axbOrOt-KutubxOna KOnveYerLari




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/163
Sana02.02.2024
Hajmi17,68 Mb.
#150187
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   163
Bog'liq
Axborot-kutubxona texnologiyasi

13. 4. axbOrOt-KutubxOna KOnveYerLari 
Konveyer usuli deb, uzluksiz ravishda yuklarni muayyan joy-
ga yetkazish uchun mo‘ljallangan transport qurilmasiga aytiladi. 
Yukni tushirish-ortish jarayoni konveyer usulida to‘xtamay davom 
etadigan harakati natijasida amalga oshiriladi. Konveyerlar ikki xil 
bo‘ladi:
1. Tortuvchi organ bilan ishlovchi konveyerlar. Bunday konve-
yerlar, o‘z navbatida, quyidagilarga bo‘linadi:
a) lentali konveyerlar;
b) elevatorlar;
d) fazo va makon konveyerlari. 
2. Tortuvchi organsiz ishlovchi konveyerlarga esa gravitatsion 
qurilmalar (tushirgichlar) yordamida ishlaydigan konveyerlar ki-
radi. 
Axborot-kutubxonalarda konveyerlardan, asosan, uzoq masofa-
ga cho‘zilgan kitob saqlash fondlarida adabiyotlarni transportlash 
ishida asosiy vosita sifatida qo‘llaniladi. 
Axborot-kutubxonalarda lentali konveyerlari shovqin chiqar-
masligi, konstruktiv jihatdan oddiyligi, chidamliligi va ishlab chiqa-
rish hajmining kattaligi tufayli keng ko‘lamda foydalaniladi. Kon-
veyerlar lentalarning uzluksiz aylanishidan iborat bo‘lib, 2 ta bara-
banga tortilgandir. Lentalarni ushlab turadigan tayanch g‘ildiraklar 
konveyerning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Tayanch g‘ildiraklari 
mashina yoki dastgohning qimirlamaydigan asosiga joylashtiriladi. 
Tortuvchi lenta esa maxsus qurilmadan tashkil topadi. 
Lentali konveyerlarning lentalari harakati tortuvchi elementlar-
dan iborat. Lenta o‘zining ishlatilishi jihatidan mustahkam, uzoq 
muddatga chidamli, elastikligi yetarli darajada bo‘lgan materialdan 
iborat bo‘lishi kerak. Ana shunday lentalarni bir necha xil material-
lardan tayyorlash mumkin. Masalan, lentalar setkali, paxta ipdan 
tayyorlangan rezinali bo‘lishi mumkin. Ana shunday lentalardan 
hozirgi vaqtda rezinalisi keng miqyosda foydalanilmoqda. 
Lentalar 300, 400, 500 mm dan to 2000 mm gacha kenglikda 


250
251
ishlab chiqarilmoqda. Ko‘p burchakligi jihatidan 100 mm li keng-
likdagi lentalardan ko‘proq foydalaniladi. Lentalarning uzunligi 
25–400 mm gacha bo‘ladi. hozirgi kunda axborot-kutubxonalarda 
ko‘proq 400–500 mm kenglikdagi lentalar ishlatiladi. 
Axborot-kutubxonalarda adabiyotlarni kitob saqlash fondidan 
kitob berish punktiga yoki orqaga qaytarishda «TL–3» tipidagi len-
tali konveyerlar ishlatiladi (uzunligi 40 m). Lentali konveyerlar-
ning suriladigan va ko‘chiriladigan konstruksiyali turlari ham 
ishlab chiqarilmoqda. Bunday tipdagi konveyerlar boshqalaridan 
ixchamligi, yengilligi, suriladigan va ko‘tariladigan xususiyatla-
riga ko‘ra
farq qiladi. Suriladigan va ko‘chiriladigan konveyerlarda 
lentalar qiya joylashtirilishi bilan birga, yuklarning transportlanishi 
gorizontal holatda ham amalga oshirishi mumkin. 
So‘nggi yillarda ko‘chiriladigan konveyerlarning bir yoki ikki 
seksiyali turi ham ishlab chiqarilmoqda. Bunday konstruksiyali 
konveyerlarga (transportyor) «TPT–2» turi kiradi. Konveyer yuk-
larni qiya yoki gorizontal holatda transportlashi mumkin. 
Axborot-kutubxonalarda transportyordan, asosan, kutubxonaga 
keltirlgan adabiyotlarni tushirib olishda ishlatiladi. Transportyor-
ning umumiy uzunligi 3950 mm, lentaning eni 400 mm. Bir soatda 
2000 quti kitobni ko‘tarishi mumkin. Transportyorda 4 ta aylanuv-
chi g‘ildiraklar mavjud. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   163




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish