• Kerakli jihozlar
  • Jismoniy daqiqa
  • Master klass.
  • Avtoparkga sayohat (muzeyda) Maqsad




    Download 18.39 Kb.
    Sana09.05.2023
    Hajmi18.39 Kb.
    #57751
    Bog'liq
    Avtoparkga sayohat
    Fayzulloyev Nayim Azamatovich Iqtisodiyot nazariyasi fanidan Mustaqil ishi, C , 6-7 FIZIKA (QO`LLANMA), 111111, 691-21 Gurux Xurshid Otajonov Mustaqil ish-2, 691-21 Gurux Xurshid Otajonov Mustaqil ish, OvZbyZSIaGVqKoGnfdp6gztUqVn8sdNoBZ8PaK07


    Avtoparkga sayohat
    (muzeyda)
    Maqsad: Bolalarni atrof-olam haqidagi bilimlarini oshirish, mustahkamlash va yangi bilimlar berish. Bolalarni dunyo qarashlarini kengaytirish, tassavvur doiralarini kengaytirish va umumlashtirish. Bolalarga transport turlarini o’rgatish ularni guruhlarga ajratib o’rganish. Shu jumladan bolalarga mashina turlari, ularni turmush hayotdagi o’ri, ro’li, ahamiyati haqida bilimlar berish. Mashinalarni insonlar turmush hayotidagi vazifasini to’liq ochib berish. Mashina qismlari va tuzilishi haqida atroflicha tushuncha berish.
    Bolalar lug’atiga yangi so’zlarni qo’shish va bu so’zlarni nutqida mustahkamlab borish. Yer usti transportlarini insonlar hayoti va faoliyatidagi o’rnini yoritib berish. Mashinalar ya’ni transportlarni foydasi bilan birga ularning ekologiya va tabiatga ta’sirini o’rganish.
    Jamoat transportlarida o’zini tutish qoidalari bilan tanishish va ularni asrab avaylash kerak ekanligini tushuntirib berish. Bolalarga transportlarni harakatlanishiga ko’ra, rangi, shakli, hajmi va vazifasiga ko’ra guruhlarga bo’lish va farqlashga o’rgatish.
    Avtopark qanday tuzilishga ega, u yerda kimlar ishlaydi, vazifalari nimalardan iborat shular bilan tanishadilar. Lug’at boyliklari ortib ichki nutq faollashadi. Orzu qilgan mashinalari va ranglarini tanlay oladilar. Mashinalarni insonlarga keltirayotgan foydasi haqida o’zaro fikr almashadilar.
    Kerakli jihozlar: karton, qog’oz, plastelin, lego-konstruktorlar, yelim, qaychi, rangli qog’ozlar.
    Faoliyatning borishi: Assalomu alaykum bolajonlar. Biz bugun sizlar bilan Toshkent Politexnika muzeyiga tashrif buyurdik. Bu yerda sizlar bilan mashinalarni guuruhlarga ajratib, mashina turlari bilan birin ketin tanishib chiqamiz. Shu bilan birga ularni tuzilishi bilan tanishib chiqamiz. Men avval sizlarni mashinalar haqida qanchalik bilimga ega ekaningizni savollar berib sinab ko’raman.

    • Bolajonlar aytinglarchi siz qanday mashina turlarini bilasizlar?

    • Bolalar javobi.

    • O’zbekistonning qaysi shahrida mashinalar ishlab chiqariladi?

    • Bolalar javobi.

    • Transportlarni harakatlanishiga ko’ra qanday guruhlarga ajratamiz?

    • Bolalar javobi.

    • Yer usti transportlari bizga nima uchun kerak?

    • Bolalar javobi.

    • Bolalar aytinlarchi jamoat transportlarida o’zimizni qanday tutishimiz zarur va ularga nisbatan qanday munosabatda bo’lishimiz kerak?

    • Bolalar javobi.

    Judayam yaxshi bolajonlar men sizlarga hozir transportlarga oid bir nechta topishmoqlar beraman sizlar esa ularni javobini topasizlar.

    1. Navkar otim gum etdi,

    Fazoni yorib otdi. (Raketa)

    1. Keng fazoni quchadi,

    Oylab yillab uchadi. (Raketa)

    1. Uchganda yengil qushim,

    Qo’nganda og’ir qushim. (Samalyot)

    1. Qanoti bor ucholmaydi,

    Quruq yerni qucholmaydi. (Kema)
    Barakalla bolajonlar sizlar men bergan savol va topishmoqlarga juda to’g’ri javob berdinglar. Endi sizlar bilan ularni harakatlanishlarini birga ko’rsatib beramiz.
    Jismoniy daqiqa:
    G’ir-g’ir yurar mashinam,
    Viz-viz yurar mashinam.
    Vintini burab qo’ysam,
    Yurib ketar mashinam.

    Hoy samalyot, samalyot,


    Seni yaxshi ko’ramiz.
    Uchib o’tsang osmondan,
    Quvnab qarab turamiz.
    Judayam soz bolajonlar endi sizlar bilan birga orzuimizdagi mashinani birgalikda yasashni organamiz.
    Master klass.
    Download 18.39 Kb.




    Download 18.39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtoparkga sayohat (muzeyda) Maqsad

    Download 18.39 Kb.