hOzirGi Kunda axbOrOt-KutubxOna




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/163
Sana02.02.2024
Hajmi17,68 Mb.
#150187
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   163
Bog'liq
Axborot-kutubxona texnologiyasi

12. 1. hOzirGi Kunda axbOrOt-KutubxOna 
MuassasaLarini avtOMatLashtirish hOLati 
har qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishi, xusu-
san, fan, ta’lim va madaniyat rivojidagi asosiy shartlardan biri turli 
sohalarga oid zarur axborotlarni tezkorlik bilan olish imkoniyati-
ning mavjud bo‘lishidir. Bu maqsadga erishishda axborot-kutub-
xonalar faoliyatini yangi axborot texnologiyalari bilan qurollanti-
rish katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, axborot-kutubxona faoli-
yatining asosiy jarayonlari: axborotlarni yig‘ish, ishlov berish, 
saqlash, qidirish va iste’molchilarga yetkazib berishga zamonaviy 
telekommunikatsiya kanallari vositasida elek tron texnologiyalarni 
qo‘llash samarali natijalar beradi. 
XX asr oxirlaridan yuz bera boshlagan «axborot inqilobi» ku-
tubxonalar faoliyatiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu ta’sir 
natijasida kutubxonalar borgan sari ko‘proq zamonaviy axborot 
texnologiyalari bilan ta’minlanib, axborot resurslari markazlariga 
aylanib bormoqda. 


230
231
Axborot-kutubxonalarda xizmat ko‘rsatish turlari ham keskin 
kengaydi: Internet tarmog‘idan foydalanish, axborot-tahliliy mate-
riallarni jamlab berish, axborot-kutubxona kataloglarining elektron 
ko‘rinishi va to‘liq matnli ma’lumotlar bazalarini kitobxonlarga 
taqdim etish shular jumlasidandir. 
Kerakli axborotni olish uchun yangi axborot texnologiyalaridan 
foydalanilganda manbalarni qidirib topish imkoniyati yuz martalab 
oshadi. Telekommunikatsiya vositalarini qo‘llash esa axborot man-
bayining qanday masofada ekanligidan qat’i nazar, unga tezkor-
lik bilan ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Bunday yangi turdagi 
axborot-kutubxonalar «elektron kutubxona», «virtual kutubxona», 
«avtomatlashtirilgan kutubxona» singari nomlar bilan atalmoqda. 
Avtomatlashtarilgan kutubxona (AK) – bu shunday kutubxona-
ki, uning funksiyasi, ayniqsa, axborot-kutubxona axborot xizmati, 
asosan, avtomatlashtirish (kompyuterlar, serverlar, tashkiliy-texni-
ka vositalari, dasturiy komplekslar) va telekommunikatsiya vosita-
lari yordamida amalga oshiriladi. 
Avtomatlashtirilgan kutubxona (AK) tizimlarining rivoji ax-
borot texnologiyalarining umumiy rivojini o‘zida to‘liq aks ettira-
di. Kompyuter bajaradigan ishi va tarkibiga ko‘ra odatdagi kutub-
xonaga juda o‘xshab ketadi. 
Kompyuter texnologiyasida ishlatiladigan ba’zi bir atamalar, 
masalan, «boshlang‘ich modullar kutubxonasi», «katalog», «yukla-
nadigan modullar kutubxonasi» kabilar shular jumlasidandir. Shax-
siy kompyuter orqali iste’molchiga xizmat ko‘rsatish jarayoni ham 
kitobxonlarga kutubxonada ko‘rsatilayotgan xizmatga o‘xshab 
ketadi. Katalogdan ma’lumotlar qidirish, ma’lumotlarni saqlash 
jarayoni, kataloglashtirish ko‘rsatkichlarini tasniflash va boshqalar 
bir-biriga o‘xshash. 
Bularning hammasi axborot-kutubxona jarayonlarini avtomat-
lashtirish mumkinligini ko‘rsatadi. Ya’ni axborot-kutubxonadagi 
asosiy jarayonlar: ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, ishlov berish, 
qidirish va uzatishni to‘liq avtomatlashtirish mumkin. 
Axborot-kutubxonalarni avtomatlashtirish usullari joriy qilin-
masidan avval ular faqat o‘zlarining kitobxonlariga xizmat qil-


