"Axborot kommunikatsion texnalogiyalari va iqtisod" kafedrasi Maxsus fan o‘qituvchisi O‘sarova Gulruh Samatovnaning




Download 424.5 Kb.
bet2/12
Sana24.03.2017
Hajmi424.5 Kb.
#1985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Hozirgi vaqtda axborot texnologiyalari amalda inson faoliyatining hamma jabhalariga chuqur kirib bormoqda va rivojlanishda davom etmoqda. Keng tarqalgan shaxsiy kompyuterlar bilan bir qatorda zamonaviy hisoblash tizimlari va vositalari ham keng tarqalib bormoqda. Turli hisoblash tizimlari foydalanuvchilari soni ham ko‘payib bormoqda, shu bilan birga bir-biriga qarama-qarshi tendensiya rivojlanmoqda. Bir tomondan, axborot texnologiyalari murakkablashib borishi bilan uni tatbiq qilish uchun chuqur bilimlar talab qilinsa, ikkinchi tomondan, foydalanuvchining kompyuter bilan muloqoti (interfeysi) do‘stona tus olib, informatika va hisoblash texnikasi sohasida mutaxassis bo‘lmagan insonlar uchun ham tushunarli bo‘lmoqda. Bunday imkoniyatning sababi, foydalanuvchilar va ularning dasturlari hisoblash texnikasi bilan maxsus (tizimli) dasturiy ta’minot — operatsion tizim orqali muloqot (interfeys)da bo‘lganliklaridadir.

OT bajarilayotgan ilovalar uchun ham, foydalanuvchilar uchun ham muloqot (interfeys) imkonini yaratadi. Foyda- lanuvchi dasturlari va yana ko‘pgina xizmatchi dasturlar OT dan ixtiyoriy dasturlarning ko‘plarida uchraydigan amallarning bajarilishini so‘raydilar. Bu amallar: kiritish-chiqarish, dasturlarni ishga tushirish, to‘xtatish, qo‘shimcha xotira blokini olish yoki bo‘shatish va h.k.lar. Bunday amallarni har safar yangidan dasturlash maqsadga muvofiq emas, shuning uchun ham bular OT ning asosiy funksiyalaridan hisoblanadi. Amaliy dasturlar va boshqa ko‘pgina tizimli ishlov beruvchi dasturlar (dasturlash tizimlari yoki ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari) kompyuter apparat qismiga bevosita murojaat qila olmaydilar, ular bilan faqat OT ga murojaat orqali muloqotda bo‘lishlari mumkin. Foydalanuvchilar OT buyruqlarini kiritish orqali yoki tizim taklif qiladigan harakatlar to‘plamidan tanlash orqali kompyuter va o‘z dasturlari bilan muloqotda bo‘ladilar. Bunday muhim funksiyalarni bajarishdan tashqari, OT lar hisoblash resurslarini samarali taqsimlash va ishonchli hisoblashlarni tashkil etishga javob beradi.

Mavzu: Operatsion tizimlar haqida ma'lumot

Insoniyat rivojlanish bosqichlarini diqqat bilan tahlil qilish natijalari shuni ko'rsatadiki, bu bosqichlarni belgilovchi xususiyatlar insonni axborotlarni saqlash, uzatish va ishlov berish vosita va usullari bilan qat'iy bog'langandir. Bunda axborotga ishlov berish tezligi, ayniqsa, axborotni uzatish tezligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Turfa axborotlarni qabul qilish, uzatish, eslab qolish va ma'lum tarzda ishlov berish xususiyati jonli olamning asosiy belgisi hisoblanadi. Bu xususiyatlar u yoki bu darajada jonzotlar, o'simliklar va hatto bakteriyalarga ham xos xususiyatdir. Haqiqatan ham, o'simliklar ham, jonzotlar ham tashqi muhit haroratiga va alohida predmetlar holatiga u yoki bu tarzda javob qaytaradilar. Tashqi muhitdan biror-bir axborotni olgandan so'ng, tirik organizmlar ma'lum tarzda ularga ishlov beradilar va olgan natijalari asosida biror-bir javob qaytaradilar. Tirik organizmlar tashqi muhitdan nafaqat axborot oladilar, balki o'zlari ham tashqi muhitga axborot uzatadilar, muhimroq axborotlarni eslab qoladilar.

Xulosa qilib aytganda, tirik organizmlar turfa axborotlarni qabul qilish, uzatish, saqlash va ishlov berish yordamida o'z hayot faoliyatini ta'minlaydilar.

Inson ham, barcha tirik organizmlar kabi, o'zining his qilish organlari yordamida tashqi muhitdan axborot oladi.

Axborot manbayi bo'lib, uni saqlash va uzatish uchun xizmat qiladigan ixtiyoriy moddiy muhit hisoblanadi.

Inson o'z hayoti davomida har soniyada axborotni qabul qilish, uzatish, ishlov berish va saqlash zaruriyatiga duch keladi.

