tizzaga qo‘yib ishlatiladigan kompyuterlar. Ixcham Lap Tor
kompyuterlari «tizzada ishlatiladigan» degan ma’noni bildiradi.
Uncha katta bo‘lmagan «diplomat» o‘lchamidagi ko‘rinishda tay-
yorlanadi, ularning og‘irligi, odatda, 5–10 kg oraliqda bo‘ladi. Ap-
parat va dasturli ta’minoti yaxshi.
Kompyuter-yon daftarchalar (notebook) – bu ixcham kom-
pyuterlarning eng gurkirab rivojlanayotgan qism sinfidir.
73- rasm. noutbuk.
Noutbuk (notebook) mobil ixcham
shaxsiy kompyuter bo‘lib, uning asosiy
qismi va monitori birlashgan holda
bo‘ladi. Bunday kompyuterlarning
ko‘pchiligi deyarli standart klaviaturaga,
kompyuter grafikasi vositalariga ega.
Netbuk (netbook) Internetdan foyda-
lanish va ofis dasturlari bilan ishlash
uchun mo‘ljallangan kichik komputerdir.
Netbuklar ixcham o‘lchamlari, yengil vazni, kam energiya iste’moli
va nisbatan arzon narxlari bilan ajra lib
74- rasm. netbuk.
turadi.
Kompyuter-yon daftarchalar (Note-
book va Sub Notebook, ularni yana
«Omni Vook» – «har yerda hozir-u
nozir» deb ham atashadi) ShKlarning
barcha vazifalarini bajaradi. Tuzili-
shi jihatdan ular miniatur chamadon-
cha ko‘rinishda (ba’zida olinadigan
qopqoqli), uncha katta bo‘lmagan
kitob o‘lchamida (qalinligi 2–5 sm
bo‘lgan A4 formatli standart o‘lchamli) tayyorlangan. O‘zining
tavsiflari bo‘yicha ko‘p jihatdan Lap Tor bilan mos keladi, ular-
dan faqat o‘lchamlari hamda tezkor va diskli xotiraning birmun-
cha kichik sig‘imlari bilan farq qiladi (floppi disklar uchun dis-
138
139
kovod va vin chester ko‘pincha tashqi bo‘ladi). Vinchester o‘rniga
ba’zi modellar, ayniqsa, Sub Notebook orasidagilari (noutbukning
kichraytarilgan varianti), 10–20 Mbayt sig‘imli energiyaga bog‘liq
bo‘lmagan flash-xotiraga egadir.
Kompyuter-yon daftarchalarning ko‘pchilik modellari aloqa
kanaliga va mos ravishda hisoblash tarmog‘iga ulanish uchun
modemlarga egadir. Ularning ba’zilari boshqa kompyuterlar bilan
masofadan turib simsiz ma’lumot almashish uchun radiomodem-
lar va optoelektron infraqizil portlar bilan jihozlangan. Bu portlar
bir necha o‘n metr uzoqlikda va bevosita ko‘rinish chegarasida
kompyuterlararo aloqani ta’minlaydi. Aloqaning imkoni borligi
kompyu ter ekranida maxsus piktogrammaning paydo bo‘lishi bilan
qayd qilinadi.
Kompyuter-yon daftarchalar uncha katta bo‘lmagan suyuq,
kristalli monoxrom va rangli displeyga ega.
Klaviaturasi har doim qisqartirilgan, Track Point va Track Pad
tipidagi manipulatori bor. Resurslarning kuchaytirilishi PCMCIA
kartalari bilan bajariladi.
Noutbuk ta’minoti 3–4 soat davomida avtonom ishlashni ta’min-
lovchi ixcham akkumulatorlardan amalga oshiriladi (ionlitiyli ak-
kumulatorlarni ishlatganda esa 12 soatgacha).
hozirgi vaqtda noutbukning uchta asosiy ko‘rinishi qaror topdi:
– boshlang‘ich darajali kompyuter-yon daftarcha;
– yuqori unumli mobil ishchi stansiyalar;
– ko‘p qatlamli kompyuter-yon daftarchalar.
Boshlang‘ich darajali kompyuter-yon daftarchalar shu sinfdagi
ixcham kompyuterlarning eng ko‘p tarqalgan klassik variantidir.
Bu kategoriyaga 1997- yilda ishlab chiqarilganPentium 133 Mhz
gacha MP li, 8 Mbayt gacha sig‘imli tezkor xotirali, 1,08–1,3 Gbayt
sig‘imli vinchesterli, 11,3 displeyli va sozlangan faks-modemli
kompyu terlar to‘g‘ri keladi. Bu kategoriyadagi kompyuterlarni ho-
zirda deyarli barcha asosiy kompyuter ishlab chiqaruvchi firmalari:
«IBM», «Toshiba», «hP», «Compaq», «NEC», «Aser» va b. ishlab
chiqarmoqda.