232
233
ganlar. Aniq bir kutubxonaga a’zo bo‘lgan kitobxon faqat shu ku-
tubxona axborot resursidan foydalana olgan, mazkur kutubxonada 
bo‘lmagan axborot resursidan faqat «kutubxonalararo abonement» 
orqali foydalanish mumkin bo‘lgan. Ammo har qanday nashrni 
ham «kutubxonalararo abonement» orqali jo‘natish oson ish emas. 
Nashrni bunday jo‘natish vaqt va mablag‘ talab qiladi. 
Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishda yana bir cheklash bor edi: 
kutubxonalar kitobxonlarga nashrlarni faqat odatdagi holatda (ma-
salan, kitob shaklida) berishlari mumkin edi. 
Axborot-kutubxonalarda kompyuterlardan va Internetdan foy-
dalanish yangi imkoniyatlarni yaratdi. Bu esa, o‘z navbatida, turli 
fizik tashuvchilardan (magnitli tasmalar, disklar, SD-ROMlar va 
boshqalardan) foydalangan holda elektron hujjatlarning keng tar-
qalishiga olib keldi. 
Bunda masofadan turib axborot olish va axborot uzatishning roli 
beqiyosdir. Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishning zamonaviy shakl-
larini o‘zlashtira borgan axborot-kutubxonalar o‘z kuchlarini elek-
tron hujjatlar va Internet resurslaridan foydalanishga yo‘naltirdilar. 
Bunday maqsadga erishish uchun bir qator huquqiy va texnologik 
masalalarni yechish va kutubxona ishi konsepsiyasini qayta ko‘rib 
chiqish zarur edi. Natijada «elektron kutubxona» atamasi paydo 
bo‘ldi. Elektron kutubxona yaratuvchilarga shu narsa aniq bo‘lib 
qoldiki, maqsadga erishish uchun manfaatdor tomonlar kuchlarini 
birlashtirishi zarur ekan. Natijada elektron kutubxonalar yaratish 
ishiga dastlab alohida tashkilotlar kirishgan bo‘lsa, so‘ngra bu ish 
milliy va xalqaro darajadagi ishga aylandi. 
Axborot-kutubxonalarni avtomatlashtirishga dastlab 60-yillar-
ning o‘rtalaridan kirishildi. Kompyuterlarni kutubxonalar ishiga 
tatbiq qilish bibliografik ma’lumotlar bazasi va kutubxona kata-
loglarini yaratishdan boshlandi. Bu ishlar maxsus EhMlar asosida 
bajarildi. Mashina o‘qiy oladigan (MARC) kataloglarni va yagona 
kataloglar tarmog‘ini yaratish bo‘yicha dastlabki natijalar olindi. 
70- yillarda kompyuterlarni aloqa kanallari orqali yagona tarmoqqa 
bog‘lash imkoni yaratildi. Bu esa, o‘z navbatida, bir kompyuter-


