yoʻllar
ham mavjud.Oʻzbekistonda umumiy
foydalanuvdagi jami yoʻllarning 95,6% iga
qattiq qoplamalar yotqizilgan, jumladan
se-ment-beton qoplamali yoʻllar 0,8%
(336 km), asfalt-beton qoplamali yoʻllar
49,6% (21819 km), qora shagʻalli va qora
qoplamali yoʻllar 40,6% (17796 km)ni
tashkil etadi (1999). Respublikada
1864 km Avtomobil yoʻli 1-toifali yoʻlga


kiradi.Murodullo Abdullayev, Vohid A’za-
mov.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Adabiyotlar


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Avtomobil_yo%CA%BBli&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?


Bu sahifa oxirgi marta 26-Noyabr 2022, 06:41 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
title=Avtomobil_yo
ʻli&oldid=33347
14" dan olindi

Download 162.56 Kb.




Download 162.56 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil yoʻli Avtomabil yo'llarini transport foydalanish

Download 162.56 Kb.
Pdf ko'rish