• . Yevropa yorug‘lik taqsimlash tizimidagi optik tizimlarda nur tarqalish sxemasi
  • Amerika yorug‘lik taqsimlash tizimidagi optik sistemalarda nur tarqalish sxemasi
  • Yorituvchi va xabar beruvchi jihozlar




    Download 206.62 Kb.
    bet9/14
    Sana05.06.2022
    Hajmi206.62 Kb.
    #22997
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    Avtomobilning elektr jihozlari
    internetda axborot targ\'iboti, Stragiya, ПНЕВМОНИЯ, BIOS

    Yorituvchi va xabar beruvchi jihozlar


    Avtomobillarning harakat xavfsizligini, ayniqsa kunning qorong‘u vaqtida va ko‘rinish yomon bo‘lgan hollarda ko‘p jihatdan yorug‘lik asboblarining holati va tavsifnomasiga bog‘liq. Yorug‘lik asboblari yo‘lni yoritish avtomobil gabarit o‘lchamlari haqida ma’lumot berish, haydovchiningmo‘ljallangan yoki amalga oshirayotgan harakati haqida darak berish, davlat raqami, kabina, kuzov saloni, nazorat-o‘lchov asboblari, yukxona va dvigatel bo‘linmalarini yoritish uchun xizmat qiladi.
    Avtomobillarning yorug‘lik asboblari yoritish va yorug‘lik darakchilaridan tashkil topgan. Yorug‘lik asbobining optik sistemasi lampa, nur qaytargich va nur taratgichdan iborat.
    Yo‘l patrul xizmati to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra bu noxush hodisa- larning 60% dan ortiqrog‘i ko‘rinish yaxshi bo‘lmagan sharoitlarda (ya’ni tun, tuman) sodir bo‘ladi. Bu avtomobillarda to‘rt farali va yoritishni avtomatik rostlovchi sistemalar, gomofokal (ko‘p fokusli), ellipssimon va tumanga qarshi faralar, galogen, ksenon va qizil linzali lampalar joriy qilinishiga olib keldi. Yaqin kelajakda avtomobillarning yoritish tizimida yarim o‘tkazgichli yorug‘lik chiqaruvchi elementlar, suyuq kristallar va boshqa turdagi yangi yorug‘lik jihozlarning ishlatish mo‘ljallanmoqda.
    Faralar. Lampa yorug‘lik manba vazifasini bajaradi. Nur qaytargich paraboloid shaklida bo‘lib, lampadan kichik burchak ostida chiqqan yorug‘lik oqimini to‘playdi va optik o‘q bo‘ylab yo‘naltiradi. Tiniq materialdan tayyorlangan, ikki yuzida linza va prizmalarga ega bo‘lgan nur tarqatgichda yorug‘lik oqimi vertikal va gorizantal tekislik bo‘yicha qayta taqsimlanadi.



    79-rasm. Yevropa yorug‘lik taqsimlash tizimidagi optik tizimlarda nur tarqalish sxemasi: a-yaqinni yoritish; b-yaqinni yoritish yorug‘lik dog‘i;
    v-uzoqni yoritish; g-lampa ekrani; 1-uzoqni yoritish tolasi;2-yaqinni yoritish tolasi;3-ekran
    Kunning qorong‘u qismida avtomobil yetarli darajada katta tezlik bilan harakatlanishi uchun yoritish sistemasi avtomobil oldidagi yo‘lni va yo‘l chekkasini 50-250 m masofaga yoritishi zarur. Bu haydovchiga yo‘lning vaziyatini to‘g‘ri va o‘z vaqtida baholash, zarurat bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish imkoniyatini beradi. Yo‘lni yoritish uchun avtomobillarga paraboloid nur qaytargichli fara va projektorlar o‘rnatiladi.
    Amerika va Yevropa yorug‘lik taqsimlanish tizimidagi fara lampalarida uzoqning yoritilishini ta’minlovchi cho‘lg‘anish tolasi nur qaytargich fokusiga joylashtiriladi. Shuning uchun, faraning uzoqni yoritish tizimi ulanganda optik o‘qqa deyarli parallel bo‘lgan yorug‘lik dastasi hosil bo‘ladi (79v rasm va 80v-rasmga qarang).
    Yevropa yoritish tizimiga oid faralardagi yaqinni yorituvchi yorug‘lik dastasida yorug‘lik-soya chegarasi aniq ifodaga ega bo‘lib, uning o‘ng tomoni 150 burchak ostida ko‘tarilib boradi(79 rasm).






      1. rasm. Amerika yorug‘lik taqsimlash tizimidagi optik sistemalarda nur tarqalish sxemasi: a-yaqinni yoritish; b-yaqinni yoritish yorug‘lik dog‘i;

    v-uzoqni yoritish; g-lampa ekrani; 1-uzoqni yoritish tolasi; 2-yaqinni yoritish tolasi.

    Amerika yorug‘lik taqsimlash tizimidagi faralarda yaqinni yoritish cho‘lg‘ami tolasi 2 (80a-rasm) silindr shaklidagi spiral bo‘lib, u uzoqni yoritish cho‘g‘lanish tolasiga nisbatan sal yuqoriga va fokusga nisbatan chaproqqa (nur qaytargich tomonidan qaralganda), optik o‘qqa ko‘ndalang qilib joylashtiriladi.



    Download 206.62 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 206.62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yorituvchi va xabar beruvchi jihozlar

    Download 206.62 Kb.