130
131
Kompyuterning asosiy qurilmalari:
Monitor – bu televizor, ya’ni
kompyu-
63- rasm. Monitor.
terdagi
ma’lu motlarni ekranda tasvirlov-
chi qurilma. Monitorlar rangli, oq-qora
va suyuq-kristalli turlarga ega. O‘lchami
televizorlarnikiga o‘xshash: 14, 15, 17,
19,21 dyuymli va hokazo. 15
dyuymli
monitorlar kengroq tarqalgan. 17–21
dyuymli monitorlar, odatda, grafika bilan
shug‘ullanuvchilar
uchun qulaydir.
Protsessor kompyuter ishini ta’minlaydi va boshqaradi, shu ning
uchun, odatda, uni «kompyuter» deb ham atashadi. U
quyidagi
qismlardan tashkil topadi:
1. Mikroprotsessor – kompyuter ishlashini ta’minlaydigan
va kompyuter qurilmalari ishini boshqaradigan qurilma. U kom-
pyuterning ishlash tezligini aniqlaydi. Kompyuterlar mikroprotses-
sor turi bilan farqlanadi. hozirgi kunda mikroprotsessorning turli
xillari mavjud: Intel, Pentium.
2. Operativ xotira – kompyuterning vaqtinchalik xotirasi u
kompyuter ishlayotgan paytda ma’lumotlarni saqlaydigan qurilma.
Kompyuter imkoniyatlari operativ xotira hajmiga bog‘liq bo‘ladi.
Operativ xotira hajmi qanchalik katta bo‘lsa, kompyuter shuncha-
lik ko‘p ma’lumotlar ustida turli amallarni bajara olish imkoniga
ega bo‘ladi.
3.
Doimiy xotira – ma’lumotlar doimiy saqlanadigan maxsus
qurilma. Xotira hajmi qancha katta bo‘lsa, kompyuter shunchalik
ko‘p ma’lumotlarni saqlash imkoniga ega bo‘ladi.