• AXBOROTNI O G‘ZAKI RAVISHDA UZATISH Bo‘limda ilmiy tavsifdagi ma’lumotlarni og‘zaki ravishda taqdim etish shakli – MA’RUZA
  • Referat matnidagi ibora va s




    Download 354.51 Kb.
    bet11/24
    Sana16.05.2023
    Hajmi354.51 Kb.
    #60226
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
    Bog'liq
    MUSTAQIL ISH TAYYORLASH UCHUN USLUBIY KO'RSATMA
    VARIANT savollari Yengil sanoat, 1478243822 64126, tayyori, KM Янги мустакил иш мавзулари №1-4
    Referat matnidagi ibora va so‘z birikmalari namunalari
    « ... ishda ... tizim qarab chiqiladi»
    «Kirish qismida ko‘rsatiladiki, ya’ni ... »
    «Muallif shuni nazarda tutadiki, ya’ni ... »
    «1-bobda quyidagi savollar yoritiladi ... »
    « ... 2-bobda tadqiq etiladi»
    « ... haqda gapirib, muallif ta’kidlaydiki, ... »
    «Ishda shuningdek quyidagiga e’tibor qaratiladi ... »
    «SHunday qilib, muallif ... degan xulosaga keladi»
    «3-bobda ... tadqiq etiladi, ... qarab chiqiladi»
    « ... zarurati aniqlanadiki ...»
    «Xulosada muallif shunday yozadi: ... »

    Materialni ifoda etish tavsifiy xarakterga ega bo‘lmasligi kerak. Mos ravishda xulosalari bo‘lgan tahlil, shuningdek matn bilan uzviy bog‘langan statistik materiallar tahlili bo‘lmog‘i lozim.


    Katta hajmli statistik ma’lumotlarni jadval holiga keltirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Statistik ma’lumotlar asosida diagrammalar, grafiklar, gistogrammalar qurish u yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tushunarliroq ifoda etishga yordam beradi.
    Barcha referatda keltiriladigan jadvallar, diagrammalar, grafiklar, sxemalar, rasmlar nomlanishi va tartib raqami qo‘yilishi kerakdir. Ular tagiga ushbu statistik ma’lumotlar olingan manbalar betlari ham ko‘rsatilgan holda qo‘yilishi qat’iy talab etiladi.
    Matnda keltiriladigan barcha raqamlar tegishli manbalarga havolalarni keltirilishi talab etiladi.
    Matnda iqtibos keltirilsa yoki mualliflar ilmiy-tadqiqot ishlaridagi xulosalar, qaydlar, mulohaza va fikrlardan foydalanilgan holatda muqarrar ravishda havolalar bo‘lishi lozim.
    Referat qadr-qimmati muammoli savollar bo‘yicha har xil qarashlarni tahlil qilish, qabul qilinadigan yoki o‘zining tutgan mavqeini asoslash sanaladi.
    Xulosa tanlangan mavzuni o‘rganish natijasida talaba qilgan xulosalarni o‘z ichiga oladi, shunigdek, hal etilmagan va kelgusida hal etilishi talab etiladigan savollarga bag‘ishlanadi.

    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati ma’lum bir tartib asosida tuziladi:
    1. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari;
    2. O‘zbekiston Respublikasi Farmonlari;
    3. O‘zbekiston Respublikasi hukumati qarorlari;
    4. Me’yoriy aktlar, ko‘rsatmalar;
    5. Davriy nashrlarda chop etilgan kitoblar, maqolalar.
    Manbalar bibliografik qaydida quyidagilar ko‘rsatiladi: muallif ismi va sharifi, kitob nomi, chop etilgan manzilgohi, nashriyot nomi va chop etilgan yili. Agarda maqola jurnal (gazeta) da chop etilgan bo‘lsa, jurnal (gazeta) nomi, tartib raqami va yili, beti keltiriladi.

    Referat ravon tilda aniq yozilgan bo‘lishi va jalb etadigan ko‘rinishga ega bo‘lmog‘i lozim. So‘zlar qisqartirilishiga, faqat umumiy qabul qilinganlardan tashqari, shuningdek, xatoliklarga, tushunarsizliklarga, stilistik tafovutlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
    Referat ilmiy rahbarga taqdim etilishi holatida barcha taraflama maksimal darajada me’yoriga yetkazilgan bo‘lmog‘i lozim.

    Ilmiy rahbarga taqdim etiladigan referat komp’yuterda 12-shrift, 1,5 interval oralig‘ida A4 shaklidagi qog‘ozning bir tomonida chapdan – 2,5 sm, o‘ngdan – 1,5 sm, yuqori va pastidan – 2 sm dan kam bo‘lmagan hoshiya qoldirilgan holda terilishi talab etiladi.
    Matn sahifalari tartib raqamlariga ega bo‘lishi lozim. Tartib raqamlari bir varaqdan ikkinchi varaqqa o‘tadigan va 3 betdan boshlanishi (birinchi va ikkinchi varaq - bu titul varag‘i va ish rejasi bo‘lib, nomerlanmaydi) lozim bo‘ladi.
    Varaq tartib raqami yuqoriga o‘rtadan yoki o‘ng tomonga qo‘yiladi.
    Referat hajmi 16-20 betdan oshmasligi lozim.
    Referat quyidagilardan:
    1) titul varag‘i;
    2) har bir savol, savolcha (qism) varag‘i tartib raqami ko‘rsatilgan ish rejasi;
    3) kirish, tartib raqami qo‘yilmaydi;
    4) manbalarga havolalar keltirilgan savol va savolchalarga (qismlarga) bo‘lingan matn ifodasi;
    5) xulosa, tartib raqami qo‘yilmaydi;
    6) foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
    7) jadval, diagramma, grafik, rasm va sxemalardan tashkil topgan ilovadan tashkil topadi.
    Ilovalar ketma-ket tikiladi.
    AXBOROTNI OG‘ZAKI RAVISHDA UZATISH
    Bo‘limda ilmiy tavsifdagi ma’lumotlarni og‘zaki ravishda taqdim etish shakli – MA’RUZA, shuningdek o‘quv topshirig‘ini bajarish natijasi – taqdimot qarab chiqiladi.

    Download 354.51 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




    Download 354.51 Kb.