Ilgari ajdodlarimiz hayotida axborot nutq saqlash va uzatish usuli bo'lib xizmat qilgan. Keyinchalik yozuv yuzaga kelib, u axborotni saqlash, uzatish va ishlov berish uchun vosita bo'lib qoldi.

XV asr o'rtalarida kitob nashr etish ixtiro qilinib, bilimlarni qog'oz jamlamalarida uzoq vaqt saqlash manbayi yuzaga keldi.

Kitob nashr qilish ixtiro qilingandan 200 yil o'tib, sonli ma'lumotlarga ishlov berish uchun mexanik qurilmalar ishlab chiqildi va shu vaqtdan boshlab axborotlarga ishlov berish vositalarining mexanik bosqichi boshlandi.

Elektr toki ixtiro qilingandan so'ng esa axborotlarga ishlov berishning keyingi elektromexanik bosqichi boshlandi va turli tabulatorlar ishlab chiqildi.

XX asrning 30-yillarida dasturiy boshqariluvchi hisoblash mashinalari yuzaga keladi. Ishlab chiqarishning tezlashgan tarzda rivojlanishi inson bilimi hajmining mos tarzda o'sishiga olib keldi. Axborot oqimining bu tarzda o'sishi insonlar uchun unga samarali ishlov berish imkonini murakkablashtirdi.

XX asr o'rtalarida kompyuter ixtiro qilinishi muammolarni hal qilish imkonini berdi. Kompyuterlarning turli avlodlari yuzaga keldi.

Axborotlarga ishlov berishdagi keskin o'zgarishlar shaxsiy kompyuterlardan keng ko'lamda foydalanishdan so'ng yuz berdi.

Oldindan ishlab chiqilgan dasturlar tufayli, hisoblash mashi- nalaridan axborotga ishlov berish masalalarini inson faoliyatining turli sohalarida qo'llashga keng imkoniyat yaratildi. Bu holda, turli soha mutaxassislari o'zlari dastur yaratishlari va uning yaratilish usullarini o'rganishlari shart bo'lmay, ularga faqat kompyuterda ishlash usullarini o'rganishlari yetarlidir. Bunday mutaxassislar foydalanuvchilar deb ataladi.

Foydalanuvchi deb, u yoki bu predmet sohasiga mansub aniq masalalarni yechish yoki boshqa maqsadlarda hisoblash texni- kasidan foydalanadigan shaxsga aytiladi.

Shaxsiy kompyuterlar bir qancha mashinalarni o'z ichiga oluvchi tarmoqqa birlashtirilgan va bu mashinalar yer sharining turli joylarida joylashgan bo'lishi mumkin.

Buning natijasida minglab masofadagi odamlar qisqa soniya- larda bir-biri bilan bog'lanib, ma'lumot almashishlari va jahon axborot markazlari bilan o'z ish joylaridan murojaat qilishlari mumkin bo'lib qoldi.

Shunday qilib, XX asrga kelib, axborot bilan ishlash tubdan o'zgardi va shu jarayon natijasida yangi fan, ishlab chiqarishning yangi doirasi va mehnat resurslarini qo'llashning yangi jabha- lari — informatika fani yuzaga keldi.

Informatika — axborotning umumiy xossalari va tuzilishi, shu bilan birga axborotlarga ishlov berishning avtomatlashtirilgan vositalari yordamida amalga oshirilishi va insoniyat faoliyati turli jabhalaridagi bilim, dalil, kattaliklar va ma'lumotlarning aksi sifatida olinadigan tabiiy fundamental fandir. Bu axborotlarni yig'ish, almashish, saqlash va ishlov berish usul va vositalari haqidagi fandir.

Axborot texnologiyalari — axborotlarni qabul qilish va uzatish, ishlov berish, qidirish, jamlash, yig'ish usul va vositalarining ma'lum tizimidir. Ma'naviy jihatdan eskirgan axborot texno- logiyasiga misol qilib axborot bilan qog'oz yordamida ishlashni ko'rsatish mumkin.

Zamonaviy axborot texnologiyalari, xususan, quyidagilarni ko'zda tutadi:


  • birlamchi axborotni mashina jamg'armalarida hisobga olishdan boshlab, axborotning qog'oz jamlamalaridan amalda to'liq voz kechish;

  • yer sharining ixtiyoriy nuqtasida, ixtiyoriy vaqtda, ixtiyoriy axborotni ola bilish (albatta, qonun bo'yicha taqiqlanganlaridan tashqari).

Axborot ustida bajariladigan asosiy amallar axborotni yig'ish, almashish, saqlash va ishlov berishdan iborat.

Axborotlarni yig'ish — bu insonning yoki texnik qurilmaning zaruriy ma'lumotlarni olish faoliyati.

Axborot almashish — bu axborotni, turli obyektlar orasida — inson va inson o'rtasida, inson va texnik qurilma o'rtasida, turli qurilmalar o'rtasida uzatish jarayoni.

Axborotni saqlash — bu axborotni zarur vaqtda va kerakli ko'rinishda uzatishni ta'minlaydigan holatda ushlab turish jarayoni.

Va nihoyat, axborotga ishlov berish — bu uni maqsadga mu- vofiq tarzda o'zgartirishning tartibga solingan jarayoni.

NAZORAT SAVOLLARI



    1. Axborotning tabiatdagi o'rni.

    2. Nutq, yozuv va kitob nashrining jamiyat rivojlanishidagi o'rni.

    3. Informatika rivojlanishining mexanik va elektromexanik bosqichlari.

    4. Axborot bilan ishlashning zamonaviy texnologiyalarini tu- shuntiring.

DASTURIY TA'MINOT TUZILISHI

Dasturiy ta'minot deganda kompyuterning (hisoblash tizi- mining) shu modelida bajarilishi mumkin bo'lgan dasturlarni o'z ichiga olgan majmua dasturiy hujjatlarini tushunamiz.

Hisoblash mashinalarining turli modellari turli arxitektu- raga, ma'lumotlarni kodlashtirishning turli usullari, turli buy- ruqlar tizimiga egadir. Shuning uchun ham bir kompyuter modeliga mo'ljallangan dastur, ko'pincha, boshqa kompyuter modelida bajarilmaydi. Shunday qilib, aniq model yoki dastur jihatdan mutanosib mashinalar oilasi dasturiy ta'minoti haqida gapiriladi.

Dastur bilan birgalikda hujjatlar majmuasi ham xarid qili- nadiki, unda dastur vazifasi, imkoniyatlari, kompyuterning ap- parat vositalariga bo'lgan texnik talablar (zaruriy operativ tashqi xotira hajmi, maxsus qurilma mavjudligi va h.k.) dasturni o'rnatish usullari va dasturni boshqarish usullari haqidagi ma'lumotlar beriladi. Bundan tashqari dasturlarda, ularning bevosita bajarilish vaqtida ham murojaat qilish mumkin bo'lgan Help — Yordam tizimi mavjud.

Barcha dasturiy vositalar va ularga zarur kattaliklar (ma'­lumotlarni — software (dasturiy ta'minot), apparat vositalar yig'indisini hardware (apparat ta'minot) deb ham ataydilar. Ixtiyoriy kompyuterda aniq apparat va dasturiy vositalar to'plami va shu bilan birga turli ma'lumotlar to'plami mavjudki, ular kompyuter resurslarini tashkil etadi.

Demak, kompyuter resurslari deb, hamma apparat vositalari hamda hamma dasturlari va uning operativ hamda tashqi xotirasida joylashgan ma'lumotlarning yig'indisiga aytiladi.

Qoida bo'yicha ma'lumotlarga ishlov berish uchun dasturga ma'lum yordamchi ma'lumotlar talab etiladi. Undan tashqari, bir-biriga yaqin funksiyalar guruhini bajarish uchun, ko'pincha, bitta emas, balki bir nechta o'zaro bog'langan dasturlar yaratiladi.

O'zaro bog'langan dasturlar guruhi, bir-biriga yaqin, ma'lu­motlarga ishlov beruvchi, ularga zarur yordamchi ma'lumotlar bilan birgalikda dasturlar paketi yoki dasturiy tizim deb ataladi. Ommaviy tarzda ko'paytiriladigan dastur yoki dasturlar paketi dasturiy mahsulot deb ataladi.

Hozirgi vaqtda shaxsiy kompyuterlarning dasturiy ta'minotida dasturlarning quyidagi guruhlarga ajratilishi qabul qilingan:


      1. tizimli dasturiy ta'minot;

      2. uskunali dasturiy ta'minot;

      3. amaliy dasturiy ta'minot.

2.1. Tizimli dasturiy ta'minot

Bu guruh dasturlari ma'lumotlarga ishlov berish uchun mumkin bo'lgan kompyuter texnologiyalaridan foydalanishda apparat vositalari bilan bajariladigan ko'pgina yordamchi ishlarni bajarishni avtomatlashtiruvchi dasturlardir.

Tizimli dasturiy ta'minot — shaxsiy kompyuter apparatu- rasining samarali ishlashini ta'minlash uchun xizmat qiladi. Tizimli dasturiy ta'minot guruhi dasturlariga:


  • operatsion tizimlar;

  • operatsion qobiq (оболочка);

  • utilitalar;

  • drayverlar;

  • arxivatorlar;

  • antivirus va yana turli dasturlar kiradi.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 424.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



"Axborot kommunikatsion texnalogiyalari va iqtisod" kafedrasi Maxsus fan o‘qituvchisi O‘sarova Gulruh Samatovnaning

Download 424.5 Kb.