• Mavzu b o‘yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash.
  • Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash.
  • Talabalarning ilmiy-nazariy konferensiyalari
  • Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishning asosiy tamoyillari
  • Ko‘rgazmali vositalar va taqdimotlar tayyorlash




    Download 354.51 Kb.
    bet5/24
    Sana16.05.2023
    Hajmi354.51 Kb.
    #60226
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Bog'liq
    MUSTAQIL ISH TAYYORLASH UCHUN USLUBIY KO'RSATMA
    VARIANT savollari Yengil sanoat, 1478243822 64126, tayyori, KM Янги мустакил иш мавзулари №1-4
    Ko‘rgazmali vositalar va taqdimotlar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o‘zlashtirish uchun yordam beradigan ko‘rgazmali materiallar tayyorlash vazifasi topshiriladi. Mavzu o‘qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum ko‘rsatmalar, yo‘l-yo‘riqlar beriladi. Ko‘rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo‘yicha bir necha talabaga yoki talabalar guruhiga topshirish ham mumkin.
    Mavzu bo‘yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash.
    Talabaga mustaqil ish sifatida muayyan mavzu bo‘yicha testlar, qiyinchilik darajasi har xil bo‘lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo‘ladigan savollar tuzish vazifasi topshiriladi.
    Bunda o‘qituvchi tomonidan talabaga testga qo‘yiladigan talablar va uni tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad ko‘zda tutilayotganligi, muammoli savollar tuzishda mavzuning munozarali jihatlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq beriladi.
    Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzu bo‘yicha (mavzuni talabaning o‘zi ham tanlashi mumkin) ilmiy maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o‘quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to‘playdi.
    Talabalarning ilmiy-nazariy konferensiyalari ham talabalar mustaqil ishlarining shakllaridan biridir. Kafedra professor-o‘qituvchilari talabalar ilmiy-nazariy konferensiyasini tashkil etish orqali o‘z ishini guruhning kasbiy yo‘naltirilganligini, a’zolarining yosh tarkibini, qiziqishlarini hisobga olib, tabaqalashgan holda tashkil qilishi kerak. Faqat shu holdagina talabalarning konferensiyani o‘tkazishda faol ishtiroki va manfaatdorligi ta’minlanadi. «Inson va kompyuter o‘zaro ta’siri» fani bo‘yicha talabalarning ilmiy-nazariy konferensiyalarini quyidagi bosqichlarda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
    1-bosqich – fan o‘qitilayotgan barcha o‘quv guruhlarida konferensiyalarni o‘tkazish;
    2-bosqich – har bir guruhda tanlab olingan talabalarning eng yaxshi ma’ruzalarini fakultet konferensiyasiga taqdim etish va o‘tkazish;
    3-bosqich – fakultetda o‘tkazilgan konferensiyada tanlab olingan eng yaxshi ma’ruzalarni universitetda o‘tkaziladigan ilmiy-nazariy konferensiyaga taqdim etish.
    Butun guruhlar uchun yagona bo‘lgan konferensiya mavzusini tasdiqlab, talabalarning ma’ruza va chiqishlarini guruhlarning qiziqishlariga qarab ixtisoslashtirish mumkin.

    Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishning asosiy tamoyillari
    Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda «Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish» bo‘yicha yo‘riqnomada belgilangan quyidagi asosiy tamoyillarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir:
    1. Talabalar mustaqil ishlarini ikki ko‘rinishda – auditoriyada va auditoriyadan tashqarida tashkil etish.
    2. Talabalar mustaqil ishlarini tizimli ravishda, ya’ni bosqichma-bosqich, oddiydan murakkabga qarab tashkil etilishini ta’minlash.
    3. Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi muhim jihatlarga e’tibor qaratish:
    - talabaning o‘qish bosqichi;
    - muayyan fanning o‘ziga xos xususiyati, o‘zlashtirishdagi qiyinchilik darajasiga;
    - talabaning qobiliyati, nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasiga;
    - fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasiga;
    - talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasiga;
    - mustaqil ish uchun topshiriqlarning kursdan-kursga o‘tish bilan shakl va hajm jihatidan o‘zgarib borishiga.


    Download 354.51 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 354.51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ko‘rgazmali vositalar va taqdimotlar tayyorlash

    Download 354.51 Kb.