bOsMa usuLLar va uLarninG turLari




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/163
Sana02.02.2024
Hajmi17,68 Mb.
#150187
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   163
Bog'liq
Axborot-kutubxona texnologiyasi

6. 4. bOsMa usuLLar va uLarninG turLari
Ofsetli bosma usul. Kutubxonashunoslik va bibliografiya ishi 
sohasida ilmiy-texnik axborot uchun ko‘pincha kichik formatli of-
set mashinalari ishlatiladi. Bu mashinalar, asosan, 1964–1968- yil-
larda kirib kelgan. hozirgi paytda esa bu mashinalardan agregatli 
sistemaning elementi sifatida foydalanilmoqda. 
MDh, GFR, Angliya, Daniya va boshqa ko‘pgina mamlakatlar-
da chiqarilayotgan mashinalar, asosan, 3 guruhga bo‘linadi:
a) bir xil bo‘yoqli ishlarni bajaradigan mashinalar. Bunday 
mashinalar o‘zining tuzilishi, soddalagi bilan ajralib turadi; 
b) bir yoki bir necha rangdagi illustratsiya materiallari va huj-
jatlarni ko‘paytirishda ishlatiladi. Masalan, Romayer 313, 513, Ro-
taprint – RTU 2 K. 
d) bo‘yoq apparati rivojlangan va har xil rangli, yuqori sifatli 
ishlarni bajaradigan mashinalar. Masalan, Adast, Domonat va ho-
kazo.
Odatda, yirik kutubxona va axborot markazlarida 1- va 2- gu-
ruhga oid mashinalar ishlatiladi. 
Sobiq Ittifoqda kichik formatli ofsetli mashina Rotakon (Ppgt 
11–1) 1968- yilda ishlab chiqilib, 1971- yilda sotuvga chiqarilgan. 
Bu mashina
229 × 356 mm formatdagi nusxalarni ko‘paytiradi. ho-
zirgi paytda xuddi shunga o‘xshash Rotakon (POL 12–1) markali, 
formati 350 × 454 mm li mashina ishlatilmoqda. 
trafaretli bosma usullar. Trafaretli bosmaning ish prinsipi 
qog‘oz kalka yoki boshqa materiallarning yuqori qismida bo‘yoqni 
trafaret bilan bosishdan iborat. 
Trafaretli bosma va ko‘paytirish mashinasi, ya’ni rotator 1881- 
yili D. Gestetlar tomonidan kashf qilingan. Ishlash prinsipi hamda 
konstruksiyasi bo‘yicha rotatorlar to‘rsimon va silindrli rotatorlar-
ga bo‘linadi. 
To‘rli rotator taraqqiy etgan mashina bo‘lib, bosma sifati yuqori-
dir. To‘rsimon rotator ikki yoki undan ortiq silindrdan iborat bo‘lib, 
tashqarisiga to‘r tortilgan bo‘ladi. To‘rga trafaret shakli mahkamla-


108
109
nadi. Bo‘yoq silindr bilan valik orasida tarqaladi. Qog‘ozga
trafaret 
va bosma valik orasidan o‘tganda nusxa tushadi. 
To‘rsimon yoki to‘rsimon rotatorning eng ko‘p taralgan turi ikki 
silindrli, stol ustida joylashtirilgan rotatordir. 
hozirgi rotatorlarda qog‘oz uzatish va bo‘yoq chiqarish avto-
matik usulda bajariladi. Ko‘paytirilayotgan nusxani sanaydigan hi-
soblagich, nusxa adadini belgilaydigan apparat va boshqalar bor. 
hozirgi paytda to‘rsimon rotatorning PC–A4 markasi ishlatil-
moqda. Bu marka o‘z xususiyati bilan xalqaro standartli marka-
larga yaqindir. 
Axborot-kutubxona va axborot markazlarida, asosan, AQSh, 
Angliya va Yaponiyadan keltirilayotgan rotatorlar keng miqyos-
da ishlatiladi. Trafaretli bosma usuli bilan kutubxona va axborot-
resurs markazlarida adadi 1000–2000 tagacha bo‘lgan hujjatlarni 
ko‘paytirish mumkin. Bu usulda ko‘paytirishning afzalligi shun-
daki, tayyorlangan formaning oddiyligi va bosish asboblarining 
kichik gabaritligidadir. Bu rotatorda Iskra–1 va Iskra–2 elektro-
plyonkalari ishlatiladi. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   163




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish