• Fakultet o‘quv-uslubiy kengashi raisi: A. Mamajonov KIRISH
  • Axborot texnologiyalari va matematika kafedrasi iqtisodiyotda axborot- kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar




    Download 5.39 Mb.
    bet1/31
    Sana24.03.2023
    Hajmi5.39 Mb.
    #46432
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
    Bog'liq
    ИАКТ амалий 2023
    Yuqori abaro\'tli elktro dvigatellar, 17-bob, Bedbud0898 1998, Javohir Teri kasaliklari., \'”Αsimliklarning mineral oziqlanishi Mineral elementlarning fiziologik, 93254, sherzod test, Erkli sinash, ilyosbek, mat statistika, O\'GILOY AKT, 1-босқич элэктр лабаратория, Kadirov Odiljon Salomjonovich, N. mahmudov, A. Rafiyev, Elektr va texnika xavfsizligi

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI


    ANDIJON QISHLOQ XO‘JALIGI VA AGROTENOLOGIYALAR INSTITUTI


    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA MATEMATIKA KAFEDRASI

    IQTISODIYOTDA AXBOROT- KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR VA TIZIMLAR


    fanidan amaliy topshiriqlari va uni bajarish bo‘yicha
    uslubiy ko‘rsatmalar

    Andijon – 2021

    «Iqtisodiyotda axborot-kommunikasion texnologiyalar va tizimlar» fani institutda tahsil olayotgan talabalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining nazariy va amaliy asoslari bilan tanishtirishga mo‘ljallangan. Mazkur uslubiy ko‘rsatmada quyidagi bo‘limlar bo‘yicha amaliy topshiriqlari va ularni bajarish bo‘yicha quyidagi mavzularni to‘la o‘z ichiga olgan: Windows OT da ishlash, Microsoft Word dasturi, MS Power Point dasturi, Microsoft Excel dasturi, MS Access dasturida ishlash. Internet xizmatlari, axborot qidiruv tizimlari, interaktiv xizmatlari.


    Tuzuvchilar:


    N.Karimov – «Axborot texnologiyalari va matemetika» dotsent t.f.n.
    B.Qulmatova – «Axborot texnologiyalari va matemetika» kafedrasi katta o‘qituvchisi
    Taqrizchilar:
    D.Toshpo’latov – «Axborot texnologiyalari va matemetika» kafedra mudiri, dotsent i.f.n.
    R. Jo‘raqulov – «Axborot texnologiyalari va matemetika» dotsent f. m.f.n.

    Amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish bo’yicha uslubiy ko’rsatma Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakulteti uslubiy kengashning 20___ yil________________ №__-sonli bayoni bilan tasdiqlandi.




    Fakultet o‘quv-uslubiy kengashi raisi: A. Mamajonov


    KIRISH

    Bugungi kunda Respublikamizning ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti istiqbolini belgilash, jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib o‘rin egallashga intilish yo‘lidagi keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish bilan kechmoqda. Jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalarini o‘rganish, mahalliy shart – sharoit, iqtisodiy va intellektual resurslarni inobatga olgan holda jamiyat hayotining barcha sohalarida tub islohotlarning amalga oshirilayotganligi yangidan – yangi yutuqlarga erishishni ta’minlamoqda.


    So‘ngi yillarda axborot – kommunikatsion texnologiyalarini rivojlantirish va uni turli sohalarga tadbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Axborot – kommunikatsion texnologiyalarining rivojlantirish holati birinchi navbatda jamiyatning intellektual salohiyaga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashga bog‘liq bo‘lmoqda.
    Respublikamizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda, qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga AKT sohasida chuqur bilimga ega mutaxassislarni tayyorlash muhim masalalardan biridir. Axborot texnologiyalari qishloq xo‘jaligiga oid jarayonlarning rejalashtirishga, bashoratlashga, tahlil qilishga va modellashtirishga bog‘liq ko‘pgina masalalarni echishda muhim yordam beradi.
    Ushbu uslubiy ko’rsatma talabalarga qishloq ho‘jaligi ishlab chiqarishini rejalashtirish va samarali boshqarishda ma’lumotlar bazalaridan va zamonaviy ahborot tehnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini egallashga imkon beradi. SHuning uchun ham yuqori saloxiyatga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mutaxassislari, hamda qishloq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda «Axborot kommunikasion texnologiyalari» nomli fanni o‘qitish muhim o‘rin tutadi.
    Mazkur uslubiy ko’rsatmada «Iqtisodiyotda axborot-kommunikasion texnologiyalar va tizimlar» faniga tegishli bo‘lgan barcha mavzular bo‘yicha talabalarga Davlat ta’lim standartlari asosida etkazilishi shart bo‘lgan bilimlar va ko‘nikmalar to‘la qamrab olingan.
    «Iqtisodiyotda axborot-kommunikasion texnologiyalar va tizimlar» fani talabalarni axborot kommunikatsion texnologiyalar sohasida erishilayotgan so‘ngi yutuqlar va yuqori texnologiyalar xamda zamonaviy dasturiy va texnik vositalar xaqidagi bilimlar bilan qurollantiradi. SHuningdek bu fan talabani mustaqil ishlashga yo‘naltirish, dunyoqarashini kengaytirish, axborotlarni taxlil qilish asosida qarorlar qabul qilish borasidagi saloxiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.


    Download 5.39 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




    Download 5.39 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot texnologiyalari va matematika kafedrasi iqtisodiyotda axborot- kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar

    Download 5.39 Mb.