Bog'liq ЛаТЕХ Лаборатория машғулотидан услибий қўлланма (2)
Matematik belgilarning ko’rinmasligi va boshqa xususiyatlari Yuqorida matematik yozuvlar o’lchamini o’zgartirishni ko’rib o’tdik.Ayrim
hollarda bir formuladagi turli yozuvlarga turlicha o’lcham berish zarur bo’lib
qoladi.Tasavvurga ega bo’lish uchun shuni aytish kerakki Tex da bu hodisani
ortiqcha buyruqlarsiz ham qilish mumkin.Masalan \sqrt buyrug’i ildiz ostidagi
yozuvga qarab ildiz belgisi o’lchamini avtomatik o’zgartiradi.
Bu formuladagi~$\sqrt{a}+ \sqrt{d}$ \\
2 ta belgi \\
o'lchami har xil
Bu misolda a va d harflar balandligi har xil bo’lganligi tufayli , shu harflarga
mos ildiz balandliklari aniqlandi.Agar bir necha belgi kiritilsa ularning eng
balandiga mos ildiz belgisi yoziladi.Formuladagi yozuvlarni bir xil o’lchamda
yozish uchun esa \mathstruct buyrug’idan foydalaniladi.
Bu formuladagi \\
$\sqrt{\mathstrut a}
+\sqrt{\mathstrut d}$\\
2 ta belgi bir xil o'lchamda.
Biz bu misol orqali matematik belgilar balandligini aniqladik.Texda formulani
ko’rsatmaslik ham mumkin.Bu ish hujjatni qog’ozga chiqarishda kerak bo’lishi
mumkin.Formula yoziladigan joy taxminiy formula uzunligi aniqlanib bo’sh joy
ko’rinishida tashlab ketilsa , keyinchalik qo’lda kiritilishi mumkin.Ko’rinmas
belgilarni \phantom buyrug’i yordamida yaratish mumkin.Bu buyruq ichiga
formula balandligini \mathstrut buyrug’i yordamida yozish , yoki formulani o’zini
yozib kerakli parametrlar o’rnatish ham mumkin.Masalan:
Ildiz belgisi~$\sqrt{\phantom{x}}$\\
ko'rinishda yoziladi
Shuningdek vertikal ko’rinmas joylar ham yozish mumkin.Bunda bizga
\vphantom buyrug’i yordam beradi.Bunda \mathstrut o’rniga \vphantom{(} yozish
67
mumkin.Gozrizontal bo’sh joy yaratish uchun ham maxsus \hphantom buyrug’idan
foydalanish mumkin.
Bu yerdagi~$\hphantom{\sin^2\alpha}$
bo'sh joy \\
qo'lda formula yozish uchun qo'yilgan.