• O‘qib nusxa ko‘chiradigan elektrofotografik apparatlar.
  •  nusxa KO‘chiradiGan va O‘qib nusxa




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet51/163
    Sana02.02.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #150187
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   163
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona texnologiyasi

    6. 3. nusxa KO‘chiradiGan va O‘qib nusxa 
    KO‘chiradiGan eLeKtrOfOtOGrafiK 
    apparatLar
     
    Nusxa ko‘chiradigan elektrofotografik apparalar. Bu tipda-
    gi apparatlar yarimo‘tkazgichli qog‘ozga ofsetli bosma forma va 
    nusxalarni ko‘chirishga yordam beradi. Bu xildagi nusxa ko‘chi-
    rishning texnologik jarayonida murakkab operatsiyalar bajarilmay-
    di. Kukunli asliy shariklar yordamida nusxalar qog‘ozga tushiriladi 
    va nusxa selenli proyaviteldan tozalanadi. Bu tipdagi apparatlar-
    ning tuzilishi ham soddadir. 
    Ushbu guruhga mansub bo‘lgan ikki xil apparat mavjud. Ular 
    bir-biridan asliy va undan olinadigan nusxalarning turlicha o‘l-


    106
    107
    cham dagisini ko‘chirishi bilan ajralib turadi. Bu apparatlarning 
    markirovkasi ikki harfdan – EN asliy va nusxaning o‘lchamini bil-
    di radigan raqamdan iborat bo‘ladi. Masalan, EN–11K1, EN–12 K1. 
    O‘qib nusxa ko‘chiradigan elektrofotografik apparatlar. 
    Keyingi paytda mikrofilmga oladigan apparatlar tez rivojlanib 
    ketdi. Binobarin, mikroplyonkaga axborot yozib olish, ulardan ax-
    borot-kutubxona ishlarida keng foydalanish kengaymoqda. 
    Pefaratsion hisoblash mashinasi bilan bir qatorda mikrofilmga 
    olish, axborotni qayta ishlab, uni iste’molchiga yetkazib berishda 
    bu tipdagi apparatlar qulay texnika vositasi hisoblanadi. Mikro-
    filmga olingan axborotni ko‘chirish va o‘qitish, shuningdek, tanlab 
    olingan kadrlarning nusxasini olish uchun o‘qib nusxa ko‘chiradi-
    gan apparatdan foydalaniladi. 
    Bu apparatlar ikki qismdan iborat:
    – apparatning o‘qiydigan qismi; 
    – elektrofotografik nusxa ko‘chirish qismi. 
    Axborot markazlari va ilmiy-texnika kutubxonalarida o‘qib 
    nusxa ko‘chiruvchi apparatning 3 tipdagi elektrofotografik mashin-
    kalari – EP, ER, EN ishlatiladi. Kattalashtirilgan pozitiv nusxa-
    ni elektrofotografik usul bilan pozitiv hamda negativ mikrofoto 
    nusxadan tayyorlash mumkin. 
    Bunday apparatning «Pozitiv-pozitiv» sxemasi bo‘yicha nusxa 
    ko‘chirishda ko‘chiriladigan asliy nusxa ma’lum vaqt nur ostida 
    qoldirilib, u yarimo‘tkazgichli foto qatlamga o‘tkazish yo‘li bilan 
    olib boriladi. Negativ mikrofilmlardan «negativ-pozitiv» sxemasi 
    bo‘yicha nusxa ko‘chirish esa o‘ziga xos xususiyatga ega. Ma’lum-
    ki, pozitiv mikronusxa tayyorlashda nur ostida oldirilgan nusxa 
    ikki foto kimyoviy jarayonda ishlanadi:
    a) negativ olish jarayonida; 
    b) pozitiv olish jarayonida. 
    Ma’lumki, negativli uslubda nusxa ko‘chirish va uni tayyorlash 
    arzon va qulaydir. 


    108
    109

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   163




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish