Kompyuterda viruslarni qidirish ma’lumot
tashuvchilarni skanerlash
(ingl.scan) orqali amalga oshiriladi. Skanerlash vaqtida operativ xotira va
saqlash vositalarining virus bilan zararlangan yoki zararlanmaganligi
tekshiriladi. Skanerlash natijasida aniqlangan viruslar o‘chiriladi
yoki bartaraf
etiladi.
O‘zgartirilgan (zararlangan) fayllar imkon qadar asl holatiga qaytariladi.
Quyidagilar hozirgi kunda eng keng tarqalgan antivirus dasturlari hisoblanadi:
4.3-rasm.
Bu antivirus dasturlarining aksariyati to‘lovli mahsulotlar hisoblanadi, lekin
shaxsiy kompyuterlar uchun ularning bepul analoglari ham mavjud.
ESET NOD32 virus, zararli dastur, qurt, rootkit, ekspluatatsiya, ransomware,
fishing dasturlari kabi zararli dasturlardan himoya qiladi. U kam joy egallaydi,
bu esa kompyuter sekinlashuvining oldini oladi.