|
Axborot texnologiyalari kompyuter injiniringi fakulteti axborot texnologiyalari kafedrasi
|
bet | 2/3 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 120,75 Kb. | | #158261 |
Bog'liq 1-soatlik dars ishlanmaYangi mavzu bayoni:
Xurmatli o’quvchilar avvalo biz web manzillar haqida tushuncha olishimizdan avval Internet o’zi nima?, Veb-sahifa nima?, Veb-saytlar haqida tushunchaga ega bo’lib olishimiz kerak bo’ladi. Internet bu- axborotlar ummoni. Undan biz istalgan mavzuga oid xohlagancha ma’lumot olishimiz mumkin. Lekin internetga kirish, undan kerakli ma’lumotlarni olish qanday amalga oshiriladi? Ushbu darsda internetda ishlash imkonini beruvchi dasturiy vositalar bilan tanishasiz. Internet o’zi nima?
Internet – dunyo bo’ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir.
Internet millionlab veb-sahifalardan iborat veb saytlarni o’z ichiga oladi. Bu juda ko’p ma’lumot! Bular internetning WWW, ya’ni World, Wide, Web qismida joylashadi.
WWW – bu butun dunyo o’rgimchak to’ri ya’ni barcha veb-sahifalar va veb-saytlar uchun interning bir qismi hisoblanadi.
Internetda barcha ma’lumotlar veb-sahifalarda joylashadi. Veb-sahifalar majmui Veb sayt deb ataladi. Aziz o’quvchilar!
Veb-sayt bitta kitob misolida tasavvur qilsak undagi sahifalar veb-sahifa hisoblanadi. Demak, veb-sahifalar majmuasi Veb-sayt deb ataladi.
Internetda har bir veb-sahifani topish uchun foydalanish mumkin bo’lgan yagona URL manziliga ega.
URL manzillari uch qismdan iborat bo’ladi.
1.URL manzili odatda “http” yoki “https” so’zi bilan boshlanadi. Bu qism protokollar deb ataladi.
URL (Uniform Resource Locator), inglizchadan tarjima qilinganda resurs joyining universal ko’rsatuvchisi ma’nosini bildiradi.
2. Veb-saytni aniqlovchi qism jaylashadi. Bu qism DOMEN nomi deb ataladi. Domen - bu sayt nomi, masalan, www.google., www.saytim.uz, www.dr.rtm.uz kabilar.
3. URL manzilining oxirgi qismi veb-saytning turi va dunyoning qayerida joylashganiga bog’liq xolda turli bo’lishi mumkin. Bular domen kengaytmalari deb nomlanadi. Masalan, .com, .org, .net, .edu, .gov, .uz kabi va xokazolar bo’lishi mumkin.
Har bir mamlakatni o’zini DOMEN kengaytmalari mavjud:
Masalan:
|
| |