• Elektr o‘tkazgichlarning ulanishi
  • Akkumulator batareyasi.
  • Avtomobil elektr jihozlariga qo‘yiladigan asosiy texnik talablar




    Download 206.62 Kb.
    bet2/14
    Sana05.06.2022
    Hajmi206.62 Kb.
    #22997
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Avtomobilning elektr jihozlari
    internetda axborot targ\'iboti, Stragiya, ПНЕВМОНИЯ, BIOS

    Avtomobil elektr jihozlariga qo‘yiladigan asosiy texnik talablar:


    1. Nominal kuchlanish . Elektr energiya iste’molchilarining nomi- nal kuchlanishi - 12, 24 V. Asosiy tok manbai - generatorning nominal kuchlanishi 14, 28 V qiymatida belgilanadi. Avtomobil harakatlanayot- ganda ishlaydigan elektrenergiya iste’molchilari kuchlanish belgilangan nominal qiymatidan 95-125% doirasida o‘zgarganda ham o‘z ish qobiliyalarini yo‘qotmasliklari kerak.

    2. Elektr o‘tkazgichlarning ulanishi. Avtomobillarda bir o‘tkaz- gichli sxema joriy qilingan, ya’ni barcha iste’molchilarga bita o‘tkazgich ulanadi, tok manbai va iste’molchilarning ikkinchi qutbi esa «massa»ga (avtomobil kuzoviga yoki shassisiga) ulanadi. Elektr jihozlarning ba’zi buyumlarini ikki o‘tkazgichli sxema bo‘yicha tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. 3940-57 raqamli Davlat standarti bo‘yicha «massa»ga tok manbai va iste’molchilarning manfiy qutbi ulanadi.

    Akkumulator batareyasi. Dvigatelni startyor yordamida ishga tushirish uchun va generator ishlamaganda yoki uning quvvati yetarli bo‘lmaganda avtomobildagi barcha tok iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlash vazifasini akkumulator batareyasi bajaradi.
    Akkumulator elektr tokining kimyoviy manbai bo‘lib, u tashqaridan elektr toki berilganda kiyomviy energiyani yig‘ish (zaradlanish) va uni elektr energiya ko‘rinishida tashqi iste’molchilarga uzatish (razrad- lanish) qobiliyatiga ega bo‘lgan moslamadir. Energiyani bir ko‘ri- nishdan ikkinchi ko‘rinishga o‘tish jarayoni akkumulatorning butun ishlash davrida uzluksiz davom etib turadi.
    Dvigatelni ishga tushirish jarayonida startyor juda qisqa vaqt ichida katta miqdorda, 250 A dan 1000 A gacha tok iste’mol qiladi. Shuning uchun, avtomobillarga o‘rnatiladigan akkumulatorlarning ichki qarshiligi imkon boricha kichik, katta razrad toklariga chidamli bo‘lishi kerak. Tuzilishi katta razrad toki berishga moslashtirilgan akkumulator batareyasi-startyor akkumulatorlar batareyasi deb yuritiladi.
    Avtomobillarda asosan qo‘rg‘oshin-kislotali va ba’zi hollarda ishqorli akkumulatorlar ishlatiladi.
    Qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulator elementining elektr yurituvchi kuchi (EYUK) 2 V ga teng bo‘lib, 12 V kuchlanishga ega bo‘lgan akkumulator batareyasini hosil qilish uchun oltita akkumulator elementi ketma-ket ulanadi. Qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulator batareyalarining ichki qarshiligi kichik bo‘lganligi sababli, ularga startyor ulanganda akkumulatordagi kuchlanishning pasayishi nisbatan kam bo‘ladi. Shuning uchun, qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulatorlarning bir qator kamchiliklari bo‘lishiga qaramasdan (mexaniq mustahkamligi uncha katta emas, xizmat muddati nisbatan kichik va hokazo) avtomobillarda juda keng ko‘lamda ishlatiladi, chunki ularning tavsifnomalari startyor rejimiga eng to‘la mos keladi.

    Download 206.62 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 206.62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobil elektr jihozlariga qo‘yiladigan asosiy texnik talablar

    Download 206.62 Kb.