• Ifoda shakli
  • Referat ustida ishlash tartibi




    Download 354.51 Kb.
    bet10/24
    Sana16.05.2023
    Hajmi354.51 Kb.
    #60226
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
    Bog'liq
    MUSTAQIL ISH TAYYORLASH UCHUN USLUBIY KO'RSATMA
    VARIANT savollari Yengil sanoat, 1478243822 64126, tayyori, KM Янги мустакил иш мавзулари №1-4
    Referat ustida ishlash tartibi

    Kafedra tomonidan taklif etiladigan referat mavzulari misol tarikasida bo‘ladi. O‘zingiz shaxsiy qiziqishingiz va maylingizga javob beradigan mavzu tanlashga harakat qilish maqsadga muvofiqdir. O‘zingiz qiziqishingiz doirasida, tanlangan muammo va uni asoslashga tayanib kafedra taklif etgan mavzuga kirmagan referat mavzusini taqdim etishingiz mumkin. Ushbu holatda taklif etayotgan mavzuingizni qat’iy ravishda ilmiy rahbaringiz bilan kelishib olishingiz zarur bo‘ladi.

    Referat mavzusini tanlaganingizdan so‘ng (1) tanlangan mavzuga oid savollar doirasi bilan tanishing:

    • MA’RUZA materiallarini qarab chiqing;

    • fan bo‘yicha o‘quv dasturida ushbu mavzuni o‘rganish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar bilan qaytadan tanishib, ularni tahlil qiling.

    Ushbular mavzu mohiyati, uning o‘rganilayotgan kursdagi o‘rni va ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishingizga yordam beradi.
    (2) axborot-kutubxona markazlarida, shuningdek shahar kutubxonalarida mavjud bo‘lgan kataloglardan foydalangan holda referat mavzusi bo‘yicha adabiy manbalar doirasini kengaytiring.
    O‘quv va monografik adabiyotlar bilan bir qatorda quyidagi davriy oylik jurnallarda: «TATU xabarlari», «UZINFOCOM», «ALOQA», «UNICON.UZ», «Energetika va informatika muammolari» ilmiy jurnallari, «XABAR» gazetasi va shu kabilarda chop etilgan ilmiy maqolalardan ham foydalanish mumkin.
    Referat sifatini oshirishda mavzuga taalluqli O‘zbekiston Respublikasining qonuniy hujjatlari hamda hukumat qarorlaridan foydalanish ham muhim o‘rin tutadi.
    Ishning dastlabki bosqichi yakuni bo‘lib bibliografiya xizmat qiladi.


    Referat rejasi quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:


    - kirish;
    - asosiy qism;
    - xulosa;
    - foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati;
    - ilova (zarurat bo‘lganda).

    Referat rejasi tanlangan mavzuga taalluqli va uning asosiy mazmunini qamrab oladigan savollar doirasini aniqlaydi. U referentga mavzu materiallarini yig‘ishda umumiy yo‘nalishni olishga imkon beradi, uning to‘g‘ri tanlanishi va ifoda etilishini ta’minlaydi.
    Puxta o‘ylab chiqilgan, har bir qismi tanlab olingan material bilan ta’minlangan reja – referatni muvaffaqiyatli yozish muhim asosidir.
    Referatning asosiy qismini o‘z lo‘nda va aniq nomiga ega savol va kichik savolchalar (qismchalar)ga bo‘lib chiqish zarur.


    Kirish qismida nazariy va amaliy jihatdan mavzuning dolzarbligi asoslanadi, maqsadlar shakllantiriladi va vazifalar belgilanadi.
    Agarda referat monografik (bitta manba va muallif referatlashtirilsa) ko‘rinishda bo‘lsa, kirish qismida:

    • muallif haqida qisqacha ma’lumot (ilmiy darajasi, unvoni, uning mutaxassisligi, boshqa ishlari);

    • mavzu manbasining qisqacha bayoni;

    • ish maqsadi;

    • rubrikasi;

    • muallifning tutgan o‘rni va boshqalar keltiriladi.

    Referat asosiy qismida barcha muhim fikrlar aks ettirilishi zarur.
    Rejaga binoan, referatning asosiy qismi yig‘ilgan materialni taqsimlashga ko‘ra mos ravishda savollar va savolchalarga (qismlarga) ajratilishi talab etiladi.
    Har ajratilgan savol, savolcha (qism), referatni tarkibiy qismlarga ajratish butunligicha quyidagi formula asosida bo‘lishi lozim: vazifa-ishlanma-xulosa.
    Ifoda shakli – referent tanlovi: konspekt shaklida, fragmentli, tahliliy.
    Adabiyotlarni annotatsiya yo‘liga sakrashga yo‘l qo‘yilmaydi. Har bir manba tadqiqot qilinayotgan mavzu doirasidagina tahlil qilinmog‘i lozim bo‘ladi.


    Download 354.51 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




    Download 354.51 Kb.