232
233
dagi bibliografik ma’lumotlar bazasidan ikkinchi kompyuter orqali 
foydalanishga sharoit tug‘dirdi. 
80- yillarda shaxsiy kompyuterlarning paydo bo‘lishi bilan ku-
tubxona tizimlarini yaratish va ularni keng tatbiq qilish real bo‘lib 
qoldi. 1967- yilda AQShdagi Ogayo shtati kollejlari va universitet-
lari rahbarlarining tashabbusi bilan Ogayo kollejlari kutubxona 
markazi – Ohio College Library Center (OCLC) tashkil qilindi. 
Bundan maqsad akademik universitetlarning kompyuter tizim-
larini rivojlantirib, bibliografik resurslarni o‘zaro almashtirishga 
imkon yaratish edi. OCLCning birinchi idorasi Ogayo davlat uni-
versitetining bosh kutubxonasida, birinchi kompyuterlashtirilgan 
zal esa mazkur universitet tadqiqotlar markazida tashkil qilindi. 
OCLC va uning boshqa universitetlar bilan hamkorligi tezda rivoj-
landi. 1981- yilda korporatsiyaning rasmiy nomi OCLC – to‘g‘ri 
murojaat qiluvchi kutubxona markazi (Online Computer Library 
Center, Inc) deb o‘zgartirildi. 
Bugungi kunda OCLC 63 mamlakatdagi 23 000 kutubxonaga 
xizmat qiladi. Elektron kutubxona g‘oyasi jahonning rivojlangan 
mamlakatlaridagi universitetlar va yirik kutubxonalarda u yoki bu 
yo‘sinda tatbiq qilinmoqda. 
Masalan, Yaponiyada yangi texnologiyalarni tatbiq qilish agent-
ligi, Parlament milliy kutubxonasi, bir qator vazirliklar, 20 dan or-
tiq kutubxona va madaniy markazlar o‘z kuchlarini birlashtirib, 
«XXI asr kutubxonasi»ni yaratishga kirishganlar. 
Bir necha yil avval AQSh Kongressi kutubxonasi elektron ku-
tubxona yaratish milliy dasturini amalga oshira boshladi. 1994- yil-
dan boshlab AQShda NSF, DARPA va NASA tashabbusi bilan 
Digital Libraries initiative (DLI) elektron kutubxonalar bo‘yicha 
tadqiqot dasturi ish boshladi. 
Mazkur dastur rivojining 2- bosqichida, ya’ni 1998- yildan 
boshlab u yagona tarmoqlararo dasturga birlashtirildi. Bu dastur-
ga Milliy tibbiyot kutubxonasi, AQSh Statistika agentligi, Milliy 
gumanitar fond, AQSh Milliy arxivi va boshqa federal agentliklar 
qo‘shildi. 


234
235
1995- yildan boshlab Buyuk Britaniya milliy dasturi ELIB amal-
ga oshirildi. Bir qator mamlakatlar (Kanada, Germaniya va boshqa-
lar)da elektron kutubxonalar tashkil etishga oid yaratilgan tarqoq 
loyihalar milliy va xalqaro loyihalarga aylana boshladi. Elektron 
kutubxonalar yaratish va ulardan foydalanishni maqsad qilgan bir 
qator loyihalar KES dasturi (Yevropa hamjamiyatining 4- dasturi) 
doirasida amalga oshirildi. 
Bugungi kunda elektron kutubxonalar yaratish va ulardan foy-
dalanish «Informatsion jamiyat texnologiyalari» dasturi doirasida 
KES dasturiga kiritilgan. 
AQShda 80- yillarda elektron kutubxonalar (EK) yaratish 
bo‘yicha ish boshlangan bo‘lsa, bu ishga Buyuk Britaniyada 90- yil 
boshlarida kirishildi. 
Odatda, bunday ishlar loyihalarni amalga oshiruvchi kichik gu-
ruhlar tomonidan bajarilib, keyinchalik milliy dasturlar va xalqaro 
loyihalar darajasiga ko‘tariladi. Bunga misol sifatida «Katta yetti-
lik» mamlakatlari tomonidan yaratish mo‘ljallanayotgan EKni kel-
tirish mumkin. Bu loyihada qatnashish uchun Rossiya ham taklif 
etilgan. AQShdagi «DLI», Buyuk Britaniyadagi «ELIB» loyihalari 
ham bunga misol bo‘la oladi. Germaniyada esa «CLOBAL-INFO» 
elektron kutubxona yaratishga kirishilgan. 
Yuqorida keltirilgan loyihalar davlat tomonidan yetarlicha moli-
yaviy ta’minotga egadir. 
Bu mamlakatlarda EK yaratish muammolarini yechish uchun 
turli investitsiyalar faol jalb qilinmoqda, jumladan, turli fondlar, 
manfaatdor xususiy kompaniyalar, xayriya tashkilotlari, alohida 
homiy shaxslar mablag‘lari bu ishga yo‘naltirilmoqda. 
Rossiyada ham EK yaratish bo‘yicha tajribalar yetarli. 1995- 
yildan boshlab elektron resurslar va ularning dasturiy-texnik ta’mi-
notini yaratish bilan bog‘liq loyihalar (jumladan, Internet orqali) 
amalga oshirila boshlandi. Bu loyihalar bir qator davlat ilmiy-
texnik dasturlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. 
Masalan, «Fan va texnika bo‘yicha federal informatsion fond», 
«Rossiyani axborotlashtirish» dasturi. Rossiya Fan vazirligining 


