patronsiz pnevmatik pochta




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/163
Sana02.02.2024
Hajmi17,68 Mb.
#150187
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   163
Bog'liq
Axborot-kutubxona texnologiyasi

patronsiz pnevmatik pochta. Axborot-kutubxonalarda blank-
buyurtmalar qog‘ozini transportlash uchun patronsiz PPlar ishla-
tilmoqda. Patronsiz PP (pnevmatik pochta)lar uchun to‘g‘ri bur-
chakli, ichki o‘lchami 70 × 10 mm li quvur oqimlari qo‘llanilgan. 
Patronsiz PP orqali talab qilingan adabiyotlar uchun qalin qog‘oz 
formasida jo‘natiladi. 
Patronsiz PP orqali blankalarni turli xil usulda yo‘naltirish 
mumkin. 
Patronsiz PP formati, yuqori teziligi, chidamliligi, quvur oqimi-
ning kam joy egallash; quvurni devor oralig‘iga, shifer oralig‘iga 
joylashtirish oddiyligi, yengilligi va xavfsizlik ta’minlanganligi 
bilan xarakterlanadi. Patronlarning qo‘shimcha qulayligi: 1) kerak-
siz ligi; 2) shovqinsizligi; 3) to‘g‘ri burchakli quvurlarning kam joy 
egallashi bilan belgilanadi.


254
255
Kamchiligi:
1) qoida bo‘yicha har bir blankani e’tibor bilan o‘rash zarur; 
2) blankalarni yaxshi navli qog‘ozlardan tayyorlash kerak; 
3) bir vaqtda faqat bittagina blankani yuborishga imkon bor. 
har bir axborot-kutubxonada adabiyotlarni transportlash yoki 
adabiyotlarga berilgan blank-buyurtma qog‘ozlarini transportlash 
uchun transport vositalarining turli xillari tanlab olinadi. Ana shun-
day transport vositalari axborot-kutubxonalaridagi konkret sharoit-
lar bo‘yicha tanlanadi, ya’ni qavat va yaruslarning soniga qarab:
– yuk ortish;
– kitob saqlash fondidan kitob berish va qabul qilish punktlari-
ning uzoqligi;
– kitoblarga berilgan blank-buyurtmalar va adabiyotlarni tanlash 
uchun kitob berish, qabul qilish va kitob saqlash fondlari punkti 
soni mo‘ljallanadi;
– undan tashqari, axborot-kutubxonalar transport vositalarini 
tanlab olish vaqtida ularning shovqinsiz ishlash xususiyatiga ham 
e’tibor qaratiladi. Ular sanitariya va gigiyena jihatidan talabga ja-
vob berishi zarur. Axborot-kutubxonalar texnika xavfsizligi qoi-
dalari va yong‘inga qarshi umumiy qonun-qoidalarga ham javob 
berishi lozim. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   163




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish