• TADQIQOT NATIJALARI
  • TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI




    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/3
    Sana30.10.2022
    Hajmi0.58 Mb.
    #28582
    1   2   3
    Bog'liq
    axborot-texnologiyalaridan-foydalangan-holda-ingliz-tilini-o-qitish-metodlari
    Amaliy mash №1, 522-19 Мен. ҚТЭваР.мустақил иш-1, 4043-Article Text-9882-1-10-20211201, logistika, 14
    TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI 
    Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartida o‘quv fanining
    maqsad va vazifalari keltirilgan bo‘lib, unga binoan O‘zbekiston respublikasida ta’limning 
    barcha bosqichlarida chet tilini o‘qitishning asosiy maqsadi o‘rganuvchilarning ko‘p 
    madaniyatli dunyoda kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun chet 
    tilida kommunikativ kompetensiyani shakllantirishdan iboratligi ta’kidlangan. 
    Bugungi kunda yuqori kasbiy malakaning asosiy talablaridan biri chet tillarini
    mukammal bilish bo’lib qoldi. Xalqaro muloqot tillar o’rtasida yetakchi o’rinni egallab 
    kelayotgan ingliz tilini o’rganishga alohida e’tibor berilayotgani ham bejiz emas. O’zbekiston 


    SCIENCE AND INNOVATION
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 
    UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
    544 
    Respublikasi ta’lim tizimida chet tillarni o’qitish, o’rgatish ilmiy yondashuv asosida, davr 
    talablariga to’la javob bera oladigan yangi axborot- kommunikatsiya va pedagogik 
    texnologiyalar joriy etilishi asosida yangi sifat darajasiga ko’tarilib bormoqda.
    TADQIQOT NATIJALARI 
    Mamlakatda qaysi xorijiy tillar o`rganilishi ko`p omillarga bog`liqdir. Mamlakatning 
    siyosiy, iqtisodiy madaniy, ijtimoiy salohiyati va uning xalqaro miqyosdagi munosabatlari 
    hamda hududiy va global tarmoqqa aloqadorlik darajasi xorijiy tillarni o’rganish jarayonida 
    birinchi chet tili sifatida ko`pincha “foydalilik mezoni” bo`yicha eng muhim bo`lgan til ustuvor 
    hisoblanadi. Ma’lumki, tafakkurning ifodasi, xalqlar o’rtasidagi aloqa, ma’naviy va boshqa 
    muloqotlar til orqali namoyon bo’ladi.
    Demak, oliy ta`limgacha bo`lgan jarayonda ingliz tilida qo’shimcha matnlar o’qitish 
    texnologiyasini ishlab chiqish va shu maqsadda kasbiy dasturlarni tuzish tamoyillarini amalga 
    oshirishda, chet tillarni chuqur o’rganishga qaratilgan har bir ilmiy izlanishlarga alohida e’tibor 
    zarur bo’ladi. Bu modellashtirilayotgan dasturda konseptual asosni oldindan belgilab olish 
    demakdir. OTMgacha bo`lgan ta’lim tizimiga ingliz tilida kasbiy qo’shimcha matnlar o’qitish 
    texnologiyasiga ham yuqorida qayd etilgan vazifalarni hayotga tatbiq etish masalalarining bir 
    qirrasi deb qarash mumkin. Mutaxassislar tayyorlash jarayonlarida ta’lim tizimi ustuvorligini,
    jumladan, chet tillar o’qitish yangi-yangi texnologiya-mexanizmlarini joriy qilishni ta’minlash 
    muhim ahamiyat kasb etadi.
    Bunday texnologiyalar ta’lim tizimida o’z aksini topishi chet tili o’qitish saviyasini 
    o’stirib, chet tillarida, jumladan, ingliz tilida mutolaa qilish malakalarini shakllantirishga 
    yordam beradi. Ingliz tilini mukammal o’zlashtirganlarga istiqboldagi ehtiyojlarni belgilash 
    bo’yicha tarmoqlar metodikasini yaratishimiz (bular Klassifikator, malakali tavsiflar va Davlat 
    ta’lim standartiga muvofiq amalga oshiriladi) lozim.
    Ta’lim va tarbiyani kelishish va ularning o’zaro bog’liqligi, uzluksiz ta’lim tizimida 
    ingliz tilini o’zlashtirgan mutaxassislar tayyorlashda izchillikni ta’minlash bunda samarali 
    shakllar va usullarni, yangi qo’shimcha matnlar o’qitish texnologiyasi metodikasini joriy etish 
    va shu kabi boshqa ilg’or ta’lim uslublaridan keng foydalanish ijobiy natijalar garovidir.
    Mutaxassislar tayyorlanayotgan soha yo’nalishlaridan kelib chiqqan holda, ingliz tili 
    o’qitish jarayonida qo’shimcha matnlar texnologiyasini qo’llash bo’lajak mutaxassislarni til 
    o’rganish imkoniyatlarini oshiradi. Bunda muqobillik usullaridan ham foydalanish mumkin, 
    ya’ni boshqa davlatlarning ta’lim tizimidagi muqobil uslublarini qabul qilish yo’li bilan 
    o’quvchi, talabalarga bo’lgan talabni qondirish, bashoratlashga yuqorida qayd etilgan barcha 
    yondashuvlardan turli kombinatsiyalarda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
    Chet tilida munosabatlar shartlari nutq, qo’shimcha kasbiy matnlar o’rganishning ko’plab
    turlarini bilish davr talabi ekanligini ko’rsatib beradi. Boshqa tillar mohiyatini kamsitmagan 
    holda, ayniqsa, ingliz tilida muloqot qilishda, nutqini tushunish mutolaa qilish va yozish, nutqiy 
    faoliyat amaliyotida, ixtisoslik, mutaxassisligi bo’yicha keng tarmoqli va kasbiy adabiyotlarni 
    o’qishda ularga tushuntirish annotatsiyalar, tezislar, shuningdek, yozma axborot almashish
    jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati yaqqol namoyon bo’ladi 
    va aniqlanadi. Metodist olimlarimiz, ta’kidlaganlaridek, talabalar matn mazmunini obrazga kirib 
    ifodalash, matnda aks etgan voqelikni, unda ishtirok etayotgan personajlar fikrini bayonidan 
    boshqa, o’z fikr-mulohazalarini ham suhbat mavzusiga qo’shimcha tariqasida bayon etishi
    o’quvchini lug’at boyligini ortishiga ingliz tilida to’g’ri fikrlashga yordam beradi. Bunday 


    SCIENCE AND INNOVATION
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 
    UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
    545 
    uslubdan o’quv jarayonida to’g’ri foydalanilsa, o’zlashtirish bo’yicha ham, o’qitish muddatlari 
    bo’yicha ham, ingliz tilini mukammal o’rganishda ham ijobiy natijalarga erishishga imkon
    yaratiladi.
    O’quv jarayoniga yo’naltirilgan qo’shimcha matn dasturlari qo’llanilishi ingliz tili 
    o’qitish masalasini munosib ravishda hal etishga yaxshi imkon beruvchi metodik 
    yondashuvlarning biridir. Bunday metodika asosida o’qitishga yondashuvlar hozirgi kunda 
    milliy uslubiyatda keng tarqalib bormoqda.

    Download 0.58 Mb.
    1   2   3




    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish