• Relyatsion modelining asosiy tushunchalari. Mohiyat
  • MBBT asosiy xususiyatlari




    Download 111.64 Kb.
    bet2/3
    Sana10.12.2022
    Hajmi111.64 Kb.
    #34039
    1   2   3
    Bog'liq
    malumotlar T 1-mustaqil iw

    MBBT asosiy xususiyatlari — bu nafaqat ma’lumotlarni kiritish va saqlashda 
    ishlatiladigan protseduralar tarkibi bo‘lmasdan, ularning strukturasini ham tasvirlaydi. 
    Ma’lumotlarni o‘zida saqlab va MBBT ostida boshqariladigan fayl oldin ma’lumotlar banki, keyinchalik esa “Ma’lumotlar bazasi” deb yuritila boshlandi.
    Ma’lumotlarni boshqarish tizimi quyidagi xossalarga ega:
    • fayllar to‘plami mantiqiy kelishuvini quvvatlaydi; 
    • ma’lumotlar ustida ish yuritish tili bilan ta’minlaydi; 
    • har xil to‘xtalishlardan keyin ma’lumotlarni qayta tiklaydi; 
    • bir necha foydalanuvchilarning parallel ishlashini ta’minlaydi.

    Relyatsion modelining asosiy tushunchalari. 

    Mohiyat — har xil obyekt, uning ma’lumotlari ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Mohiyat 
    odam, joy, samolyot, reyslar, gullar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Mohiyat turi va mohiyat nusxasi tushunchalari mavjud, ularni birbiridan farqlash kerak.
    Mohiyat turi tushunchasi bir jinsli narsalar, hodisalar, shaxslar uchun qaraladi. Mohiyat nusxasiga aniq narsalar to‘plami sifatida qaraladi. Masalan, mohiyat turi SHAHAR, uning nusxasi esa — TOSHKENT, MOSKVA bo’lishi mumkin. 
    Atribut mohiyatni xarakterlovchi nomlar. U o‘zida yagona murakkab bo’lmagan 
    strukturani tasvirlab, mohiyat holatini xarakterlaydi. Masalan, “O‘quvchi” mohiyati 
    atributi — kod, familiya, ism, manzil, yosh va boshqalar. 
    Mohiyat atributlari to‘plami cheksizdir. U axborot tizimlari bilan ishlaydigan 
    foydalanuvchi talabiga va yechiladigan masalaga bog‘liqdir. 
    Yana bir misol: AVTOMOBIL mohiyati atributi bu — tur, marka, nomer belgisi, rangi va 
    boshqalar. Bu yerda tur bilan nusxa orasida farq mavjud. Rang atributi turi ko’p qiymatli
    yoki nusxali: qizil, ko’k, oq va boshqalar. 
    Mohiyat va atribut turlari orasida absolyut farq yo‘q. 
    Mohiyat turi bilan aloqada faqat atribut bor. Boshqacha kontekstda atribut o‘zi mustaqil 
    mohiyat bo’lib qatnashishi ham mumkin. Masalan, avtomobil zavodi uchun rang — bu 
    faqat ishlab chiqarish mahsuloti atributi, lok-bo‘yoq fabrikasi uchun esa rang — mohiyat turidir. 

    Kalit — atributlarning minimal to‘plami, uning qiymati yordamida kerakli mohiyat 
    nusxasini topish mumkin. Masalan, samolyotlar uchishi uchun “Reys jadvali” mohiyati 
    kalitlari “Reys nomeri” yoki “Jo’nash joyi”, “Uchish vaqti” va “Qo’nish joyi” to‘plami bo’lishi mumkin. 

    Aloqa — ikki yoki undan ortiq mohiyatlarning bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanishidir. Agar 
    ma’lumotlar bazasini faqat birbiri bilan bog‘lanmagan ma’lumotlar bilan to‘ldirishga 
    yo‘naltirilsa, u holda uning strukturasi juda oddiy bo’ladi. Lekin, MBni tuzishning asosiy 

    talablaridan biri bu boshqa mohiyat qiymati bo’yicha bitta mohiyatni izlab topish 


    imkoniyatini ta’minlashdir. Buning uchun ular orasida aloqani aniqlashni tashkil etish 
    zarur. Real ma’lumotlar bazasida yuzlab yoki minglab mohiyatlar bir biri bilan millionlab 
    bog‘lanish o‘rnatishi kamdan kam. Bunday bog‘lanishlar to‘plami infologik modelning
    murakkabligini bildiradi. 



    Download 111.64 Kb.
    1   2   3




    Download 111.64 Kb.