• Nazorat savollari
  • Xitoyning BYD kompaniyasi xorijdagi birinchi zavodini O‘zbekistonda ochmoqchi




    Download 1.52 Mb.
    bet3/3
    Sana02.04.2024
    Hajmi1.52 Mb.
    #185766
    1   2   3
    Bog'liq
    1 MA\'RUZA
    3-MAVZU, 7 fizika uzb 2017 (1) kk emas-010, 7 fizika uzb 2017 (1) kk emas-011, 1s6c1s6c1s6c1s6c1s6c1s6c1sc6c1sf6e16asvd1bv6fsb1s1616, 10-MUSTAQIL ISH 403-GURUH TALABASI XONAZAROVA SHABNAM QIYOSIY PEDAGOGIKA, OfferI ru, Samadova Zebuniso Tarbiya fanining dolzarb muammolari slayd, “Qurilish materallari va buyumlari’’ fanidan yakuniy nazorat savollari, bolalar rivojlanishida jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, Юксак.Силлабус 2023-2024, @kompyuterscience 5 9 sinflar uchun yillik taqvimiy ish reja, Kredit-modul-tizimi-Nizomi (1).pdf tojikcha, Oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishning pedagogik xususiyatlaritttt, 5G31jGSM0zvSWRIaL68WhTdV40kHSYwRViM8TQMW, Tajriba ishi 8

    Xitoyning BYD kompaniyasi xorijdagi birinchi zavodini O‘zbekistonda ochmoqchi


    Zavodda dastlab 50 ming dona avtomobil ishlab chiqarish, keyinchalik ko‘rsatkichni 300 mingga yetkazish rejalashtirilgan.
    TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Xitoyning BYD (Build Your Dreams) kompaniyasi xorijdagi birinchi zavodini O‘zbekistonda ochmoqchi. Bu haqda “O’zavtosanoat” xabar berdi.
    "BYD Company Ltd" asoschisi va prezidenti Van Chuanfu boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Delegatsiyaning mamlakatga tashrifi doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda kompaniya o‘rtasida investitsion kelishuv imzolandi.
    "BYD Company Ltd" asoschisi va prezidenti Van Chuanfu boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
    “Mazkur kelishuvga ko‘ra, Xitoy kompaniyasi tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishi va yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi BYD avtomobillarini to‘liq zanjir asosida ishlab chiqarish, ya’ni payvandlash, bo‘yash, yig‘ish jarayonlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan”, — deyiladi xabarda.
    "BYD Company Ltd" asoschisi va prezidenti Van Chuanfu boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
    Qayd etilishicha, kompaniya Xitoydagi butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalarni O‘zbekistonga olib kelish orqali avtomobillarning mahalliylashtirish darajasini bosqichma bosqich oshirishida har tomonlama ko‘mak berishga tayyor.
    BYD mahsulotlarining O‘zbekiston bozoriga kirib kelishining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida Xitoy tomoni uchun mazkur sohada yangi rejalarni kengaytirish imkonini berdi.
    “Zavodda dastlab 50 ming dona avtomobil ishlab chiqarish, keyinchalik ko‘rsatkichni 300 mingga yetkazish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
    Tashrif doirasida delegatsiya “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida tez orada BYD brendi ostida yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillar ishlab chiqarilishi kutilayotgan "BYD Uzbekistan Factory" zavodidagi ishlar bilan yaqindan tanishishadi.
    Ta’kidlanishicha, mazkur zavodga aloqador bo‘lgan asosiy liniyalardagi (payvandlash, bo‘yash, yig‘ish) uskuna va jihozlarining texnik talablari va joylashuv sxemasini o‘z ichiga olgan barcha texnologik meyorlar, shuningdek, ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha batafsil rejasi Xitoy kompaniyasi muhandislari tomonidan muddatidan olti oy oldin yakunlandi.
    "Bugungi kunda BYD kompaniyasining 7 ta dilerlik va servis markazlari faoliyat olib bormoqda, yil yakuniga qadar boshqa viloyatlarda ham yana 6 ta markazning ochilishi kutilmoqda", — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
    Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili “O‘zavtosanoat” va “BYD Company Ltd” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi tuzilgan. Xuddi shu yilning dekabr oyida “BYD Company Ltd” qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi.
    Ma’lumot uchun, 1995-yilda tashkil etilgan BYD kompaniyasi hozirda yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi sanaladi.

    Nazorat savollari:

    1. O‘zbekistonning Xalqaro avtomobil ishlab chiqaruvchilar tashkilotiga a’zosi bo’lishi haqida nimalar bilasiz?

    2. 2019 – 2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini tushuntiring?

    3. O’zbekiston avtomobil sanoatining rivojlanishi haqida fikringizni bayon eting.

    4. Xizmat ko’rsatish texnikasi va jihozlari fanining maqsadi, vazifalari va tuzilishini keltiring?

    5. Fanning predmeti va bakalavr tayyorlashdagi ahamiyati

    Download 1.52 Mb.
    1   2   3




    Download 1.52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xitoyning BYD kompaniyasi xorijdagi birinchi zavodini O‘zbekistonda ochmoqchi

    Download 1.52 Mb.