140
141
Notebooklar orasida peshqadami ushbu sinfdagi ShKlar orasida
standartni belgilovchi IBM Think Pad modellaridir. Lekin ko‘pgina
boshqa firmalarning ham mashhur noutbuk vakillari mavjud.
Masalan, «Compaq» firmasining noutbugi: LTE 5000 Pentium
MPiga va modulli, TeEQQsini 72 Mbaytgacha kengaytarish im-
koniyatli yengil modifikatsiyalanadigan tuzilishga, 5,4 Gbayt diskli
xotiraga, PCI lokal shinaga ega, 16 soatgacha avtonom ishlashini
ta’minlaydigan ikki akkumulatordan ta’minlanadi.
Yuqori unumli mobil ishchi stansiyalar ko‘zg‘almas stol usti
kom pyuterlari bilan unumdorligi bo‘yicha ham, kengaytarish im-
koniyati bo‘yicha ham tenglashib, ularni almashtirishga da’vat
etilgan. Bu guruhlarning ko‘pchilik zamonaviy modellari 166–200
Mhz li Pentium MMX protsessorlari asosida yaratilgan va Pentium
MMX MP pay do bo‘lganidan keyin (mo‘ljaldagi nomi Pentium II)
birdaniga uning mobil versiyasi – IMMni (Intel Mobil Module) ish-
latish rejalari belgilanmoqda. IMM MPni va 430 TX to‘plamidan
mikrosxemalarni o‘z ichiga oladi hamda 6 × 10 sm o‘lchamli plata
ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Bu guruhning eng ilgari surilgan model-
lari o‘tkazish qobiliyati 1024 × 768 pikselli, 12,1 va 13,3 dyum
kattalikdagi juda ulkan ekranli LCD-displeyi bilan jihozlanishi
kutilmoqda (ta’kidlash kerakki, bunday matritsalarning O‘lchami
15 dyuymli monitorning ko‘rinish qismining o‘lchamiga tengdir).
Ekranning kelgusida 14,2 dyumgacha kattalashtirilishi, bu esa ba’zi
bir firmalar tomonidan taxmin qilinmoqda – noutbuk uchun defakt
qabul qilingan hozirgi standartda A4 o‘lchamining kattalashishiga
olib keladi.
Bu kompyuterlar uchun yuqori tezlikli infraqizil portlar, 33,6
Kbod tezlikli sozlangan faks-modem va quvvatli interfeys shinala-
rining borligi urf bo‘lib qolmoqda (bugungi kunda CardBus shinali
modellar paydo bo‘ldi. Ular hozirda ixcham kompyuterlar uchun
eng ommaviy bo‘lgan PCI shinalariga o‘xshashdir, bu shinalar
to‘liq ek ranli video uchun yetarli bo‘lgan 13 Mbod/s gacha alma-
shish tezligini ta’minlaydi).
140
141
Bu guruhning kompyuterlari: Toshiba TecraCDT, NEC Versa
6050, Aser/TI Trave Mate 6150 va b.
Ko‘p qatlamli kompyuter-yon daftarchalar (Multilaeser Note-
book – MLN) birinchi ikki tipdagi noutbuknikiga o‘xshash og‘irlik
va o‘lchamlarga ega bo‘lib, yuqori unumdorlikni va funksio nal
to‘lalikni ta’minlaydi. Bu esa ularning ko‘p qatlamli texnologiyasi
hisobiga erishiladi.
Bu guruhning birinchi vakili – Twinhead firmasining Note-
book 7 bo‘lib, u ThinkPad 560 zamonaviy modelining o‘tgan yil-
lardagi yanada rivojlangan variantidir, u ikki qatlamdan tashkil top-
gan:
– 11,3 dyumli displey, 1,3 Gbayt sig‘imli vinchester, 1 Mbayt
si gimli TeEQQ, Mobile Pentium 133 MP bazasidagi to‘liq funk-
sionalli noutbukni tashkil etgan asosiy qatlam;
– CD-ROM, PCI shinali interfeys, audio kuchaytirgich va audio-
karnayni o‘z ichiga olgan qo‘shimcha qatlam.
«Notebook 7»ning muhim xossasi uni foydalanuvchining ista-
gi bo‘yicha moslashuvchan konfiguratsiyalash imkoniyatidir. Bu
kompyuterning to‘liq og‘irligi 3 kg dan oshiqroq. Bunday tuzilish-
ning istiqbolliligi boshqa firmalarni ham («Compaq», «Ase Tech-
nologies», «Fujitsu») shunga o‘xshash modellarini: Compaq Ar-
mada 4100, Aser/TI TraveMate 900, Solo Slim, Fujitsu LifeBook
600 va 6. ishlab chiqarishga undadi. Aslini olganda, qo‘l ostingizda
noutbukka ega bo‘lib, siz hamma joyda ish joyingizda ham, uyi-
ngizda ham, yo‘lda ham zamonaviy ofis kompyuteriga ega bo‘lasiz,
bu esa tijoratchi uchun dabdaba emas, balki kerakli buyumdir.
|