Avtomobilning elektr jihozlari




Download 206.62 Kb.
bet8/14
Sana05.06.2022
Hajmi206.62 Kb.
#22997
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Avtomobilning elektr jihozlari
internetda axborot targ\'iboti, Stragiya, ПНЕВМОНИЯ, BIOS
Startyorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi. Avtomobil elektros- tartyorlarini uyg‘otish va boshqarish usuli, yuritma mexanizmining turi va atrof muhit ta’siridan himoya qilinganlik darajasi bo‘yicha tasniflash mumkin. Barcha turdagi startyorlarning elektrodvigatellari deyarli bir xil tuzilgan bo‘lsa, ulardagi yuritma mexanizmlari tuzilish va ishlash
bo‘yicha bir-biridan ko‘p jihatdan farq qilishi mumkin.
Yuritma mexanizmlarni turi va ishlash prinsipi bo‘yicha quyidagi guruxlarga ajratish mumkin:

    • yuritma shesternyasini mexanik yoki elektromexanik usulda majburiy ravishda harakatlantirish;

    • shesternyani elektromexanik usulda majburiy ravishda maxo- vikning tishli gardishiga ilashtirish va dvigatel ishga tushgandan keyin shesternyani avtomatik ravishda ilashuvdan chiqarish;

    • shesternyani inersiya kuchi ta’sirida harakatlantirish;

    • shesternyani elektromagnit kuchlar ta’sirida, ya’ni elektrodvigatel yakorini harakatlanishi hisobiga ilashuvga kiritish.

Hamdo‘stlik mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarda, asosan, yuritma shesternyasini elektromexanik usulda majburiy harakatlantirish hisobiga ilashuvga kiritish prinsipida ishlaydigan startyorlar qo‘llangan (77-rasm). Bu turdagi startyorlarda dvigatel ishga tushgandan keyin teskari burovchi moment ta’sirida yakor o‘zaklari va cho‘lg‘amlari sochilib ketmasligi uchun erkin yurish muftasi o‘rnatiladi. Erkin yurish muftasi burovchi momentni bir tomonlama, ya’ni startyor yakoridan shesternya va u orqali dvigatel maxovigiga uzatadi. Dvigatel ishga tushib, shesternya maxovik tomonidan aylantirilganda, erkin yurish muftasi sirg‘aladi va teskari tomonga, ya’ni shesternyadan yakor valiga harakatni uzatmaydi.


78-rasm. Startyorning yuritmasi:
1-akkumulator batariyasi; 2-saqlagich; 3-kalit; 4-startyor relesi.

    1. Download 206.62 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Download 206.62 Kb.