Plastinalar muddatidan avval yemirilishi va qayishib ketishi




Download 206.62 Kb.
bet14/14
Sana05.06.2022
Hajmi206.62 Kb.
#22997
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Avtomobilning elektr jihozlari
internetda axborot targ\'iboti, Stragiya, ПНЕВМОНИЯ, BIOS
Plastinalar muddatidan avval yemirilishi va qayishib ketishi. To‘la zaradlanib bo‘lgan akkumulatorni yana uzoq vaqt davomida zaradlash
toki ostida qoldirish, plastinalarni muddatidan avval yemirilishning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, o‘ta zaradlash vaqtida tok, asosan, suvning elektroliz bo‘lishiga, ya’ni vodorod bilan kislorodga parchalanishiga sarf bo‘ladi. Elektroliz natijasida ajralib chiqayotgan kislorod, musbat plastinalarning qo‘rg‘oshin panjaralarini oksidlab, uni sekin-asta PbO2 ga aylantiradi va yemirilishga olib keladi.
Plastinalarining yemirilishi yana quyidagi hollarda sodir bo‘lishi mumkin:

  • zaradlash jarayonining oxirida tok qiymatining katta bo‘lishi va elektrolit qattiq "qaynab" ketishi, faol massaning mayda g‘ovaklaridan otilib chiqayotgan havo pufakchalari tezligining ortishi va natijada, plastinadagi faol massaning yumshashi va ushalib tushib ketishi;

  • elektrolit temperaturasini me’yoridan oshib ketishi, elektrolit tarkibida azot, xlorid va sirka kislotalarining bo‘lishi yoki kimyoviy toza bo‘lmagan sulfat kislota ishlatilishi-musbat plastinalarning panjaralarini korroziyaga chalinishi;

  • elektrolit tarkibidagi suvning muzlab qolishi;

  • akkumulator avtomobilda yaxshi mahkamlanmaganligi.

Akkumulator batareyasini zaruratsiz ketma-ket va katta tok bilan razrad qilinganda, masalan startyor ulanganda, plastinalar qizib, qayishib ketishi mumkin. Ayniqsa bunday hodisa ko‘prok musbat qutbli plastinalarda uchraydi. Plastinalar qayishishi natijasida separatorlarni teshib o‘tib, o‘zaro qisqa tutashishi mumkin. Bundan tashqari, plastinalar qayishishi, ularni qoplab turgan faol massada darzlar hosil bo‘lishiga va keyinchalik plastina panjarasidan tushib ketishiga olib keladi.





Download 206.62 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 206.62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Plastinalar muddatidan avval yemirilishi va qayishib ketishi

Download 206.62 Kb.