Axborot o'lchov birligi




Download 175.72 Kb.
bet1/2
Sana27.05.2022
Hajmi175.72 Kb.
#22156
  1   2
Bog'liq
Axborot o\'lchov birligi
1-laboratoriya ishi, Mustaqil ish-№4, Susskind and Susskind, объективка, титульки

Axborot o'lchov birligi


Reja:
1. Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish" fanining asosiy tushunchalari
2. Axborot tusunchаsi vа uning turlаri, xossalari, o’lchov birliklari. Axborotlarni kodlash
3. Axborot tеxnologiyalari
4. Axborot texnologiyalаrining rivojlаnishi tarixi
5. Axborot tizimlаri va sinflari
Axborot nima?
Аxborot - atrof-muhit obyektlari va xodisalari,
ularning o’lchamlari, xususiyatlari va xolatlari
to’g’risidagi ma’lumotlardir.
1960-yillarda Fransiyada “Informatika” atamasi
yuzaga kelgan boʼlib, axborot informatio soʼzidan
olingan boʼlib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki biror narsa yoki hodisa haqidagi maʼlumot maʼnosini anglatadi.
Umuman Аxborot atrof muhitdan, (tabiatdan yoki
jamiyatdan) sezgi aʼzolarimiz (koʼz, quloq, burun, ogʼiz, teri) orqali qabul qilib, anglab oladigan har qanday maʼlumotni tushunamiz.
Аxborot asosan quyidagi turlarga boʼlinadi:
1. Matnli axborot; 2. Grafikli axborot;
3. Tovushli axborot; 4. Videolavhali axborot;
5. Belgili axborot; 6. Raqamli axborot.
Axborotning asosiy xossalari:
❑ To’liqlilik. Axborot o’rganilayotgan obyekt yoki
xodisani har taraflama to’liq ifodalashi lozim;
❑ Qimmatlilik. Axborot malum ma’noda qimmatli bo’lishi kerak, aks holda undan foydalanish ehtiyoji tug’lmaydi;
❑ Ishonchlilik. Axborot ishonchli bo’lishi kerak.
Axborotning o’lchov birliklari va axborotlarni kodlash
Har qanday kattalikni o'lchash uchun mos etalon birliklar mavjud. Masalan, uzunlikni o'lchash uchun metr, massani o'lchash uchun - kilogramm, vaqtni hisoblash uchun soniya va boshqalar ishlatiladi. Axborotlar ham har xil ko’lamga ega bo’lib, ularning o’lchov birligi mavjud. Axborotlarning eng kichik o’lchov birligi 1 bit deb olingan. 1 bit 1 yoki 0 ga teng bo’ladi. Аxborotni oʼlchashda signalning mavjudligi “1” bilan yoki yoʼqligi “0” bilan ifodalanadi. Kompyuterda har bir belgi 8 bit hajmdagi joyni egallaydi. Axborotlarni o’lchash uchun hosilaviy o’lchov birliklar ham mavjud:
1 bayt = 8 bit; 1 kilobayt(kb) = 210 bayt =1 024 bayt;
1 megobayt(mb) = 210 kb = 1024 kb =220 bayt =1 048 576 bayt;
1 gegobayt(gb) = 210 mb = 1024 mb = 230 bayt =1 073 741 824 bayt;
1 terobayt(tb) = 210 gb = 1024gb=240 bayt =1 099 511 627 776 bayt;
1 petobayt(pb) = 210 tb=1024tb = 250 bayt = 1125899906842624 bayt;
"Bit" so`zi “Binary digit” - “Ikkilik son” so'zlarini qisqartirish
natijasida olingan bo`lib, ikkilik raqam, ya'ni faqat ikkita qiymatni
oladigan son - 0 yoki 1 degan ma’noni bildiradi. Sakkizta bitlar
ketma-ketligi yoki boshqacha qilib aytganda, sakkizta 0 va 1 ikkilik belgilar (masalan, 10001101) bayt deb ataladi. 1 bayt = 8 bit.
Kompyuter klaviaturasidagi har qanday belgi (katta yoki kichik
harflar, raqamlar, belgilar, shu jumladan bo'sh joy belgisi) hajmi 1
baytni tashkil qiladi.
Endi biz matnning ma'lumot hajmini hisoblashimiz mumkin.
Undagi belgilar sonini hisoblash kerak. Olingan qiymat baytlarda
ko'rsatilgan ma'lumotlar hajmi bo'ladi.
Masalan, hujjat 30 sahifadan iborat bo'lib, har bir sahifada har biri 70 belgidan iborat 50 satr, shu jumladan so'zlar orasidagi bo'shliqlar mavjud. U holda har bir sahifada 70 * 50 = 3500 bayt ma'lumot, va butun hujjatda esa - 3500 * 30 = 105000 bayt bo'ladi. Natijadan ko'rinib turibdiki, atigi 30 varaqni o'z ichiga olgan hujjat hajmi katta son bilan belgilanadi. Gidromelioratsiya so’zida nechta bit bor?
Axborotlarni himoyalash.
Axborotlarni himoyalash ularni kodlash (shifrlash) orqali amalga oshiriladi.
Axborotni ma’lum bir qonun-qoida asosida komyuterda qayta ifodalash shu axborotni kodlash deb ataladi.
Axborotni himoyalashning bir necha usullari mavjud bo’lib, ular axborotdagi belgilarni boshqa belgilarga almashtirish, axborotdagi belgilarni sanoq sistemalari orqali ifodalash va h.k.lar.

Download 175.72 Kb.
  1   2




Download 175.72 Kb.