244
245
naning bibliografiya ish protsessorlarini mexanizatsiyalashtirish va
avtomatlashtirish masalasi tushuniladi. Axborot-kutubxona mar-
kaz lari va axborot-resurs markazlari tashkil etilishi texnika vosi-
talarini joriy etish imkonini berdi.
Texnika vositalari yordamida axborot-kutubxonalarda adabi-
yotlarni xonaga keltirish va bo‘limlarga yetkazib berishda, shu-
ningdek, kitob saqlash fondlaridan kerakli adabiyotlarni o‘quv
zallariga eltib berish va shu kabi ishlarda kitobxonlarga xizmat
qilishni yaxshilaydi. Bu esa kutubxonachilarning vaqtini tejaydi,
natijada axborot-kutubxonaning kitobxonalarga xizmat ko‘rsatish
ko‘rsatkichini yanada yuksaltirishiga yordam beradi.
Ayniqsa, adabiyotlarning transportlanishida ishlatiladigan
texnik vositalar kutubxonachilar mehnatini yengillashtirishda juda
qo‘l kelmoqda. Masalan, qo‘l aravachalari, lift, konveyr va h. k.
lar shular jumlasiga kiradi. Umuman,
zamonaviy axborot-kutub-
xonalarda adabiyotlarni texnika vositalari yordamida kompleks
xiz mat qilishni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Axborot-kutubxonalarda transport bilan adabiyotlarni axbo rot-
kutubxona bo‘limlari va tashqi axborot-kutubxonalarga eltib be-
rish keng ommalashmoqda. Transport vositalari xizmat ko‘rsatish
xususiyatiga ko‘ra tashqi va ichki vositalarga bo‘linadi. Chunon-
chi, tashqi transport vositalariga avtokutubxona, kutubxona mo-
totsikllari kiradi.
Avtokutubxonalar va kutubxona mototsikllari tashqaridan kitob
olib kelishga, axborot-kutubxonalaridan uzoqda bo‘lgan kitob-
xonlarga xizmat qilishga yordam beradi. Ichki transport vositala-
riga esa axborot-kutubxonalarning bo‘limlararo xizmat qilishda
ishla ti ladigan texnik vositalari kiradi. Ular: konveyr,
tushirgichlar,
ko‘targichlar va h. k.
O‘z navbatida, ichki transport vositalari ham ikki guruhga
bo‘linadi:
1. Cheksiz harakatlanuvchi qurilmalar:
a) konveyer – tortuvchi elementlar;
b)
tushirgich, rolgam.
244
245
2. Vaqtli harakatlanuvchi qurilmalar, ya’ni yukni ma’lum bir
vaqt ichida joylashtiradigan va tashiydigan qurilmalar: liftlar, qo‘l
aravachalari.
hozirgi vaqtda axborot-kutubxonalarda adabiyotlarni tashish va
yetkazish ikki usulda olib boriladi: tarli va tarsiz.
Tarli usulda kitoblar, jurnallar, mikrofilmlar qutilarga
joylashtirilib tashiladi. Adabiyotlarni bu
tarzda tashish ularni or-
tish, tushirish yoki bir yerdan boshqa joyga ko‘chirishda kitoblar-
ning shikastlanishidan saqlaydi.
Tarsiz usulida kitob va jurnallarning yuklanishi va tashilishi bev-
osita ishchi organlar, lentali konveyrlar, rolganglarga joylashtirila-
di.
Tarsiz usulning kamchiligi shundan
iboratki, ko‘p sonli kitoblar-
ni, ayniqsa, ortish, tushirish yoki bir joydan ikkinchi joyga ko‘chi-
rishda kitoblarning osonlik bilan zararlanishiga sabab bo‘ladi.
Ana shu ikkala transportlash usulidan axborot-kutubxona xo-
dimlari o‘zlari uchun ko‘proq foydalisini tanlab olishlariga to‘g‘ri
keladi.
Axborot-kutubxonada transport qurilmalari, asosan, yuklarni
joylashtirish, tashish tezligi va quvvatiga qarab xarakterlanadi.
Axborot-kutubxona ishida uzluksiz harakatli vositalar bilan bir
qatorda, davriy harakati jihozlarning qo‘llanilishi keng o‘rin egal-
laydi.