• 6.1. Tok manbalari
  • Elektr energiyasi manbalari va iste’molchilar
  • Avtomobilning elektr jihozlari




    Download 185.57 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/15
    Sana19.05.2022
    Hajmi185.57 Kb.
    #21423
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    avtomobil elektor jixozlari
    appeal blank file 187269, biocrossword (3), korruptsiya i metody borby s ney, 7-ma\'ruza


     115
    6-bob. AVTOMOBILNING ELEKTR JIHOZLARI 
    Avtomobilning elektr jihozlari energiya manbalari va is’temolchi-
    lardan iborat (73- rasm).
    Avtomobillarning elektr jihozlarini quyidagi asosiy funksional 
    sistemalarga bo‘lish mumkin(73-rasm): 
    • elektr ta’minot tizimi (generator, uchlanish relesi, akkumulator 
    batareyasi). 
    • ichki yonuv dvigatelini ishga tushirish tizimi (startyor, 
    akkumulator batareyasi, ishga tushirishni yengillatuvchi moslamalar). 
    • o‘t oldirish tizimi (tok manbai, o‘t oldirish g‘altagi, o‘zgich-
    taqsimlagich, tranzistor kommutatori, o‘t oldirish shamlari); 
    • nazorat-o‘lchov asboblari va diagnostika tizimi (temperatura, 
    bosim sezgich va ko‘rsatkichlari, taxometr, spidometr, darak beruvchi 
    lampalar va boshqa). 
    • yoritish va xabar berish tizimi (bosh yoritish faralari, avtomobil 
    burilishi va to‘xtashini ko‘rsatuvchi chiroqlar, oldingi va orqadagi fara 
    osti chiroqlar va hokazo). 
    • qulaylik yaratuvchi asboblar tizimi (oynatozalagichlar, isitgich 
    elektrodvigatellari, konditsionerlar, oyna ko‘targichlar va hokazo). 
    • dvigatel va transmissiyani avtomatik boshqarish tizimi. 
    • o‘tkazgichlar va kommutatsiya jihozlari. 
    6.1. Tok manbalari 
    Generator, startyor, o‘t oldirish apparatlari va nazorat-o‘lchov 
    asboblarning sezgichlari bevosita dvigatelga, qolgan jihozlar esa 
    avtomobil kuzovi va shassisining tegishli joylariga o‘rnatiladi.
    Avtomobilni ishlatish jarayonida doimo ulab qo‘yiladigan (yoritish, o‘t 
    oldirish, nazorat-o‘lchov asboblari va hokazo) yoki qisqa, lekin tez-tez 
    ishlatiladigan (tormozlanish yoki burilishni ko‘rsatuvchi yorug‘lik 
    darakchilari) iste’molchilar tokni umumiy zanjirdan oladilar. Dvigatelni 
    ishga tushirish vaqtida katta tok (bir necha yuz amper) iste’mol 
    qiladigan startyor, kesimi ancha katta bo‘lgan o‘tkazgich bilan bevosita 
    akkumulator batareyasiga ulanadi. Qiska vaqt davomida, ishlatiladigan, 
    lekin katta tok iste’mol qiladigan va qulaylik yaratadigan ba’zi asboblar 


     116
    (tovushli darakchi, sigaret tutatqich, radiopriyemnik, soat va hokazo) 
    istisno tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri akkumulator batareyasiga ulanadi. 
    73-rasm. Elektr energiyasi manbalari va iste’molchilar: 
    1-akkumulator batariyasi; 2-generator. 3-uzgich. 

    Download 185.57 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 185.57 Kb.
    Pdf ko'rish