234
235
maqsadli ilmiy-texnika dasturi «Fan va oliy maktab uchun milliy 
kompyuter tarmoqlari telekommunikatsiyasi» loyihasi qo‘llab quv-
vatlanmoqda. 
1998- yili Rossiya fundamental tadqiqotlar fondi (RFTF) va 
Rossiya texnologik rivojlanish fondi (RTRF) tanlov e’lon qildi. 
Uning natijasiga ko‘ra, EK muammolarini yechish bo‘yicha loyi-
halar moliyalashtirila boshlandi. «Rossiya elektron kutubxonalari» 
tarmoqlararo dasturini amalga oshirish to‘g‘risida ham bir qator 
yechimlar bor. 
Mazkur dastur bu sohadagi boshqa loyihalar va dasturlar bilan 
birgalikda elektron axborot resurslarini yig‘ish, saqlash va ulardan 
samarali foydalanishga mo‘ljallangan. 
EK yaratishga yo‘naltirilgan xalqaro loyihalardan biri «Bib-
liotheca Universalis» hisoblanadi, bu loyiha bo‘yicha EKlarning 
global tarmog‘ini yaratish ko‘zda tutilgan. Mazkur loyiha «Katta 
yettilik» mamlakatlari tomonidan amalga oshirilayotgan ikki loyi-
haning biridir. 1995- yilda boshlangan bu loyiha ishida quyidagi 
mamlakatlar ishtirok etmoqda:
– Fransiyadan Fransiya Madaniyat vazirligi va Fransiya Milliy 
kutubxonasi;
– Yaponiyadan Yaponiya Milliy kutubxonasi; 
– AQShdan Kongress kutubxonasi;
– Buyuk Britaniyadan Britaniya kutubxonasi; 
– Germaniyadan Germaniya kutubxonasi; 
– Kanadadan Kanada Milliy kutubxonasi;
– Italiyadan Davlat kutubxonasi. 
Elektron kutubxonalar yaratishda AQShdagi kutubxonalar va 
axborot markazlari, ayniqsa, faollik ko‘rsatmoqda. 
Loyihalar ichida salmoqlisi AQSh Kongressi kutubxonasi to-
monidan amalga oshirilgan, 1995- yilda 15 ta yirik universitet ku-
tubxonasini birlashtirgan Milliy elektron kutubxonalar federatsiya-
si (NDLF) loyihasi, Milliy elektron kutubxona va Amerika xotirasi 
loyihalari hisoblanadi. 


236
237
AQShda bu sohada olib borilayotgan ishlar boshqa mamlakat-
larda ham shu yo‘nalishdagi tashabbuslar rivojiga turtki bo‘ldi. 
Shuning uchun ham ular o‘zlarining loyihalarida amerikalik kasb-
doshlari tajribasiga ko‘proq tayanishlari tasodifiy emas. 
1993- yili Avstraliya arxivlari, Avstraliya kutub xonalar ken-
gashi, Axborot xizmatlarini saqlash bo‘yicha milliy agentlik va To-
vushli kino bo‘yicha milliy arxiv hamkorlikda elektron materiallar 
ishlanmalari yaratishga tavsiyalar beruvchi ishchi organ tuzdilar. 
Bu sohadagi ishlar Avstraliya Federatsiyasining 100 yillik yubile-
yiga mo‘ljallangan «2001- yildagi Federatsiyaga yuzma-yuz» das-
turiga kiritildi. 
1995- yildan boshlab bu ishchi organ AQShning «hujjatlarning 
saqlanishi va ulardan foydalanish bo‘yicha kompaniya» ishchi gu-
ruhi (CPA) va Ilmiy kutubxonalar guruhi (RLG) ishlaridan sama-
rali foydalana boshladi. hozirgi paytda bu ishchi organ «Elektron 
axborotlarni arxivlashtiruvchi ishchi guruhi» deb nom oldi. 
Yevropada Yevropa kengashi tomonidan juda ko‘p milliy va 
xalqaro loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu yo‘nalishda olib bo-
rilayotgan ishlar diqqatga sazovordir. Bunda, ehtimol, Buyuk Bri-
taniyaning ancha oldinga ketganligi bois bo‘lsa kerak, uning ELIB 
dasturi doirasiga 60 dan ortiq loyiha qamrab olingan. 
O‘zbekistonda kutubxonalarni avtomatlashtirish ishlari 90- yil-
larning o‘rtalarida «Axborotlashtirish haqida»gi qonun va Milliy 
ilmiy-texnik axborotlar tarmog‘i yaratish bo‘yicha dastur qabul 
qilinishi bilan boshlandi. Kutubxonalarni avtomatlashtirish ishlari 
O‘zbekistan Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi hamda 
Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi tomonidan qo‘llab quvvat-
landi. Shundan so‘ng elektron kutubxonalar va kutubxona konsor-
siumlari yaratish bo‘yicha dastlabki qadamlar qo‘yildi. Fanlar aka-
demiyasining Asosiy kutubxonasida birinchi elektron kutub xona 
ishga tushirildi. Namunaviy avtomatlashtirilgan kutubxona loyi-
hasi ochiq jamiyat instituti ko‘mak jamg‘armasining granti asosida 
amalga oshirildi. 
Mazkur loyihada ko‘zda tutilgan maqsad:


236
237
– kutubxona faoliyati bilan bog‘liq axborotlarni avtomatlashtiril-
gan holda qayta ishlashning barcha funksiyalarini namoyish etish 
va o‘rgatish;
– kutubxonachilarni avtomatlashtirilgan kutubxonada ishlashga 
o‘rgatish uchun sharoit yaratish. 
Fanlar akademiyasining Asosiy kutubxonasi elFL Direct Project 
xalqaro loyihasi bo‘yicha Ochiq Jamiyat instituti ko‘mak jamg‘ar-
masi orqali AQShdagi EBSCO Publishing kompaniyasining elek-
tron ma’lumotlar bazasini oldi. Bu ma’lumotlar bazasida 3500 dan 
ortiq nomdagi yetakchi davriy nashrlarning annotatsiyali biblio-
grafiyasi va to‘la matnli materiallari mavjud. 
EBSCO, ma’lumot lar bazasidan tashqari axborotlarni Internet va 
SD disklardan qidirish imkonini beruvchi zamonaviy axborot qidi-
ruv tizimi elFL Directni ham taqdim qiladi. Bu esa mutaxassislarga 
fan, madaniyat, tibbiyot va tijorat sohasida Jahonda erishilayotgan 
yutuqlar haqidagi ma’lumotlarni tezkorlik bilan olishlariga imkoni-
yat yaratadi. 2001- yilda O‘zbekistondagi 84 kutubxona EBSCO 
Publishing kompaniyasining elektron ma’lumotlar bazasiga obuna 
bo‘ldi. O‘zbekistonda respublika axborot infrastrukturasini rivoj-
lantirishning istiqboldagi boshqa rejalari ham mavjuddir. Mam-
lakatda Internet tizimini yaratish bo‘yicha ishlar jadal sur’atlarda 
olib borilmoqda. Yetakchi vazirliklar va xalqaro fondlar kuchlari ni 
birlashtiruvchi UzREN loyihasi Internet resurslaridan foydalanish-
ni arzonlashtiradi va, ayni paytda, axborot-kutubxonalar o‘z ele-
ktron resurslarini faollik bilan xalqaro tarmoqlar orqali jahon ax-
borot resurslariga taqdim qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   163




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish