|
MUNDARIJA
Mustaqil ta’lim bo‘yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar: 27
Kirish
|
bet | 2/24 | Sana | 16.05.2023 | Hajmi | 354.51 Kb. | | #60226 |
Bog'liq MUSTAQIL ISH TAYYORLASH UCHUN USLUBIY KO'RSATMAMUNDARIJA
Mustaqil ta’lim bo‘yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar: 27
Kirish.
Mazkur uslubiy ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2020 yil “14” avgustdagi 418 - sonli «Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish to‘g‘risida»gi buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish» bo‘yicha yo‘riqnoma, Muxammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Kengashining 2021 yil 30 avgustdagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan «O‘rnatilgan tizimlar » fani bo‘yicha Ishchi o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan.
«O‘rnatilgan tizimlar»fanidan tayyorlangan ushbu uslubiy ko‘rsatma axborot - kommunikatsion texnologiyalari sohasidagi oliy ta’limning barcha ta’lim yo‘nalishlari 4–bosqich bakalavriatura talabalarining mazkur fandan mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilishda foydalanish uchun tavsiya etiladi.
Mustaqil ishning o‘ziga xosligi shundaki, o‘quv faoliyatining bu qismi talabalarning mustaqil faolligi hamda tegishli professor-o‘qituvchilarning nazorati asosida tashkil etilib, o‘quv rejada semestr bo‘yicha ajratilgan soatlar hajmiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Mazkur uslubiy ko‘rsatmada talabalar mustaqil ishlarining asosiy shakllari va ularning mazmuni, mustaqil ishni amalga oshirishda talaba bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar, mustaqil ishni bajarish bo‘yicha maslahatlarni tashkil etish, ularni nazorat qilish va baholash tartibi bayon etilgan.
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga ko‘ra “Kompyuter inginiringi”; “Telekommunikatsiya texnologiyalari” ta’lim sohalarida o‘qitiladigan “O‘rnatilgan tizimlar” fani dasturi muxandislik ishida zarur bo‘ladigan: turli masalalarini hal qilish va EHMlarda turli dasturlarni ifodalash, tahlil qilish va yechish, eng maqbul (optimal) jihozlash usulini tanlash va yechimlarni tahlil qilish tizimlari, operator ish o‘rnini jihozlash va loyihalashda qo‘llaniladigan texnologiyalar tushunchalarini o‘z ichiga olgan bo‘limlaridan tashkil topgan.
“O‘rnatilgan tizimlar” fanining asosiy maqsadi “O‘rnatilgan tizimlar” fanining maqsadi talabalarga turli dasturlash tizimlarida loyihalash usullari, ma’lumotlar tuzilmasini ishlab chiqish hamda algoritmlar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni berishdan iborat qallash.
“O‘rnatilgan tizimlar” fanining asosiy vazifalari Talabalarni turli hil O‘rnatilgan tizimlarning mohiyati bilan tanishtirish, yangi tuzilmalarni ishlab chiqish va o‘quv jarayonlariga tadbiq etish usullarini o‘rgatishdan iboratdur.
Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi “O‘rnatilgan tizimlar” fanini o‘zlashtirish quyidagi fanlardan yetarli bilim va ko‘nikmalarni talab qiladi: “C++da dasturlash”, “Dasturlash tamoyillari” va “Oliy matematika”. Bundan tashqari o‘quvchi talabalar biror bir dasturlash tilida dastur yaratish tajribasiga ega deb qaraladi.
Mazkur fan bo‘yicha olingan bilim va ko‘nikmalar “Axborot xavfsizligi”, “Ob’yektga yo‘naltirilgan dasturlash” va “Parallel kompyuterlarning arxitekturasi va dasturlash” fanlarini o‘rganishda hamda kurs va bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlashda katta yordam beradi.
Talabalar mustaqil ishlarining mazmuni va asosiy shakllari
«O‘rnatilgan tizimlar» fani bo‘yicha talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish ularda axborotlar va ular bilan ishlashga doir bilim, dunyoqarash, ijtimoiy faollik va mustaqil fikrlashni shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tizimini o‘z ichiga oladi. U o‘quv rejasi va fanlar dasturlarida ko‘zda tutilgan zarur bilimlar va ko‘nikmalarning talabalar tomonidan oqilona, kam vaqt va kuch sarflab o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
«O‘rnatilgan tizimlar» fanini o‘qitish jarayonini takomillashtirish, talabaning qiziqishlarini, anglash faolligini va mustaqil ishlarini rivojlantirish yo‘nalishida boradi, bunda talabalarning ijodiy fikrlashi, mustaqil o‘qish ko‘nikmasi va layoqatlari shakllanadi.
|
| |