Axborot jamiyati va uning xususiyatlari Reja Axborotlashgan jamiyat haqida tushuncha




Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana31.10.2022
Hajmi0.5 Mb.
#28687
  1   2   3
Bog'liq
Документ, ABDURASULOV ABRORBEK, 2, Ishchi dastur Mehnat muhofazasi, 1678472155


Axborot jamiyati va uning xususiyatlari 
Reja 
1. Axborotlashgan jamiyat haqida tushuncha 
2. 
Insoniyatning axborotlashgan jamiyat sari bosib o‘tgan yo‘li
 
3.Axborotlashgan jamiyatda axborot inqirozi 
1.Axborotlashgan jamiyat haqida tushuncha. 
Bugungi axborot davrida 
har qanday jamiyatda axborot hamisha mamlakat taraqqiyotining ko‘zgusi, 
kishilarning tafakkuri va siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vosita bo‘lib 
kelmoqda. Jahonda kechayotgan globallashuv va integratsiya, mamlakatimizda 
olib borilayotgan siyosiy modernizatsiya jarayonlarida axborotning ahamiyati, 
xususan, axborot erkinligi va ochiqligi masalasi shaxs, jamiyat va davlat hayotida 
tobora muhim ahamiyat kasb etib, zamonaviy axborot tizimining shakllanganligi 
har qanday mamlakatning salohiyati va taraqqiyotini belgilovchi omil bo‘lib 
sanalmoqda. 
Bugungi dunyo Axborotli Jamiyat davri arafasida turibdi - bu raqamli audio, 
ma'lumotlar va videoni har kimga, istalgan vaqtda va istalgan joyga uzatishga 
imkon beradigan yuqori tezlikdagi kanallar bilan bog'langan biznes va 
shaxslarning 
yangi 
global 
madaniyati 
va 
iqtisodiyotidir 
desak 
bo’ladi. Sayyoramizning har bir fuqarosi Axborotli Jamiyatga a'zo bo'lishidan 
ancha vaqt o'tishi kerak, biroq tarmoq allaqachon odamlarning ishlashini, 
yashashini va o'ynashini sezilarli darajada o'zgartirmoqda.
Yangi axborot texnologiyalarining yaratilishi va ularning jamiyat turli 
jabhalariga kirib borishi informatikaning yangi sohasi - ijtimoiy informatika 
fanining ajralib chiqishiga sabab bo’ldi. Ijtimoiy informatika quyidagi 
masalalarni o’rganadi: 
 
Axborotlashgan jamiyat taraqqiyotining qonuniyatlari va muammolari; 


 
Axborot resurslari jamiyat rivojining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 
faktorlari sifatida; 
 
Axborotlashgan jamiyatda shaxs; 
 
Axborot madaniyati; 
 
Axborot xavfsizligi; 
Axborotlashgan jamiyat termini Yaponiyada paydo bo’ldi. Mutaxassislar 
ushbu termin yuqori sifatli ko‘p miqdordagi axborotni saqlash, taqsimlash va 
foydalanish uchun barcha vositalarga ega bo’lgan jamiyatni ifodalaydilar. 
Axborotlar manfaatdor kishilarga tez va oson hamda qulay shaklda etkazib 
beriladi. Axborot xizmatlari uchun narxlar shu darajada past bo’lishi kerakki, 
jamiyatning har bir a’zosi undan ehtiyojiga qarab foydalana olsin. 
Akademik V.A. Izvozchikov axborotlashgan jamiyat xususiyatlarini ifoda 
etuvchi quyidagi ta’rifni taklif etgan: “Axborotlashgan jamiyat deb, jamiyatning 
barcha sohalari hamda a’zolari hayoti va faoliyatida kompyuter, kutubxonalar
katta tezlik va aniqlikda axborotlarni qayta ishlash, haqiqiy va bashorat qilingan 
hodisalarni 
modellashtirish, 
ishlab 
chiqarishni 
boshqarish, 
ta’limni 
avtomatlashtirish va boshqa vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega bo’lgan 
jamiyatga 
aytiladi. 
Bunday jamiyatda: 
 
Hohlagan kishi , gurux yoki ixtiyoriy korxona-tashkilot o’z faoliyati uchun 
zarur bo’ladigan axborot resurslaridan foydalana olishi; 
 
Zamonaviy axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining taqdim etilishi; 
 
Ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy rivojlanish masalalarini yechish 
uchun zarur bo’lgan axborot resurslarini doimiy yangilash va to’ldirish 
imkoniyatini beruvchi rivojlangan axborot infrastrukturasiga ega bo’lish; 

Download 0.5 Mb.
  1   2   3




Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot jamiyati va uning xususiyatlari Reja Axborotlashgan jamiyat haqida tushuncha

Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish