|
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari, internet tarmog’idan foydalanish bo’yicha natija, muammo va yechimlari yuzasidan
|
Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,7 Kb. | | #235858 |
Bog'liq Axborot kommunikatsiya texnologiyalari malumot
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari, internet tarmog’idan foydalanish bo’yicha natija, muammo va yechimlari yuzasidan
MA’LUMOT
2022-2023 o’quv yili direktor huzuridagi yig’ilishning dekabr oyidagi “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari, internet tarmog’idan foydalanish bo’yicha natija, muammo va yechimlari” to’g’risidagi masala o’rganilganda quyidagilar aniqlandi:
2022-2023 o’quv yilidan maktab internet “EDUCATION” ta’rifiga ulangan bo’lib, barqaror ishlab kelmoqda;
o’quv yilining 1-yarim yilligi davomida fan o’qituvchilari tomonidan kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib dars mashg’ulotlari tashkil etilgan, jumladan, kimyo, biologiya, geografiya, adabiyot va bir qator fanlardan elektron darsliklardan foydalanishdi;
maktab kundalik platformasiga ulangan bo’lib, jurnallarni yuritish masalasida o’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari tomonidan o’qituvchilarga seminarlar tashkil etildi;
ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari bilan hamkorlikda “Internetdan oqilona foydalanish” mavzusida o’quvchilar bilan bir necha bor yig’ilishlar o’tkazildi;
o’quvchilarning axborot texnologiyalariga qiziqishini ortirish maqsadida kibersport musobaqalari tashkil etildi, g’olib jamoalar esdalik sovg’alar bilan taqdirlanishdi, 1-o’rinni 9-b sinf jamoasi, 2-o’rinni 11-sinf jamoasi, 3-o’rinni 8-sinf jamoalari egalladi;
11-sinf o’quvchilarining axborot kommunikatsiya texnologoyalariga qiziqishini orttirish maqsadida Jizzax politexnika instituti bilan hamkorlikda kompyuterda ishlash ko’nikmalarini shakllantirish bo’yicha o’quv kurslari tashkil etildi;
elektron ta'lim resurslaridan foydalanish bo'yicha o'qituvchilar uchun seminar tashkil qilindi;
umumta'lim maktablarida foydalanish uchun tavsiya etilayotgan internet resurslari va axborot tizimlari haqida o’quvchilarga bir necha marta yig’ilishlar o’tkazildi.
Informatika fani o’qituvchisi: U. Umurzoqov
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari, internet tarmog’idan foydalanish bo’yicha natija, muammo va yechimlari yuzasidan
|